DAVLAT TA'LIM STANDARTLARINI MAKTAB HAYoTIGA TADBIQ ETISh MONITORINGI Reja: DTS monitoringini olib borishning ahamiyati. DTS monitoringini olib borishni rejalashtirish. Nazorat materiallarini tayyorlash metodikasi. ma'muriyat yo'nalishidagi nazorat ishlari. Hukumatimiz tomonidan tasdiqlangan «Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari» yangi o'quv dasturlari bilan birglikda 199-200 o'quv yilidan boshlab ta'lim-tarbiya jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Prezident Farmonida va qonunlarda belgilandek ta'lim tizimiga monitoring joriy etildi. Bu nima degani? Monitoring deganda biz hukumat va vazirlik qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini kuzatish, tahlil qilish, baholash va shu asosda ta'lim - tarbiyani rivojlantirish istiqbolini bashorat qilish jarayonini tushunamiz. Monitoringning maqsadi ta'lim muassasalari va ta'limni boshqarish organlarining ta'lim sohasida qabul qilingan hukumat qarorlarini amalga oshirish, ta'lim va tarbiya mazmunini takomillashtirish, o'quvchilar bilim sifatini oshirish bilan bog'liq faoliyatlarni o'rganish va tahlil etish, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda muassasalar jamoalariga amaliy yordam berishdan iboratdir. Vazirlik monitoring jarayonini hayotga tadbiq etishni tashkiliy - pedagogik ishlardan boshladi. Jumladan, vazirlikda zamonaviy talablarga javob beruvchi, ta'limning rivojlanishiga samarali ta'sir etuvchi, takomillashtirishiga ijobiy yo'l ochuvchi faoliyatining tegishli dasturi belgilanib, ish uslubi va yo'nalishlari qayta ko'rib chiqildi, boshqaruv tuzilmasining maqbul ko'rinishlari qayta joriy etildi. Buni davlat ta'lim standartlari monitoringi boshqarmasi misolida qo'rish mumkin. Vazirlik tavsiyasiga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi Halq ta'limi vazirligi, Tashkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi, viloyatlar (Jizzax viloyatidan tashqari) xalq ta'limi boshqarmalari tarkibida ichki imkoniyatlar hisobidan, shtatlar jadvali doirasida monitoring bo'limlari tashkil etildi va ular o'z faoliyatini boshladi. Shunday qilib xalq ta'limi vazirligi va uning joylardagi tashkilotlarida monitoring tizimi joriy etildi. Malumki, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan minimal talablarni qamrab olgan DTS boshlang'ich (4-sinf) hamda umumiy o'rta ta'lim (9-sinf) bitiruvchilariga qo'yilgan. Shuning uchun o'quvchilarning DTS asosidagi o'quv dasturlarini o'zlashtirishdagi ta'lim samaradorligini quyi sinfdan boshlab tashqi nazoratlar orqali esa chorakma-chorak nazorat qilib borilishi maqsadga muvofiq. Bu bilan DTS talablari bajarilishini ta'minlashga zamin bo'lib boradi. Respublika, tuman va shahar miqyosida tashqi nazorat sifatida o'tkaziladigan monitoring saylanma tarzda bo'lib, bundan har biri o'quvchining DTS asosidagi o'quv dasturlarini o'zlashtirishdagi sifat ko'rsatkichlarini nazorat qilib borish imkoniyati cheklangandir. Bunday vazifa faqat ichki nazoratni tashkil etadigan maktab miqyosida monitoring orqali bajarilishi mumkin. O'tgan ikki yillik tajribamiz shuni ko'rsatdiki, maktabga DTS monitoringini olib kirish: birinchidan DTS asosidagi o'quv dasturlarini har bir o'quvchi tomonidan nechog'li o'zlashtirilishini aniqlashga; ikkinchidan, sinflarda monitoring natijalarini tahlil qilish, o'zlashtirishi DTS talabi darajasida bo'lmagan o'quvchilarni aniqlash, ko'rsatkichlarning past bo'lish omillarini izlash, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan o'z vaqtida chora-tadbirlar belgilash va ularni amalga oshirishga; uchinchidan, ko'pchilik o'quvchilar uchun qiyin bo'lgan mavzularni aniqlash va bu mavzularning o'qitish metodikasini qayta ko'rib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:17:20
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.64 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:17 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.64 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:57 ]
Arxiv ichida: doc