Davlat xizmatchisining bahs yuritish san'ati

Davlat xizmatchisining bahs yuritish san'ati

O'quvchilarga / Pedagogika
Davlat xizmatchisining bahs yuritish san'ati - rasmi

Material tavsifi

Davlat xizmatchisining bahs yuritish san'ati Reja: Bahs - aqllar kurashi Bahs, aslini olganda, fikrni asoslash, isbotlash san'atidir. Bahsdagi noholis usullar Savollar, e'tirozlar va ularga javob Tayanch iboralar: Bahs, bahs san'ati, eristika, haqiqatni izlash, asoslash, isbotlash, jarayon, dalil, uslub, fikr, bahsda umumiy strategik maqsad, ifodalash, raqib, bahsdagi noholis usullar, bahsda ayyorlik, bahs maqsadidan chekinish, fikr (tezis)dan chekinish, yolg'on isbot va dalillar, izchillikni buzish, sarosimaga solish, dalilni moylash yoki xushomad, sun'iy uyat hissini uyg'otish, manfaatga ishora, yorliq ilish, balandparvoz so'zlar bilan opponentni sindirish, yolg'on - yo'q manbaga yoki o'ylab topilgan faktga tayanish, qo'rqitish (og'ziga urish) usuli, diqqat qilish (asabiy holga solish), obro'sizlantirish usuli, aniqlik kirituvchi savol, tushuntiruvchi savol, munozarali savol, ―qopqon savol, qarshi savol, chegaralovchi savol, ilmoqli savol, majburlovchi savol, ritorik savol, aniqlik kirituvchi savol. Har qanday muloqot jarayonida shunday holatlar bo'ladiki, kishi o'z nuqtai nazarini himoya qilishga, ya'ni bahs olib borishga to'g'ri keladi. ―Bahs ancha keng tushuncha. Umumlashtirilgan tarzda unga shunday ta'rif berish mumkin: Bahs deb biron-bir fikrni isbotlash (asoslash) jarayoni tushuniladi va uning davomida har bir tomon muhokama etilayotgan masala bo'yicha o'z nuqtai nazarini himoya qilishga va raqibning fikrlarini inkor etishga harakat qiladi. O'zbek tilida bunday holatlarni ifodalovchi va ayrim paytlarda sinonim sifatida ishlatiladigan boshqa so'zlar ham mavjud. Masalan: ―munozara, ―tortishuv, ―fikr almashuv yoki boshqa tillardan kirib kelgan ―disput, ―debat va h.k. Ikki yoki undan ortiq odam muloqotga kirishgan har qanday sharoitda bahsli holat yuz berishi tabiiy, zero, odamlar ayni bir narsa, voqea yoki hodisani turlicha idrok etadilar, tushunadilar va baholaydilar. Bu -tabiiy hol. Qolaversa, fikrlar rang-barangligi va qarama-qarshiligi bo'lmasa, har qanday voqea-hodisa haqida inkor etib bo'lmas, so'nggi haqiqat mavjud bo'lganda, inson tafakkuri ham ibtidoiy holatda rivojlanishdan to'xtab qolar edi. Bahsda haqiqat dunyoga keladi, degan qadimiy hikmat behuda paydo bo'lgan emas. Gerodot bu borada shunday degan edi: ―Agar qarama-qarshi mulohazalar bildirilmasa, ma'qul fikr qanday saralab olinadi. Bahs qoidasi: hatto juda qulay vaziyatlarda ham odamlar fikrini o'zgartirish juda qiyin masaladir. Agar o'z qarashlaringizni boshqa birovga o'tkazishni istasangiz, uning fikrini hurmat qiling. Hech qachon odamga uning nohaqligini aytmang. Xato qilish ehtimolini o'zingizda bo'lishiga ham e'tibor bering. Bu barcha turdagi bahslarga yakun yasaydi hamda fikrlashingiz haqqoniyligini o'zida ham yaratishga harakat qiladi. Shu bilan hamsuhbatingizni o'zi ham siz kabi nohaq bo'lishini tan olishiga imkon beradi. Keyin, agar biron bir insonni o'z tomoningizga qaratib olishni istasangiz, uni haqiqiy do'sti ekanligingizga ishontiring. Bu, albatta, haqiqatga yaqin yo'ldir. Bahsni tug'dirmaydigan shunday iboralar ham mavjudki, ular diqqat bilan eshitishga undaydi. Masalan: «Sizni dilingizdan o'tayotgan fikrlarga qarshi emasman, balki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.38 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.38 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga