Detal chizmalariga o'lcham qo'yish modulini o'qitishda AKTdan foydalanish

Detal chizmalariga o'lcham qo'yish modulini o'qitishda AKTdan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Detal chizmalariga o'lcham qo'yish modulini o'qitishda AKTdan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Detal chizmalariga o'lcham qo'yish modulini o'qitishda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish MAVZUSIDA YOZGAN MUNDARIJA KIRISH Bugungi kunda oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri - bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxasis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini barchamiz tushunib yetmoqdamiz. Bugungi kuning dolzarb vazifalaridan biri pedagog hamda tarbiyachi kadrlar mahoratini sifat jihatdan oshirib borishdir. Chunki, har qanday ta'lim va tarbiya o'quvchilarga o'qituvchi va murabbiylar orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularning kasbiy mahoratlarini uzviylik asosida takomillashtirib borish o'rinlidir. Ta'lim to'g'risidagi va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi da jamiyatni harakatlantiruvchi kuch-shaxs deb ko'rsatilgan. Fanni o'rganishning dolzarbligi. Respublikamizdagi iqtisodiy, siyosiy va badiiy madaniyat tizimlarida ro'y berayotgan o'zgarishlar har bir shaxs uchun, uning turmushining barqaror bo'lishi uchun katta imkoniyatlar tug'diradi. Respublikamizning birinchi prizdenti Prezidenti I.A.Karimov ko'rsatib berganidek, «Mamlakatni modernizatsiya qilish va aholiga munosib sharoit yaratib berish borasida o'z oldimizga qo'ygan maqsad va vazifalarimiz hamda mintaqa va jahon bozorlarida ro'y berayotgan o'zgarishlar, kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qo'ymoqda». Bunday shartlardan biri - jamiyatdagi muammolarga ilmiy yondashishdir. Bu yondashuvda mazkur fan muhim o'rin tutadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, chizmachilik faning rivojlanishida Sharq olimlarining buyuk mutafakkirlarining o'rni beqiyosdir. Yurtimizda yaratilgan qadimiy inshootlar, noyob tasviriy, me'moriy asarlarga maftun bo'lib qolarkanmiz, shunday yuksak badiyatni bunyod etgan me'mor, musavvir va haykaltaroshlarning san'ati, mahoratidan qalbimizda iftixor hissiyotlari uyg'onadi. Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy ko'plab fanlarning rivojlanishiga asos solganlar. Xorazmiy o'zinig hayoti davomida algebra, astranomiya, geografiya geometriya va boshqa fanlarga ulkan xissa qo'shgan. Xorazmiyning geometriya sohasidagi o'zining fazoviy tasavvurlari algebraik, trigonometrik, geografik sohalardagi qarashlari bilan boshqa olimlardan ajralib turgan. Tarixiy manbalarga ko'ra Xorazmiy o'z Zijida boshlang'ich meridian sifatida, Hind an'anasiga ko'ra, Arin (hozirgi Hindistondagi Ujayn) shahridan o'tgan meridianni tanlagan. Buyuk olim Muso al-Xorazmiyning izidan borgan Xristofor Kolumb o'ziga tegishli nusxa hoshiyasiga yozgan eslatmalariga ko'ra, Arin g'oyasi unda yerning noksimon ekanligi va yerning Aringa diametral qarama-qarshi tarafida Aringa o'xshash joy bo'lishi kerakligi haqida fazoviy tasavvur hosil qilgan. Muso al-Xorazmiy va Abu Nasr Farobiylarning qarashlaridan, mulohazali fikrlaridan shu narsa ma'lum bo'ladiki, fazoviy tasavvurlarni o'stirish uchun chizmani va uning ko'rinishini oldindan ko'z oldimizga keltirib olish lozim. Har bir ish ketma-ketligini bajarish davomida chizmaga murojaat qilib borilmasa turli xatoliklarga olib kelishi mumkin. Zero, chizma asboblarini ayniqsa, chizg'ich va sirkul yordamida turli grafik ishlarni bajarishni ham birinchi bo'lib sharq mutafakkirlari ilmiy asoslab berganlar. Jumladan, Abu Nasr Farobiy (870-950) o'zining10 ta bobdan iborat geometrik yasashlar haqidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.62 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.62 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga