Davlat xizmatchisining estetik madaniyati va tashqi ko'rinishi Reja: Estetik madaniyat To'g'ri o'tirish odobi Ishoralar va yurish Tayanch iboralar: Estetik madaniyat, tashqi ko'rinish, inson, moda, estetik did, kiyimlar, garmoniya, disgarmoniya, kiyim tanlash, xizmatchi, xatti-harakat, imo-ishora, estetik jihatlar, to'g'ri yurish, to'g'ri o'tirish, gavdani tutish, qadam tashlash, bo'y-bast va qomatni ushlash, tana harakatlarini to'g'ri yo'naltirish, uzuk, taqinchoq, sumka, illat, muloqot, go'zal chehra, kelishgan qaddi-qomat, chiroyli, nafis kiyim, kostyum-shim, zamonaviylik, bo'yinbog', dastro'molcha. Estetik madaniyat - insonning estetik faoliyati jarayoni, uning natijasida yaratilgan moddiy va ma'naviy qadriyatlar bo'lib, shaxsni shakllantirish va kamolotida muhim omil bo'lgan ijtimoiy hodisadir. Estetik madaniyat nafaqat tevarak olamni, balki insonni o'rab turgan ijtimoiy voqelikni bilishga intilish natijasi hamdir. Shu jihatdan olganda estetik madaniyat shaxs, millat, jamiyatning o'z-o'zini anglashi ham demakdir. Chunki estetik madaniyatda ijtimoiy birliklar ehtiyoj va manfaatlari, o'ziga xosligi, jahon tarixida tutgan o'rni, turli ijtimoiy tizimlarga bo'lgan munosabati ham o'z ifodasini topadi. Bugungi kunda texnik vositalar insonning estetik madaniyati rivojiga sezilarli ta'sir qila boshladi. Shundan kelib chiqqan holda madaniyat yutuqlarini ommalashtirish, tarqata olish imkoniyatini yaratgan, yer yuzining turli burchaklarida dunyoga kelayotgan madaniyat namunalarini millionlarning ma'naviy ozig'iga aylantirayotgan ommaviy axborot vositalari - radio, televideniye, internet, kino kabi hodisalarning roli bu jarayonda kattadir. Estetik madaniyat, bir tomondan, kishilar o'rtasidagi bevosita va bilvosita muloqotni tartibga solsa, boshqa tomondan muloqotning o'zi madaniy hodisa sifatida baholanadi va biz bunday hollarda «muomala madaniyati» degan iborani ishlatamiz. Har bir millatning o'z tili bor. Ayni paytda, har bir millat muloqotning rang-barangligi, mazmundorligini ta'minlaydigan o'ziga xos imo-ishoralar, raqs, musiqa, xulq-odob normalari va boshqa «tiliga» ham ega. Maqomlar, klassik qo'shiqlarimizni tinglaganda, xalqning his-tuyg'ulari, kechinmalari, dardi, umidlarini dildan his qilinadi, xalqning odob - axloq normalarida esa nozik did, insoniy mehr-muhabbat, hurmat va ulug'vorlikni ko'rish mumkin. Inson faoliyatini tartibga solish, hayot tarzini shakllantirish estetik madaniyatning muhim funksiyalari jarayonidan biridir. Bu funksiya tufayli estetik madaniyat kishilarning muloqotini, ishlab chiqarish va turmushdagi munosabatlarni ma'lum normalarga bo'ysundiradi. Har bir yangi madaniy qadriyatga biz o'zimizda shakllangan madaniy qadriyatlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ijobiy yoki salbiy, chiroyli yoki xunuk, adolatli yoki adolatsiz deb baho beramiz. Kundalik hayotda har birimiz bizga manzur bo'lgan yoki manzur bo'lmagan jarayon, voqealarga duch kelamiz, adabiyot, san'at, kino asarlarini yaxshi yoki yomon hodisalar sifatida baholaymiz. Bunday baholash paytida, albatta, har bir shaxsning o'z qarashlari, qadriyatlari ta'siri muhim rol o'ynaydi. Lekin, aksariyat hollarda bunday paytda, Ayniqsa, baholanayotgan hodisa o'zga madaniyatga tegishli bo'lsa, o'zimizga mansub bo'lgan madaniyat ruhimizga singdirgan qadriyatlar tizimi ustuvor bo'ladi va butun bo'y-basti bilan o'zligini namoyon qiladi. Estetik madaniyatning baholash funksiyasi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
55.63 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
55.63 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:57 ]
Arxiv ichida: doc