Darslarda didaktik o'yinlar orqali samaradorlikka erishish usullari RYeJA: 1. Milliy dastur 2. Tarbiyasi qiyin, bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni o'rganish, qayta tarbiyalashda tasviriy san'at, chizmachilik va mehnat ta'limi darslari didaktik o'yinlarni qo'llash orqali samaradorlikka erishish usullari. 3. Kim tez yasay oladi Milliy dasturning vazifalaridan kelib chiqqan holda, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish xalq ta'limidagi dolzarb masalalardan biridir. Malumki DTS talablari o'quvchilarga qo'yilgan bo'lsada, quyi sinfdan yilma-yil har bir sinfda o'quvchilarning yangi dasturlar bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari nazorat qilib boriladi. Ko'rsatkichlari past bo'lgan ta'lim muassasalari, sinflarda manitoring natijalarini tahlil qilish, ko'rsatkichlarning past bo'lish omillarini aniqlash va shu asosida ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan o'z vaqtida chora-tadbirlar belgilash hamda ularni amalga oshirish maqsadga muvofiq. O'quvchi kundalik o'tilgan mavzular matnini yodlab «alo» bahoga javob berishi, chorak davomidagi nazorat ishlaridan yuqori natijaga erishish mumkin. Lekin bosqichma-bosqich olgan bilimlari bir-biri bilan mantiqiy bog'lab borilmaganligi uchun bo'sh bilim, ko'nikma va malakalar bilan maktabni tugatishlari mumkin. DTS talablari - bu sinfdagi o'quvchilarning barchasi egallashi shart bo'lgan talablarni ifodalaydi. Shuning uchun nazorat materiallarini murakkab qilib yubormay balki, barcha o'quvchilar egallashi shart bo'lgan topshiriqlardan iborat bo'lishini inobatga olish kerak. Monitoring natijasining ishonchli va xolisonaligini ta'minlash uchun nazorat materiallari har bir o'quvchiga alohida berilishi zarur. Bu past o'zlashtiruvchi o'quvchining ham o'z kuchini namoyish etishga, o'zgalar bilimi va mehnatini o'zlashtirishning oldini olishga, boshqalar qatori o'z bilimini oshirish uchun ta'lim olishga undaydi. DTS ijrosi monitoringini o'tkazishda olingan natijalar tegishli ma'muriy choralar ko'rishga emas, balki ta'lim samaradorligi pastligi sabablarini aniqlashga, o'quvchilar bilimida aniqlangan bo'shliqlarni to'ldirishga, o'qituvchilarga metodik yordam ko'rsatishni tashkil etishga xizmat qilishi darkor. O'quvchi bilimidagi bo'shliqlar aniqlangach, ularni to'ldirish maqsadida metodik yordam berishni to'g'ri tashkil etish kerak. Tarbiyasi qiyin, bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni o'rganish, qayta tarbiyalashda tasviriy san'at, chizmachilik va mehnat ta'limi darslari didaktik o'yinlarni qo'llash orqali samaradorlikka erishish usullari. Tarbiyasi qiyin, bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni aniqlash bo'yicha qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ularning kelib chiqish sabablarini aniqlamasdan turib, proflaktika ishlarini olib borish mumkin emas. Shuning uchun tarbiyasi qiyin, bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarda yuzaga kelishga sabab bo'lgan omillarni, ularni genetik ildizini aniqlash g'oyat zarur, nojo'ya xatti-harakatlarininng kelib chiqish sabablarini va ularni bunga majbur qilgan turtkilar nimalardan iborat ekanligini aniqlash murakkab jarayondir. Kundalik hayotda televideniya orqali namoimish etilayotgan kino filmlar (video kassetalar), turli mazmundagi savol-javoblar, qo'l telefoni kabi shaxsiy buyumlarni o'ziga mayl qilishi, rag'batlantirishlarning teskari ta'siri, tobe etish, sinfdagi ajratishlar, qo'rqitishlar o'quvchini bo'sh o'zlashtirishiga sabab bo'ladi. O'ziga xos metodlarga to'xtalib o'tamiz. Binobarin: Tarbiyasi qiyin, bo'sh o'zlashtiruvchilarga o'zlari qiziqqan yoki aks ta'sir etuvchi voqealikni tasvirlovchi hikoyalar o'qib berish. Syujetli fotografiya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
382.46 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
382.46 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:56 ]
Arxiv ichida: doc