Mavzu: Davlat ta'lim standartlari o'quv reja, o'quv dasturining mohiyati va mazmunida tayyorlagan Mustaqil ishi 1 Davlat ta'lim standartlari mazmuni. 2 O'quv reja va uning mohiyati. 3 O'quv dasturi. REJA: Davlat ta'lim standartlari, o'quv reja, o'quv dasturlari, darslik va o'quv qo'llanmalarning tarkibiy tuzilishlari Darsning rejasi: 1. Davlat ta'lim standartlari, o'quv reja, o'quv dasturlarining mohiyati va mazmuni. 2. Milliy g'oya fani mazmuniga qo'yiladigan talablar va uni yoshlar ongiga singdirish. 3. Milliy g'oya fanini o'qitishning pedagogik muammolari Darslik va o'quv qo'llanmalarning tarkibiy tuzilishlari Davlat ta'lim standarti (DTS)-o'quvchi -talabalar umumta'lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo'yiladigan majburiy minimal darajani, ta'lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilovchi hujjatdir. Davlat ta'lim standarti o'z mohiyatiga ko'ra o'quv dasturlari, darsliklar, qo'llanmalar, nizomlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo'ladi Davlat ta'lim standartini bajarish O'zbekiston hududida faoliyat ko'rsatuvchi barcha ta'lim muasasalari uchun majburiydir. O'quv rejasi (tayanch va ishchi) -ma'lum bir yo'nalishda mutaxassis tayyorlashni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatdir. U davlat ta'lim standartining tarkibiy qismi bo'lib ta'lim muassasasi moliyaviy ta'minotini belgilashga asos bo'ladi. O'quv dasturi-ma'lum bir fan bo'yicha qanday mavzularni o'rganishni belgilovchi me'yoriy hujjatdir. U DTSning tarkibiy qismi. Namunaviy va ishchi dasturga bo'linadi. Ishchi dastur har yili yangilanadi va qo'shimchalar bilan boyitib boriladi. Demak, bu me'yoriy hujjatlar milliy g'oya va mafkurani o'quvchi talabalar ongiga singdirishga xizmat qiladi. Milliy g'oya fanining asosiy maqsadi mustaqil taraqqiyot va jahonshumul mafkuraviy jarayonlar sharoitida milliy g'oya va mafkurani o'quvchilar qalbi va ongiga singdirish orqali ularda e'tiqod, dunyoqarash, tafakkur va insoniy fazilatlarni shakllantirishdan iborat. «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fanining asosiy maqsadlaridan biri Prezident Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan bosh g'oya, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan yaxlit va izchil ta'limotni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishdan iboratdir. Mazkur fan milliy g'oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari, uning tarixiy negizlari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy ildizlari, o'ziga xos namoyon bo'lish qonuniyatlari va xususiyatlari to'g'risida bilim beradi. Milliy istiqlol g'oyasi fanining ta'limiy-tarbiyaviy maqsadi: o'quvchi yoshlarni milliy istiqlol g'oyasi bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish, yoshlarda mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish hamda g'oyaviy tarbiyani amalga oshirishdir. Milliy istiqlol g'oyasi fani o'z oldiga bir qator vazifalarni maqsad qilib qo'yadi. Bu quyidagilardan iborat: umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanib, yoshlarning dunyoqarashini boyitish va kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash; milliy istiqlol g'oyalariga oid tushunchalar to'g'risida nazariy va amaliy bilimlar uyg'unligini ta'minlash asosida ta'lim-tarbiya berish; Vatan va uning buyuk kelajagi oldida mas'uliyat, burch mohiyatini yoshlarga teranroq anglatish; mustaqillikning qadr-qimmatini, uning tarixiy ahamiyatini o'quvchilar ongiga yetkazib, ularning hayotiy faoliyatida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:57
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:57 ]
Arxiv ichida: ppt