Davlat xizmatchisi etikasining mezonlari

Davlat xizmatchisi etikasining mezonlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Davlat xizmatchisi etikasining mezonlari - rasmi

Material tavsifi

Davlat xizmatchisi etikasining mezonlari Tayanch iboralar: Boshqaruv odobi, ma'muriy va xo'jalik faoliyati, amaliy etika, ijtimoiy adolat, shaxs erkinligi, kasbiy pokizalik, mas'uliyatni his qilish, tabiatni avaylab - asrash axloqiy tavsif, shaxs xulq-atvori, axloqiy talablar, ishga aloqador axloqiy qoidalar, ishlanmalar, rahbarning xizmatidan tashqari xulqi, muomala odobi, kamtarlik, saxiylik, sermulohazalik, muloyimlik, sertakalluflik, e'tiborlilik, axloqiy his-tuyg'ular, hayratlanish, g'urur, shuhratparastlik, nafratlanish, axloqiy odatlar , o'zini tuta bilish odobi. Inson qanchalik tajribali va bilimdon bo'lsa uni odob masalalari shunchalik qiziqtira boshlaydi. Xodimlarning axloqiy yuksakligi zamonaviy rahbar boshqaruv faoliyatining muhim sifat ko'rsatkichi hisoblanadi. Bunga erishish uchun, avvalo, rahbarning ijtimoiy - axloqiy tayyorgarligi zarur. Boshqaruv odobining mohiyati ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning barcha ishtirokchilari xulq - atvori tamoyil va me'yorlarini asoslashdir. Boshqaruv odobi ma'muriy va xo'jalik faoliyatini sifatli ado etishga yo'naltirilgan nazariy-amaliy etika bilimlari va amaliy tavsiyalar tizimidan iboratdir. Ijtimoiy adolat, shaxs erkinligi, kasbiy pokizalik, mas'uliyatni his qilish, tabiatni avaylab asrash uning asosiy tamoyillari hisoblanadi. Boshqaruv odobida axloqiy tavsifdagi, shaxs xulq - atvorini o'rganish bilan bog'liq me'yoriy hujjatlar, boshqaruv faoliyatiga nisbatan axloqiy talablar, ishga aloqador axloqiy qoidalar va ishlanmalar hamda rahbarning xizmatidan tashqari xulqi, muomala odobi bo'yicha maslahatlar muhim o'rin egallaydi. Davlat xizmatchisining asosiy axloqiy qoidalar quyidagilar: kamtar bo'lish; qo'l ostidagilar bilan hushmuomala bo'lish; odamlarga keng ko'lamda o'z foydaliligini namoyon etish uchun hokimiyatga intilish; o'z xodimlarini boshqaruv faoliyatida qatnashish uchun faol jalb etish; foydali tanqidni samimiy qabul qilish va jamoat fikrini hurmat qilish; qo'l ostidagilarga ishongan holda munosabatga moyillik, ularni o'z hamfikrlari deb bilish. Axloqiy barkamollik rahbarning ishbilarmonlik sifatlaridan biri hisoblanadi. Axloqiy barkamol insonlar axloqiy fazilatlarni o'zida mujassam etadi. Rahbarlik - mas'uliyatli vazifa. Uni sharaf bilan ado etmoq uchun, kishi o'zi rahbarlik qiladigan sohani bilishigina emas, balki yana bir qator sifat va fazilatlarga ega bo'lmog'i kerak. Ular ichida avvalo, 1. til va nutq 2. Izlanish. Yangilikka intilish va har bir yangilikni amaliyotga tatbiq etish izlanuvchanlikdir. Rahbar shaxsning izlanuvchanligi o'z malakasi va tajribasini oshirib berishda ko'rinadi. Tashabbuskorlik - izlanuvchanlik samarasidir. Yangilikka o'ch rahbar shaxs tashabbuskor bo'ladi va o'z ishini qoniqarli bajaradi. Zamonaviy bilimlilik. Kishi o'zi yashaydigan davrning eng ilg'or tushunchalarini o'zlashtirsa, zamonaviy bilimga ega bo'ladi. Rahbar shaxsning zamonaviy bilimga egaligi esa hozirgi zamon boshqaruv sirlarini bilishi, siyosiy onglilik va dunyoviy taraqqiyotni anglashi bilan belgilanadi. Vatanparvarlik. Inson o'z yurtini sevsa vatanparvar hisoblanadi. Rahbar shaxs esa o'z Vatanini sevishidan tashqari, uning taraqqiyotini ta'minlashi kerak. Kechani kecha, kunduzni kunduz demay o'z xalqiga xizmatini qilish rahbar shaxs uchun vatanparvarlikdir. Yurtga sadoqat. Odam o'z yurtini obod qilsa, yurtiga sadoqatli hisoblanadi. Rahbar shaxs esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.59 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 53.59 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga