Demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish nazariyasi va amaliyoti

Demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish nazariyasi va amaliyoti

O'quvchilarga / Pedagogika
Demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish nazariyasi va amaliyoti - rasmi

Material tavsifi

Demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish nazariyasi va amaliyoti R e j a : Demokratiya va huquq: asosiy tushunchalar va tamoyillar. Xalq hokimiyatchiligi. Saylov tizimi. Demokratik huquqiy davlat qurish fuqarolik jamiyatining muhim bosqichi. O'zbekistonda odil, fuqarolik jamiyati qurish demokratlashtirishning oliy maqsadi. Adabiyotlar. Mustaqillikka erishilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi oldida muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan masala-o'zining yangi davlatchiligi va uni amalga oshirishning bosh va asosiy tamoyillarini aniqlab olish masalasi ko'ndalang bo'lib turdi. Jahon tajribalariga, xalqning tarixiy tajribasi va o'ziga xos xususiyatlariga muvofiq shunday to'xtamga kelindi: sobiq SSR paytida davlat va ijtimoiy hayot tizimini belgilab bergan avtoritar idora usuli va ma'muriy-buyruqbozlik tuzumdan tamomila voz kechib, O'zbekiston demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati quradi. Mamlakatda davlat qurilishi va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning besh yillik tajribasi Respublikaning o'z xalqi an'analari va xususiyatlarini hisobga olgan madaniy me'yorlariga, demokratik va huquqiy tamoyillariga sodiq ekanligini tasdiqlamoqda. Demokratik yunoncha so'z bo'lib, tarjimada xalq hokimiyati (demos-xalq, kratos-hokimiyat) manosini bildiradi. Demokratik deb oliy hokimiyat bevosita xalqqa tegishli bo'lgan va xalqning xohish-irodasi bilan amalga oshadigan davlat va jamiyatga aytiladi. Demokratiya haqidagi tushuncha davlat qurilishining bosh tamoyili sifatida ko'p asrlik tarixga ega. Ijtimoiy hayotni tashkil etishning demokratik me'yorlari juda qadim zamonlarda paydo bo'lib, jahondagi ko'plab rivojlangan mamlakatlarda asosiy va yetakchi tamoyilga aylanguncha insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida murakkab, ziddiyatli, ko'pincha fojiali o'zgarishlarga uchradi. Umumiy tarzda demokratiya deganda hammaning manfaatlari yo'lida ko'pchilikning hokimiyati va ozchillikning irodasini hurmat qilish tushuniladi. Batafsil tahsil qilganda esa demokratiya-xalqning o'z erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, har bir shaxsning manfaatlari va huquqlarini o'zboshimchalik qilish ham, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish shakli ham ekanligi ayon bo'ladi. Tarixiy tajriba va nazariy tafakkur davlat va uning mohiyatiga oid bir qancha, xilma-xil konsepsiyalarni biladi. Ulardan bir muncha keng tarqalgalari quyidagilar: Sinfiy davlat konsepsiyasi marksizm-leninizm ta'limotini bir sinfning ikkinchi bir sinf ustidan hokimiyatini ta'minlashda ko'radi. Bunday yondashuvga muvofiq davlat iqtisodiy hukmron sinf qo'lida boshqa sinflarni bostirib turish uchun qurol, mashina vazifasini bajaradi. Bu konsepsiyaga muvofiq davlat bor joyda hech qanday demokratiya haqida gap bo'lishi mumkin emas: xoh burjuaziya hokimiyati bo'lsin, xoh proletariat hukmronligi bo'lsin, zo'ravonlikka asoslanarmish. Bunga qarama-qarshi o'laroq anarxiya-hokimiyatsizlik konsepsiyasi kishilar erkinligini cheklaydigan har qanday hokimiyatchilikni tashkilot sifatida rad etadi. Liberal-demokratik konsepsiya zaif davlat to'g'risidagi tasavvurlardan kelib chiqqan bo'lib, uning vazifasi jamiyatdagi turli sinflar va ijtimoiy qatlamlarni o'zaro murosaga keltirishdan iborat. Totalitor davlat konsepsiyasi esa ijtimoiy hayotning barcha sohalarini yalpi davlatlashtirishni, har qanday ijtimoiy qatlam va guruhlar manfaatlarining va hatto har bir fuqaro manfaaotlarining va hatto har bir fuqaro manfaatining davlat manfaatlariga bo'ysindirilishini talab qiladi. Bu va boshqa konsepsiyalar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.74 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.74 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga