Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi

Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi

O'quvchilarga / Pedagogika
Davlat boshqaruvining umumiy tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ijtimoiy boshqaruv tushunchasi 2. Davlat boshqaruvi mazmuni va o'ziga xos xususiyatlari 3. Davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari Ma'muriy huquq atamasi lotincha administratio so'zidan olingan bo'lib, boshqaruv huquqi ma'nosini anglatadi. Shu sababli, Ma'muriy huquq fanining mazmun-mohiyatini ochib berishdan avval boshqaruv, davlat boshqaruvi tushunchalarining mohiyatini anglab olish lozim bo'ladi. Boshqaruv davlat paydo bo'lmasdan oldin vujudga kelgan bo'lib, kimnidir yoki nimanidir yoxud qandaydir faoliyatni yo'naltirish, unga rahbarlik qilish ma'nosini anglatadi. Huquqshunos olim YU.N.Starilovning fikricha, boshqaruv - bu boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga nisbatan maqsadga muvofiq va doimiy ta'sir etish jarayoni hisoblanadi. Bunda boshqaruv obyekti sifatida turli xildagi hodisalar va jarayonlar, jumladan, inson, jamoa, ijtimoiy jamoatchilik, mexanizmlar, texnologik jarayonlar va boshqalar namoyon bo'lishi mumkin. Boshqaruv subyektining obyektga nisbatan ta'siri - boshqaruv tizimiga bevosita bog'liqdir. Boshqaruv tizimi - bu boshqaruv jarayonini ta'minlovchi mexanizm, ya'ni maqsadga muvofiq va kelishilgan holda funksiyalanuvchi o'zaro bog'liq elementlardir. Boshqaruv jarayonidagi bu elementlar orqaga qaytish prinsipi asosida yagona tizimga birlashadi. YU.M.Kozlovning fikricha, boshqaruv nimaga yoki kimgadir rahbarlik qilishdir. Lekin bu boshqaruvning to'liq mazmunini ochib bera olmaydi. Birinchi navbatda rahbarlik qilish tushunchasini o'zining mazmunini, uning funksional ahamiyatini aniqlab olish lozim bo'ladi. G.V.Atamanchukning fikricha, boshqaruv - bu maqsadga muvofiq, ya'ni insonlar tomonidan o'zlarining ijtimoiy hayot faoliyatlariga ongli ravishda, oldindan belgilangan tartibda tashkil etish va tartibga solish ta'siri bo'lib, bevosita (o'zini o'zi boshqarish shaklida) yoki maxsus tuzilgan organlar va tuzilmalar (davlat organlari, jamoat birlashmalari) orqali amalga oshirilishi mumkin. Ijtimoiy boshqaruv - umumiy boshqaruvning bir ko'rinishi bo'lib, kibernetika fani orqali tadqiq qilinadi. Huquqshunos olim YU.M.Kozlovning fikricha, boshqaruv - bu birinchidan, murakkab tizimga maqsadga muvofiq ta'sir etishdir; ikkinchidan, tashkil etilgan turli tabiatli tizim funksiyasidir. Murakkab tizim deganda - turli elementlar yig'indisidan iborat bo'lgan tizim nazarda tutiladi. Boshqaruv jarayoni ham aynan mana shunday murakkab harakatchan tizimda o'z ifodasini topadi. U - o'zboshimchalikni bartaraf etish, tashkilotchilikni amalga oshirish, ichki va tashqi omillarning ta'siriga qaramasdan uning sifat jihatdan aniqligini saqlab turish, tizim elementlarini mazkur muhit obyektiv qonuniyatlariga mos kelishini ta'minlash maqsadida kerakdir. Boshqaruv axborot bilan chambarchas bog'liqdir. Tizimning bir normada bo'lishi uchun u axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, yuborish kabi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak. Bir butun tizim tarkibiy qismlarining aloqasi va tartibga solinganligiga axborot orqali erishish mumkin. Axborot ma'lum bir signallar orqali yuboriladi. Signallar o'zida ma'lum bir harakatlarni amalga oshirishga majbur qiluvchi boshqaruv ta'sirini mujassamlashtiradi. Boshqaruvning o'ziga xos xususiyatlaridan biri - bu uning orqaga qaytish (qayta aloqa)ga, ya'ni maqsadga muvofiqlikni hisobga olish mexanizmi, buyruq va harakatlar natijasiga ega ekanligidadir. Bu boshqaruv obyektining holati va buyruqning ijro etilishi to'g'risidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.35 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.35 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga