Didaktik bilim rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari Reja: Didaktika haqida tushuncha Didaktikaning asosiy nazariy muammolari Kasb-hunar ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish Didaktika haqida tushuncha Didaktika ta'lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi qismidir. Didaktika grekcha so'z bo'lib, ―Didayko - o'qitish, ―Didaskol - o'rgatuvchi degan so'zlardan kelib chiqqan Didaktikaning so'zma-so'z tarjimasi ta'lim nazariyasini anglatadi. ta'lim nazariyasi ta'lim jarayonining tushunchasi va mohiyatini, ta'lim qoidalarini, uslublari hamda tashkiliy shakllarini o'z ichiga oladi. ta'limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat. Didaktika pedagogikaning ―nimaga o'qitish, ―nimani o'qitish va ―qanday o'qitish‖ kabi savollariga javob izlaydi. Didaktika o'z navbatida ayrim o'quv fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam bog'lanadi. Shu usullar ma'lumotiga tayanib, o'qitishning umumiy qonuniyatlarini echib boradi va ayni vaqtda har bir o'quv fanini o'qitish usullari uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. Didaktikaga oid yaqin va o'rta Sharqda yashab ijod etgan Al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi buyuk mutafakkirlar tibbiyot, mantiq, musiqa, adabiyot, san'at, geografiya, riyoziyot kabi ilmlarni o'qitish vositasida avlodlarni tarbiyalash g'oyasini olg'a surdilar. Kaykovusning ―Qobusnoma, Nosir Xisravning ―Saodatnoma‖, Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilig, Ahmad Yugnakiyning ―Xibot ulhaqoyiq‖, Alisher Navoiyning ―Mahbub - ul-qulub‖ (Ko'ngillar sevgisi) asarlarida ilg'or pedagogik qarashlar ham ifodalangan. Ular dunyoviy ta'limni keng rivojlantirishga katta hissa qo'shishdi. Sharq xalqlari pedagogikasining buyuk allomasi Yusuf Xos Hojib o'zining ―Qutatg'u-bilig‖ asari orqali ilm-fan, ma'rifatning ahamiyati, ta'rifi va tavsifida odamlarni tinmay ilm olishga, bilim o'rganishga undaydi. Dunyodagi barcha xayrli ishlar, ezgu amallar negizida ilmma'rifat yotadi. Ilm ziyosi tufayli jaholat zulmati yoziladi, fikr ravshanlanadi, olamga ro'shnolik taraladi. Har bir sog'lom fikrli odam dunyoning borliq ishlaridan ogoh bo'lishi, buning uchun tinmay bilim olishi, ma'rifatga intilishi kerak. Mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ilmning qadr-qimmatini yuksak baholagan holda, insonning chin fazilati ilmda ekanligini alohida takidlaydi: «Ilm o'zi lazzat bag'ishlaydi. Odamlar ilm tufayli ezgulikka erishadilar. Ular ilm tufayli yovuzlikdan xolos bo'ladilar. Shuning o'zi eng aniq foyda, eng katta davlat emasmi, axir‖. Bilimlar rivojida Sharqning buyuk allomasi Al-Xorazmiyning salmoqli ulushi bor, albatta. Bu buyuk olim algebra, arifmetika, astronomiya, geografiya va musiqa sohalarida bir qancha asarlar yozgan. Uning ―Aljabr va almuqobala hisobidan qisqacha kitob‖ asari asosida algebra paydo bo'ldi. O'zbek sheriyatining buyuk dahosi Alisher Navoiyning didaktik merosi, uning bebaho ―Xamsa‖ asarida, hikmatlarida lirik durdonalarida o'z ifodasini topgan. Masalan, ―Farhod va Shirin‖ dostonida Farhod ilmli, hunarli, ijodkor shaxs. Farhod - ilm-hunarni hayot bilan bog'laydi. Alisher Navoiy hayotining so'nggi davrlarida bitgan «Mahbubul qulub‖ asari chuqur tarbiyaviy ahamiyatga molik falsafiy asardir. Asarda donishmand allomaning o'gitlari, pand-nasihatlari mujassamlashgan. Asar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.02 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.02 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:57 ]
Arxiv ichida: doc