Darslarni texnologik yondashuv asosida tashkil etish, o'quv qo'llanmalari va o'quv-metodik majmualarni yaratish Reja: 1.Darslarni loyihalashtirish. 2. Texnologik pasport. 3. Texnologik xarita. 4. O'quv qo'llanma va uni yaratishga qo'yiladigan talablar. 5. Metodik qo'llanma va uni yaratishga qo'yiladigan talablar. 6. O'quv-metodik majmua va uni yaratish. Tayanch tushuncha va iboralar: dars, texnologik yondashuv, loyiha, loyihalashtirish, darsni loyihalashtirish, texnologik yondashuv, texnologik pasport, texnologik xarita, o'quv qo'llanma, metodik qo'llanma, o'quv-metodik majmua, o'quv manbalarini yaratish Loyiha (lotincha projectus - oldindan ishlab chiqilgan, arabcha - ro'yxat, nizom, qoida, reja, dastur) - muayyan faoliyatni tashkil etishning oldindan rejalashtirilgan ixcham dasturi Loyihalash (yoki loyihalashtirish) - alohida olingan ta'lim jarayonini samarali tashkil etish uchun barcha omillarni inobatga olgan holda uning loyihasi (sxemasi)ni ishlab chiqish, oldindan rejalashtirish jarayoni Darsning loyihasi - muayyan mavzu asosida tashkil etiladigan o'quv mashg'ulotining ixchamlashtirilgan dasturi Dars loyihasini ishlab chiqishda quyidagilar kerak bo'ladi: kompyuter; multimediyniy proyektor; o'quv dasturi, vizual yozuvlarni ifodalovchi disklar, plakatlar va boshqalar; dars qoralamasi (konspekti); o'quvchilar faoliyatini rag'batlantirish uchun mukofot va sovrinlar; ko'rgazma tashkil etish uchun stendlar O'qituvchining loyihalashtirish faoliyatini tashkil etish quyidagilarga etiborni qaratishi zarur bo'ladi: 1. Loyihaning mazmunan ishlab chiqish. 2. Loyihani rasmiylashtirish O'qituvchi loyihalashtirish faoliyatini tashkil etish bosqichlari 1-bosqich. Mavzuni va uni o'rganish muddatlarini belgilash (bu bosqichda mavzuni aniqlab oling, rejani ishlab chiqing; tanlangan muammoning o'quvchilar yosh, psixologik xususiyatlariga mos kelishi va eng muhimi ularni qiziqtira olishiga etibor qarating; shuningdek, loyihani rasmiylashtirish, yani bezatishni ham aniqlab oling; loyihalashtirish faoliyatini tashkil etishda har qanday loyihaning ikki qismdan tarkib topishiga etibor qarating. Ular: nazariy va amaliy qismlardir. Loyihaning amaliy qismi har bir darsda muhim ahamiyatga ega. Nazariy qismida loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan manbalarni ko'rsating; amaliy faoliyatni tashkil etishda ilg'or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishga etibor qarating) O'qituvchi loyihalashtirish faoliyatini tashkil etish bosqichlari 2-bosqich. Mavzuni yoritish uchun zarur bo'ladigan didaktik vositalar va o'quv jihozlarini tanlang (bunda mavzuga doir darslik, qo'llanmalar, mashq yoki masalalar to'plamlari, lug'atlar, atlaslar, xaritalar, plakatlar, ko'rsatmali qurollarni to'g'ri tanlashga etibor bering; slaydlar yaratishingiz, turli musiqa, o'quv xaritalari, ommaviy axborot vositalarining materiallari, reklama roliklari va boshqa)dan foydalanishingiz mumkin) O'qituvchi loyihalashtirish faoliyatini tashkil etish bosqichlari 3-bosqich. Darsning shakl va metodlarini tanlash (bunda darslarni konferensiya, ekskursiya, kecha va boshqa shakllarda ham tashkil etish mumkin) O'qituvchi loyihalashtirish faoliyatini tashkil etish bosqichlari 4-bosqich. Loyiha ustida ishlash ( agar loyihada guruhning ishtirok etishi nazarda tutilsa, u holda o'quvchilar yoki o'quvchilar guruhlariga beriladigan topshiriqlarni aniqlab oling) Loyihada quyidagi bo'limlarning bo'lishini ta'minlang loyihaning dolzarbligi; dars qoralamasi, o'quvchilar o'quv faoliyatining turlari, xulosa va metodik tavsiyalar); o'quvchilar tomonidan o'zlashtiriladigan tayanch tushuncha va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
81.6 KB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:56
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
81.6 KB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:56 ]
Arxiv ichida: ppt