Dasturlashtirilgan ta'lim texnologiyalari. Mavzu :DASTURLASHTIRILGAN TA'LIM TEXNOLOGIYALARI. R E J A : 1. O'quv maqsadlarini belgilash. 2. O'quv maqsadlarini nazorat ishlariga o'tkazish. 3. Test shakllari va turlari. 4. B. Blum taksonomiyasi. 5. Dasturlashtirilgan ta'lim texnologiyasi. 6. Dasturlashtirilgan ta'lim va o'qitish texnologiyasi ta'lim samaradorligi Dasturli ta'lim Dasturlashtirilgan ta'lim o'z mazmuni va tuzilishiga hamda maqsadiga ko'ra juda aniqlashtirilgan maqsadli ta'lim tizimiga o'xshashdir. Bu tizimda ham barcha ish faoliyati oxirgi natijaga qaratilgan bo'lib, kichik-kichik qadamlar bilan o'zlashtirish asos bo'lib xizmat qiladi. Dasturlashtirilgan ta'lim ko'proq talabalarning imkoniyatlarini hisobga olish va individual yondashish yo'nalishiga asos hozirlaydi. Dasturli ta'limning asosiy mazmuni shundan iboratki pedagog butun o'quv materialini bir necha qismlarga bo'lib chiqadi. Bu bilimlar soddadan murakkabga qarab joylashtiriladi. Har bir qism haqida to'la axborot berilgach, ana shu qismni o'zlashtirilganlik darajasi tekshirib boriladi. Barcha talabalar o'zlashtirib olganliklariga ishonch hosil qilishlari bilan, ikkinchi qismga o'tiladi va bu bilimlar ham mukammal o'zlashtirilganligi aniqlangach, o'quv materialini keyingi qismi o'rganiladi. Dasturlashtirilgan ta'limning asosiy vazifasi kichik-kichik qadamlar bilan o'quv materialini talabalarga etkazishdir va bunda o'zlashtirishni doimiy monitoring ostida kuzatishdan iborat. Har bir qadamni qay darajada o'zlashtirishini kuzatish o'zining afzalliklariga ega. Bunda talabalar o'quv materialini qaysi qismini chuqur va qaysi qismini zaif o'zlashtirganligi haqidagi ma'lumot ham darhol yuzaga chiqadi. Noaniqliklar va tushunmovchiliklar o'z vaqtida to'g'rilab boriladi. Agar an'anaviy darsda faqat o'quv materialini o'rganib bo'lgandan keyingina mustahkamlashga va tekshirishga e'tibor berilsa, dasturli ta'limda o'quv materialini o'zlashtirish jarayonini hamma bosqichlari nazorat qilib boriladi. Dasturli ta'lim tushunchasi metodikada 60- yillardan boshlab rivojlana boshladi. Ammo hanuzgacha keng tarqalmagan. Chunki bu metod pedagogdan ko'p mehnat va ijod talab etadi. Ushbu metodni ijobiy tomonlari shundan iboratki, o'quv materialini mantiqiy bo'laklarga ajratilishi bilimlarni sistemali o'zlashtirishga yordam beradi. Har bir bosqichda o'zlashtirishni monitoring qilib borilishi esa har bir talabani o'zlashtirish darajasini tekshirib borish va vaqtida tuzatishlar kiritishga imkon beradi. Birinchi qismni egallamay turib, ikkinchi qismga o'tilmaydi. Natijada yangi mavzuni barcha talabalar yaxshi o'zlashtiradilar. Dasturlashtirilgan ta'lim va o'qitish texnologiyasi ta'lim samaradorligi Dastur asosida ta'lim berishdan maqsad ta'lim jarayonining asosiy qonuniyatlariga tayanib ta'lim berish va bu ishni boshqarish uchun eng qulay shart - sharoit yaratishdir. Ta'lim jarayoni individuallashtiriladi. Har bir o'quvchi o'z individual imkoniyatlariga yarasha mustaqil ish olib boradi. Ta'lim mazmuni, bilim berish va uni uqib olish, malaka hamda ko'nikmalar hosil qilish jarayonlari dasturlashtiriladi. Ta'limni dasturlashtirishda avvalo o'quvchilar mazkur temani o'rganish natijasida qanday bilim, malaka va ko'nikmalar hosil qilishlari kerakligini, mazkur tema materiallarini uqib olish uchun o'quvchilar ilgari olgan bilimlari hamda hosil qilgan malaka va ko'nikmalaridan qaysi biri bevosita mazkur fanni va aralash ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
209.46 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:56
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
209.46 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:56 ]
Arxiv ichida: pptx