Defektologiya

Defektologiya

O'quvchilarga / Pedagogika
Defektologiya - rasmi

Material tavsifi

Reja: Respublikamizda defektologiya fanining taraqqiyoti. Defektologiya fan sifatida rivojlanishi va uning tarmoqlari. Defektologaya - nuqsonli bolalarni klassifikasiyalash va ularga psixologik yordam berish. Tayanch iboralar va tushunchalar: defektologiya, parsial, tiflopedagogika, oligofrena-pedagogaka, surdopedagogika, logopediya, maxsus didaktika, nevrofiziologik. Aqliy va jismoniy rivojlanishda buzilishlar yuz bergan bolalarni o'rganish, o'qitish, tarbiyalash va mehnatga tayyorlash haqidagi fan bo'lgan defektologiyaning maqsadi anomal bolaning kamol topish xususiyatlarini hisobga olgan holda uning psixik rivojlanishdagi kamchiliklarini bartaraf etishga maksimal darajada yordam beradigan deferensiyalashtirilgan ta'lim shart-sharoitini belgilashdir. Defektologiya fan sifatida maxsus pedagogika va psixologiyaning turli tarmoqlarini surdopedagogika va surdopsixologiya, oligofrenopedagogaka-psixologiya, tiflopedagogika - tiflopsixologiya: nutq buzilishlar pedagogika - psixologiyasini o'z ichiga oluvchi logopediya, quloq og'irligi va ko'z zaifligini o'z ichiga oladigan parsial (juz'iy) defektlar haqidagi ta'limotlar kiradi. Anomal bolalarni klinik nevrofiziologik jihatdagi o'rganish bo'limlari defektologiya tarkibiga kiradi. Defektologiya o'zining asosiy tadqiqotlarini ikkita muhim bo'limga yo'naltiradi: 1) anomal bolalar kamol topib borishining qonuniyatlari va xususiyatlarini psixik-pedagogik va klinik-fiziologik jihatdan o'rganish; 2) anomal bolaning har bir turi uchun maxsus ta'lim va tarbiya sistemasini ilmiy asoslab berish. Defektologiya tibbiyot, fiziologiya, oliy nerv sistemasi fiziologiyasi bilan o'zaro aloqalar sistemasida uning umumiy pedagogika bilan o'zaro aloqalari markaziy o'rinda turadi. Chunki maxsus pedagogikaning har bir bo'limi, surdopedagogika, tiflopedagogaka, oligofrenopedagogika kamchiligi bor bolalarni o'qitish va har tomonlama kamol toptirishni maqsad qilib qo'yadi. Defektologiya ta'limning umumiy pedagogikada ishlab chiqilgan mazmuniga tayanib, turli kategoriyadagi anomal bolalarning imkoniyatlariga tayanib, bu kategoriyaning har biri uchun bilim berishning o'z sistemasini yaratdi. Defektologiya umumiy pedagogakada qo'llaniladigan metodlar va didaktik prinsiplardan foydalanib, anomal bolalarning turli kategoriyalari qonuniyatlari va xususiyatlariga tayanib o'z usullari va metodlarini hamda maxsus didaktikani ishlab chiqadi. Maxsus maktabgacha tarbiya va maxsus maktab muassasalari shoxobchalarini rivojlantirish va ularning strukturasini asoslash va ishlab chiqarish - mehnat tayyorgarligining mundarijasini belgilash, ta'lim va tarbiyaning maxsus didaktik sistemalarini, ta'lim va tarbiyaning usullari va metodlarini ishlab chiqish, shuningdek, kamchiliklar o'rnini to'ldirishning korreksiyasi va kompensasiyasini texnika vositalari sistemasini yaratish shu jumlaga kiradi. Defektologayaning shu asosiy vazifalarini hozirgi bosqichda muvaffaqiyat bilan amalga oshirishga defektologiyaning umumiy pedagogika va psixologaya, tibbiyot, umumiy fiziologiya bilan mustahkam aloqasi tufayli bilimning boshqa ko'pgina tarmoqlarida erishilgan yutuqlaridan har tomonlama foydalanish tufayli erishildi. Anomal bolalarning psixologik xususiyatlarini o'rganishda defektologaya umumiy psixologiyaga asoslanadi. Anomal bola psixik kamol topishining asosiy qonuniyatlarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, bu qonuniyatlar norma uchun ham potologiya uchun ham bittadir. Bunda kamol topishdagi kamchiliklarni analiz qilish umumiy, xususiy va alohidalikning birligidan iborat, dialektik prinsipi yaqqol tasdiqlab, anomal kamol topishning o'ziga xos xususiyati bo'ladi, bu xususiyat kamol topishida kamchiligi bor hamma bolalar uchun ma'lum darajada xarakterlidir, bu esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.84 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.84 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga