Davlat xizmatchisining etiketi Reja: Etiket turlari. Tanishish va tanishtirish etiketi. Ko'rishish etiketi. Taqdimot marosimi etiketi. Tayanch iboralar: Etiket, tanishtirish etiketi, tanishish etiketi, ko'rishish etiketi, suhbatlashish etiketi, muomala etiketi, taqdimot marosimi etiketi, boshqaruvchi taqdimoti, pablik rileyshnz va reklama taqdimoti. Etiket - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko'zini quvontiradigan muomala hodisasi sifatida jamiyatdagi ma'lum bir mavqega muvaffaqiyatli erishishning garovi tarzda ish ko'radi. Zero kishilarning o'zaro munosabati agar u ijobiy tus olsa, hoh u jamiyat, hoh shaxs ravnaqi uchun bo'lsin muvaffaqiyatli kechadi. Insonning jamiyatda odob - axloq qoidalariga rioya etishi atrofdagilarda yoqimli taassurot qoldirishi bilan birga namuna hamda yashash tarzi uchun bir taklif bo'lib xizmat qiladi. Yurish-turish madaniyati kishilik jamiyati madaniyatining tarkibiy qismidir. Uning asosini jamiyatda inson o'zini qanday tutishi kerakligini belgilab beruvchi hukmron axloq normalari tashkil etadi. ―Etiket atamasining o'zi G'arbdan kelgan bo'lib, O'rta asrlarda Ovrupoda nafaqat madaniyat belgisi, balki oddiy qora xalqdan oqsuyaklarni ajratib turuvchi vosita sifatida xizmat qilgan. Keyinchalik bir qator g'arb mutafakkirlari, jumladan, olmon faylasuflari, sal keyinroq ruhiy tahlilchilar bunday tarzdagi «axloqdan» voz kechishni taklif etganlar. Zero o'ta sertakalluflik, faqatgina jamiyat oldidagi obro'si uchun qilinadigan yuzaki odob ikkiyuzlamachilik sifatida ham mulozamatni me'yordan chiqargan va uni qabul qilgan insonga ham ruhiy jihatdan aks ta'sir ko'rsatadi. Bu borada buyuk allomalarimizdan Imom G'azzoliy o'zining «Kimyoi saodat» asarida: «Xabarda kelibdur, «Har kim yomon kishilar bilan vazmin bo'lsa, u ish sadaqadur». Abu Dardo roziyallohu anhu aytibdurlar: «Aksariyat odamlar bor, o'z obro'yini yomonlarning tilidan saqlaydilar. Men ham alarning yuziga kulib qarayman. Ammo mening dilim ul kishiga la'nat aytadur»2. Odamlarning yomonidan qo'rqib, uni aytganini qilgandan ko'ra, uning qalbiga til topib, o'z ta'siringizni o'tkazish bilan yaxshi yo'lga boshlagan ma'qul. Zero o'ta «to'g'rilik» ham qo'pollikka sabab bo'lishi mumkin. G'arbda ko'proq o'zini tutish deganda, etiket sifatida, xatti-harakatlar nazarda tutiladi. Ammo Sharqda qalbdagi «etiket» birlamchi vazifani o'taydi. Bu degani Sharqda etiket bo'lmagan, degan ma'noni anglatmaydi. Azal-azaldan odob masalasi birlamchi vazifa sifatida muhim hisoblangan. Qaysi soha vakili bo'lishidan qat'i nazar odob va kishilar o'rtasidagi mulozamat, muomala borasida alohida to'xtalib o'tganlar. Hatto katta asarlar ham bitganlar. Etiket turlari. Etiket - axloqiy madaniyatda yaqqol ko'zga tashlanadigan munosabatlarning ko'rinishlaridan biri. U ko'proq insonning tashqi madaniyati, boshqalar bilan munosabatlarida o'zini tutish qonun-qoidalari bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o'z munosabatlariga ijodiy yondashsa, ya'ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo'lsa, etiket muayyan holat uchun qoidalashtirib qo'yilgan xatti-harakatni taqozo etadi. ―Etiket keng qamrovli tushuncha bo'lib, u, ma'lum ma'noda, umumbashariy miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o'z ichiga oladi. Etiket ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.82 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.82 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:57 ]
Arxiv ichida: doc