Davlat xizmatchisi va boshqaruv madaniyati

Davlat xizmatchisi va boshqaruv madaniyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Davlat xizmatchisi va boshqaruv madaniyati - rasmi

Material tavsifi

Davlat xizmatchisi va boshqaruv madaniyati Reja: Rahbar shaxs Rahbar shaxsining axloqiy madaniyati Rahbar shaxsining ma'naviy fazilatlari Rahbar shaxs madaniyati Tayanch iboralar: Rahbar shaxs, rahbar shaxs ma'naviyati, rahbar shaxsning axloqiy madaniyati, rahbar shaxsning ma'naviy fazilatlari, iste'dod, izlanish, zamonaviy bilimlilik, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, fidoiylik, o'z kasbining ustasi, mustaqil dunyoqarash, iymon-e'tiqod, inson bo'lish, shaxsiy qadriyatlar, axloqan barkamol, mas'uliyat, ma'naviy-axloqiy sifatlar, insoniy fazilatlar, rahbar mahorati, shaxsiy yetuklik, shaxsiy namuna. Rahbar odamlarni, jamoani boshqarishi, ya'ni yetakchilik qila olishi xususiyati bilan o'zgalardan ajralib turadi. U mehnat jamoasida va jamiyatda barchaning ko'z o'ngida bo'ladi, qo'li ostidagilarning ish va turmushi bilan bog'liq muammolarni, kerak bo'lsa, taqdirini ham hal qiladi. Uning zimmasida o'zgalarga nisbatan ko'proq mas'uliyat bor shu ma'noda mas'uliyat zamonaviy rahbar xodimlarni tayyorlashdagi asosiy mezon bo'lib, bu burchni bajarishda qat'i bo'lish kerak. Rahbar shaxs - jamiyat, davlat, tashkilotda doimiy va hal qiluvchi ta'sirga ega bo'lgan shaxs. Rahbar ishning ko'zini biladigan, jamoa, soha manfaatlarini ko'zlab faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimidir. Rahbarlik aql-farosat, kuch-g'ayrat, izlanish va topqirlikni, o'z ustida tinmay ishlash, tadbirkorlikni talab qiladi. ―Rahbar tushunchasining quyidagi jihatlari ahamiyatlidir: Rahbar-ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi shaxs. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini belgilaydi. Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablag' ba'zan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, muassasa foyda o'rniga zarar ham ko'rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan ko'ra olishi va ularga tayyor turishi, zarur bo'lganda, faoliyatini qayta boshlashi, o'zida bunga kuch-g'ayrat topa bilishi lozim. Yuqorida keltirilgan jihatlar rahbarlik faoliyatining ma'lum aspektlarini namoyon etadi. Masalaning ikkinchi tomoni - rahbarlik faoliyati bilan shug'ullanuvchining shaxsi bilan bog'liq yuksak insoniy fazilatlardan iboratdir. Rahbar halol-pok, vijdonli, iymonli, qattiqqo'l, diyonatli, mehr-shafqatli bo'lishi kerak. Rahbarlikka egri yo'l, egri qo'l, egri maqsad bilan erishib bo'lmaydi. Fe'l-atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi. Rahbar mustaqil bo'lishi, ijtimoiy faoliyatning qonunan taqiqlanmagan hamma sohasi bilan shug'ullana olishi lozim. Shu bilan birga, u o'zi boshqarayotgan jamoa orasida obro'-e'tiborga ega bo'lishi zarur. Rahbar faol bo'lmasa, jamiyatda ijtimoiy faollik shakllanmaydi. Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo'lishidan qat'i nazar, har bir rahbar oldida «o'z ishimga talab darajasida yondashishim uchun nimalarni bilishim, qanday fazilatlarga ega bo'lishim kerak?» - degan savol hamisha ko'ndalang turadi. Boshqaruvda tajriba, ko'nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning ham roli katta. Ammo, eng avvalo, boshqaruv - bu san'at, aniqrog'i, ijoddir. Rahbarlikka ham, xuddi san'atkor uchun zarur bo'lganidek, iqtidor va iste'dod lozim. YA'ni, har kimdan san'atkor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.76 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 62.76 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga