Darslarda interfaol innovatsion usullardan foydalanish Reja: Yangi pedagogik texnologiyaning mazmuni va mohiyati. Bugungi davr o'qituvchisiga talablar. Dars-o'quv tarbiya jaroyonining asosiy shakli. Darslarda innovatsion usullardan foydalanish. innovatsion usullarning qo'llanilishi va usullari. ta'lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar utishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari xam takomillashib bormokda. hozirgi inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatdan kuzda tutilgan maqsadlarni tulik amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yangi texnologiyalarga aylanib bormokda. Xuddi shu kabi ta'lim-tarbiya sohasida xam sungi yillarda pedagogik texnologiyaga amal kilina boshladi. Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning mazmuni esa o'qituvchi, tarbiyachi tomonidan o'quvchiga aqliy, ruhiy, axloqiy xakikatdan turli usulda ta'sir o'tkazishdan iborat. Pedagogik texnologiya tushunchasi XX-asrda paydo buldi va turli rivojlanish bosqichlaridan utib kelmokda. Dastlab bu tushuncha 1940-yillardan 50-yillar o'rtasigacha ta'lim texnologiyasi deb kullanilib, o'quv jaroyonida texnika vositalaridan foydalanishni ifoda kilgan. 80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta'limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Pedagogik texnologiya tushunchasini ikki xil izoxlash mumkin: birinchidan, uning o'quv jaroyonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalashi nazarda tutilib, ta'limdagi o'qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bulsa, ikkinchidan bu tushuncha o'quv jaroyonining o'zini ko'rish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin. Pedagogik texnologiyaning xam turli ta'riflari mavjud: Texnologiya-biror ishda, san'atda qo'llaniladigan usullar, yullar yig'indisi. Pedagogik texnologiya-o'qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari, yo'llari tarbiyaviy vositalarning maxsus yig'indisi va joylashuvini belgilovchi psixologik tatiblar majmuasi, u pedagogik jaroyonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat. (b. T. Ligachyov) Pedagogik texnologiya-ta'limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jaroyoni tafsiloti. Pedagogik texnologiya-o'quv jaroyonining o'quvchilar va o'qituvchi uchun so'zsiz kulay sharoitlar ta'minlash, tashkil qilish, o'tkazish bo'yicha xamma detallari uylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli. (V. M. Makaxov) Pedagogik texnologiya-bu o'qituvchining o'qitish vositalari yordamida o'quvchilarga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat maxsuli sifatida ularda oldinda belgilangan sifatlarni shakllantirish jaroyonidir. (N. Saidaxmedov) Pedagogik texnologiya-bu o'qitishda o'ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy muhandislik tafakkurining ifodalanishi, ta'lim jaroyonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi. (B. L. Farberman) hozir ta'lim-tarbiya rivojlanib borayotgan yo'nalishlaridan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'quv jaroyonida qo'llash bo'lib, uni amalga oshirish dolzarb vazifalardan biridir. Malumki ta'lim-tarbiya jaroyoni katta avlod tomonidan o'z bilim va tajribalarini usib kelayotgan avlodga o'rgatishdan iborat bo'lib, bu jaroyonda inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi. ta'lim-tarbiya jarayonining mazmuni o'qituvchining o'quvchiga etkazayotgan bilim saviyasining samaradorligini tashkil etadi. Shunday ekan, o'qituvchi yangi pedagogik texnologiyaning mazmun-mohiyatini chuqur anglagan holda, uni asos qilib, yangicha metod va usullar orqali dars utishi zarurdir. Garchand, fan va texnikaning jadal rivojlanishi mustaqil mamlakatimizda san'at va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.23 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.23 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:56 ]
Arxiv ichida: doc