Davlat umummilliy dasturi asosida maktab kutubxonasi ishini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari

Davlat umummilliy dasturi asosida maktab kutubxonasi ishini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Davlat umummilliy dasturi asosida maktab kutubxonasi ishini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Davlat umummilliy dasturi asosida maktab kutubxonasi ishini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari Reja: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2008 yillarda maktab ta'limini rivojlantiruvchi dasturini tayyorlash chora tadbirlari to'g'risida»gi 2004 yil 9 fevraldagi farmoyishining mohiyati va ta'lim istiqboli. Davlat umummilliy dasturi vazifalari va asosiy yo'nalishlar. O'zbekistonda kutubxona faoliyatining rivojlanishi .UO'zbekiston RespublikasiVazirlar maxkamasining «2005-2009 yillarda umumta'lim maktablari uchun darsliklar va o'quv metodik qo'llanmalar nashr etish to'g'risida»gi 2004 yil 22 noyabrdagi 548 -sonli qarori mazmun va mohiyati. Maktab kutubxonasi ishini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi o'tgan davrda mamlakatimiz ijtimoiy iqtisodiy hayotining sohalari qatori xalq ta'limi tizimini isloh etish bo'yicha ham ulkan ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda amaldagi « ta'lim to'g'risida »gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib ta'lim yo'nalishida muayyan yangilik, o'zgarishlar dastlabki ijobiy natijalarni bera boshladi. ta'limda uzluksizlikni ta'minlash va umuman, ta'lim tizimini rivojlantirish ishlariga mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning bosh bo'lishi hamda shaxsan bu sohaning rivoji kafolatini olish ham jahon mamlakatlari ta'lim tizimi taraqqiyoti tarixida va bugungi kunda ham nodir holatdir. Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-2008 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmoyishi umumiy o'rta ta'lim maktablari rivojida inqilobiy burilish yasadi. Ana shu Farmoyishdan so'ng Prezidentning Farmoni, Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari, Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligining buyruq va ko'rsatmalari elon qilindiki, ularning har birida maktab istiqboli, rahbar vazifasi, qolaversa, yoshlarimizning buyuk kelajagi o'z aksini topgan. Ana shu hujjatlarni qisqacha sharhlab o'tamiz. 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2008 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi 2004 yil 19 fevraldagi Farmoyishining mohiyati va ta'lim istiqboli. Hech mubolag'asiz aytish mumkinki, Prezidentning mazkur Farmoyishi uzluksiz ta'limning porloq istiqboliga bag'ishlangan. Farmoyishda Respublikada mavjud barcha maktablarni 2004-2008 yillar orasida rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo'yicha Maxsus komissiya tuzish haqida aytilgan. Agar biz mazkur komissiyaga yuklatilgan vazifalarga nazar solsak, unda o'qituvchi, ota-ona, barcha ta'limga daxldor kishilarning maktab yuksalishiga oid orzu-umidlari o'z aksini topganligini ko'ramiz.mazkur Farmoyish keyingi bir necha muhim, davlat ahamiyatiga ega hujjatlarga asos bo'lganligi, ularning mazmun mohiyati shu Farmoyishga bog'liqligini inobatga olib, biz bu Farmoyishni kengroq sharhlab, shu bilan bog'liq Farmon, vazirlar mahkamasining qarorlari, Davlat test markazi tomonidan elon qilingan loyiha-hujjatlarni ko'rib chiqamiz. Farmoyishda asosan quyidagi masalalarni hal etish ko'rsatilgan: -Maktab ta'limi dasturini ishlab chiqish uchun Maxsus komissiya tuzish. -Respublika mintaqalarida umumta'lim maktablari moddiy-texnika bazasining hozirgi holatini tanqidiy va batafsil o'rganib chiqish uchun ishchi guruhlar tuzish. -Maxsus komissiya va ishchi guruhlarga ishlab turgan umumta'lim maktablarni kapital rekonstruksiyalash, kapital ta'mirlash, joriy ta'mirlashga ajratish, umumta'lim maktabi pasportini ishlab chiqish: tekshirish va baho berish natijalari bo'yicha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.41 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.41 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga