Darslik bo'yicha uy vazifalari (biologiya o'qitish metodikasi)

Darslik bo'yicha uy vazifalari (biologiya o'qitish metodikasi)

O'quvchilarga / Pedagogika
Darslik bo'yicha uy vazifalari (biologiya o'qitish metodikasi) - rasmi

Material tavsifi

Darslik bo'yicha uy vazifalari Reja: Darslik bo'yicha uy vazifalari. Uyda bajariladigan amaliy ishlar. Darslik bo'yicha uy vazifalari. o'qituvchining darslar bilan bog'liq bo'lgan amaliy va darslik bo'yicha topshirig'ini o'quvchilar uyda mustaqil bajarishlarini tashkil etish shaklidir. o'quvchilarning aksariyati darsliklardan to'g'ri foydalanishni bilmaydilar, bazi o'quvchilar topshiriq va mavzularni darslikdan yodlab oladilar, ayrimlar mavzularni yuzaki o'rganadilar. Uyga berilgan topshiriqlar o'quvchi fikrlashini faollashtirgan, unda mustaqil ishlashga qiziqish uyg'otgan taqdirdagina ko'zlagan maqsadga erishiladi. Buning uchun har qanday topshiriq savollar shaklida ifodalangan bo'lishi kerak, o'quvchilar sinfda gapirib berish uchun darslik tekstini qatorasiga yodlab olmasdan, undan kerakli materialni tanlab olib, ularga javob tayyorlaydilar. Bunga erishish uchun darslikdagi ushbu mavzuni yodlang yoki o'rganing degan iboralardan voz kechish kerakdir. O'quvchilarning darslik bilan ishlashlaridan asosiy maqsad o'qiganlarini tushunishdir, mantiqiy o'qishni bilishdir, urg'uni to'g'ri ishlatish, qonun va qoidalarni aniq ajrata olishdir. Mavzular oxirida berilgan savollar o'quvchilar ishini ancha faollashtiradi. O'qituvchi o'zi ham savollar tuzib, o'quvchilarga javob topishni taklif etadi. Berilgan savollar orasida ayniqsa taqqoslashni talab etadigan savollar alohida ahamiyatga kasb etib o'quvchilarning shaxsiy kuzatishlariga ham asoslanadi. Taqqoslash sinfdan-sinfga o'tgan sari murakkablashib boradi. O'quvchini tanishtirish va taqqoslashga, o'xshash va farqlanuvchi belgilarni aniqlashga majbur etish maqsadiga ega bo'lgan uy vazifalari matnni tushunib o'qishlarini rivojlantiradi. Bunday topshiriqlarga mos ravishda o'quvchilarga kichik jadval to'ldirish taklif etiladi. Misol uchun 6-sinfda quyidagicha jadvallar berilishi mumkin. Darslik bo'yicha uy vazifalari o'tilgan darsda hosil qilingan bilimlarnigina emas, balki undan oldin o'zlashtirilgan bilimlarni ham mustahkamlash yuzasidan bo'lishi mumkin. Darsda o'qituvchi ish uslublari sistemasi vositasida o'quvchilarni uyda darslikdan to'g'ri foidalanishni o'rgatib boradi. Bu uslublar quyidagilardan iborat: Yuzaki qarab chiqish orqali darslik materiali haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lishj. Matnning bir muncha qiyin qismlarini, ta'riflarni, qonun, qoidalarni, lug'atlarni o'qish va tahlil qilish, rasm, sxema, jadvallarni ko'rib chiqish va manosini tushinib olish, raqamli ma'lumotlarga etibor berish. O'quvchilar uyda darslik bilan ishlaganda matnni o'rganishdan oldin, maqola yoki mavzuning asosiy qoidalarini aniqlab olishlari va boshqa ma'lumotlardan ajratib olishlari kerak. Yuqori sinf o'quvchilari darslikni o'qish vaqtida qisqacha yozib borishlari foydalidir, ular o'rgangan matnni xotirada ko'proq qolishga yordam beradi. Darslik mavzulari bo'yicha rejalar tuzish, tezis va maqolalar yozish, bularning hammasi o'quvchilarni darslikdan to'laroq va chuqurroq foydalanishga, uy vazifasini tushunib tayyorlashga yordam beradi. Bilimlarni mustahkamlashda rasmlar katta ahamiyatga ega bo'ladi. O'quvchilar faqat og'zaki javob berib qolmay, balki ayrim gullarning, hayvonlarning va ularning organlarining tuzilishini, sxematik chizishni ham bilishlari kerak. Shuningdek, ular qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, moddalar almashinuvini sxemasini chizishni ham bilishlari zarur. Uyda bajariladigan amaliy ishlar tabiiy material bilan mustaqil amaliy ish bajarishni talab etuvchi har xil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.64 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.64 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga