Davlat xizmatchisining rahbarlik uslubi, fazilatlari va madaniyati

Davlat xizmatchisining rahbarlik uslubi, fazilatlari va madaniyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Davlat xizmatchisining rahbarlik uslubi, fazilatlari va madaniyati - rasmi

Material tavsifi

Davlat xizmatchisining rahbarlik uslubi, fazilatlari va madaniyati Reja: Rahbar mas'uliyati Rahbar ma'naviyati Tayanch iboralar: Rahbar ma'naviyati, rahbar madaniyati, liberal rahbar, avtokrat rahbar, demokrat rahbar, rahbar - boshqaruvchi; rahbar - diplomat; rahbar -murabbiy, tarbiyachi; rahbar - inson; rahbar -tadbirkor; rahbar - innovator, rahbar mas'uliyati, rahbar axloqi, kamtarlik, adolat, kamsuqumlik, shijoatlilik, talabchanlik, rahimdillik, hushxulqlilik, ichki shaxsiy nizo, shaxslararo nizo, shaxs va guruh o'rtasidagi nizo, guruhlararo nizo, ziddiyatlar. Rahbar (f. «yo'lboshchi - sardor, yetakchi») - jamiyat, davlat, tashkilotga doimiy va hal qiluvchi ta'sirga ega bo'lgan shaxs. Rahbar ishning ko'zini biladigan, jamoa, soha manfaatlarini ko'zlab faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimidir. Rahbarlik aql-farosat, kuch-g'ayrat, izlanish va topqirlikni, o'z ustida tinmay ishlashni, tadbirkorlikni talab qiladi. ―Rahbar tushunchasining quyidagi jihatlari ahamiyatlidir: 1. Rahbar - ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxs. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini belgilaydi. Rahbar o'z sohasiga yangi g'oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi. Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablag' ba'zan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, muassasa foyda o'rniga zarar ham ko'rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan ko'ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo'lganda, faoliyatini qayta boshlashi, o'zida bunga kuch-g'ayrat topa bilishi lozim. Yuqorida keltirilgan jihatlar rahbarlik faoliyatining ma'lum aspektlarini namoyon etadi. Masalaning ikkinchi tomoni - rahbarlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi kishining shaxsi bilan bog'liq yuksak insoniy fazilatlardan iboratdir. Rahbar halol-pok, vijdonli, iymonli, qattiqqo'l, diyonatli, mehr-shafqatli bo'lishi kerak. Rahbarlikka egri yo'l, egri qo'l, egri maqsad bilan erishib bo'lmaydi. Fe'l-atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi. Rahbar mustaqil bo'lishi, ijtimoiy faoliyatning qonunan taqiqlanmagan hamma sohasi bilan shug'ullana olishi lozim. Shu bilan birga, u o'zi boshqarayotgan jamoa orasida obro'-e'tiborga ega bo'lishi zarur. Rahbar faol bo'lmasa, jamiyatda ijtimoiy faollik shakllanmaydi. Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo'lishidan qat'i nazar, har bir rahbar oldida «o'z ishimga talab darajasida yondashishim uchun nimalarni bilishim, qanday fazilatlarga ega bo'lishim kerak?» - degan savol hamisha ko'ndalang turadi. Boshqaruvda tajriba, ko'nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning ham roli katta. Ammo, eng avvalo, boshqaruv - bu san'at, aniqrog'i, ijoddir. Rahbarlikka ham, xuddi san'atkor uchun zarur bo'lganidek, iqtidor va iste'dod lozim. Ko'rinadiki, har kimdan san'atkor chiqmaganidek, istagan odamdan ham yaxshi rahbar chiqavermaydi. Rahbar o'z qobiliyati, iste'dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, odamlarni chuqur o'rganadi. Natijada, to'plagan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o'zining rahbarlik usulini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.85 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.85 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga