Darsni rejalashtirish

Darsni rejalashtirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Darsni rejalashtirish - rasmi

Material tavsifi

REJA: 1. Rejalashtirishning ahamiyati 2. Tematik rejalashtirish 3. Darsning asosiy komponentlarini rejalashtirish Rejalashtirish o'rta makablarda o'rganiladigan barcha predmetlarni shu bilan birga chet tili o'rgatishni ham muvaffaqiyatli amalgam oshirish garovidir. Rejaning qaysi tipi bo'lmasin (hoh dars rejasi,hoh tematik, calendar yoki yakuniy) u o'quv materialini barcha psixologik va metodik qonuniyatlar, prinsiplar asosida ma'lum bir davrga bo'lib o'rganishni taqazo etadi va tegishli ko'nikma va malakalarni o'stirishni nazarda tutadi. Rejalashtirishda quyidagilarga e'tibor qaratmoq kerak: a) chet tili o'qitishning boshlang'ich bosqichida (4-sinf) chet tili darsini tashkil qilishni rejalashtirish; b) sinfdagi o'quvchilarning bilim darajalarini hisobga olgan holda darsni rejalashtirish; c) darsni rejalashtirish o'quv yili boshlanishidan oldin bajarilishi ker; d) o'qituvchi darslikni va undagi til materialini yaxshi bilishi va tahlil qila olishi lozim; e) o'qitishning shart-sharoitlarini, psixiologik qonuniyatlarini, nutq ko'nikmalarini hosil qilish bosqichlaridan yaxshi xabardor bo'lishi; f)zamonaviy chet tili darsiga qo'yilgan asosiy talablarni bilish. Tematik rejalashtirish Chet tili o'qitishda 2 xil rejalashtirish farqlanadi: 1.Tematik rejalashtirish 2. Kundalik dars rejalashtirish. Darsni rejalashtirishning asosiy maqsadi chet tili o'qitish maqsadi, vazifalari, til materialining hajmi, dars jarayoniga kiritish ketme-ketligi va shunga mos ravishda nutqiy ko'nikma malakalar hosil qilishdan iborat. Rejalashtirish yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar oldindan aniqlanadi va uni bartaraf qilish yo'llari va tegishli mashqlar tuziladi. Rejalashtirish bir necha bir-biriga bog'liq bo'lgan bosqichlarni o'z ichiga oladi. Shunga ko'ra yillik reja, tematik reja va oddiy bir dars rejasini farqlash mumkin. Yillik reja darslik mualliflari tomonidan tuziladi. U o'z navbatida yarim yillik va chorak rejalariga bo'linadi. Unda o'rganiladigan mavzular aniqlashtiriladi. Har bir mavzuni o'rgatishga ajratilgan dars soatlari bilimlar ko'lami, nutq shakllarining o'sish darajasi, o'tkaziladigan nazorat turlari vaqti hisobga olinadi. Shuni ta'kidlash kerakki har qanday yillik reja yaxshi tayyorgarlik asosida tuzilmog'i lozim. Agar biron bir sababga ko'ra rejaga o'zgartirishlar kiritiladigan bo'lsa ular yarim yillik va choraklik rejalarida o'z aksini topishi kerak. Chet tili o'qituvchilari shahar yoki tuman metod birlashmalari tomonidan tavsiya etilgan rejalar asosida ish olib borishadi. Tematik reja (unit plan) metod birlashma tomonidan tuzilsada u o'qituvchining tashabbuskorligini cheklab qo'ymasligi kerak. Chet tili o'qitish jarayoni ijodiy jarayon hissoblanib, o;qituvchi zarur hollarda unga o;zgartirishlar kiritishi mumkin. Tematik rejalashtirishning asosiy vazifasi bu ma'lum mavzuni o'rganish natijasida erishiladigan yakuniy maqsadni aniqlashdir. Tematik reja asosida o'qituvchi har bir darsga alohida kundalik reja tuzadi. Kundalik reja quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1.ma'lum bir dars yakunida nimaga erishishni; 2.qo'yilgan vazifani amalgam oshirish uchun qanday til materialini o'rganishni; 3.belgilangan maqsadga erishish yo'llarini aniqlashni. Kundalik rejada dars mavzusi, maqsadlari, jihozlanishi va darsni tashkil qilish bosqichlari o'z ifodasini topadi. Dars strukturasiga quyidagilar kiradi: Darsning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.5 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.5 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga