Didaktik jarayon - pedagogik texnologiyaning asosi Reja: 1.Didaktika to'g'risida tushuncha. 2.Didaktikaning mohiyati va tamoyillari. 3.Pedagogik tizim elementlari. 4.Pedagogik texnologiyaning mazmuni. 5.YaPT ni qo'llashda bilish jarayoning roli. Didaktika pedagogika fanining ta'lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o'rganadigan kismidir. «Didaktika» grekcha so'z bo'lib, (men ukitaman, degan maxnodagi «didasko» so'zidan keyin «didaktika» - ta'lim nazariyasi kelib chikkan) suzma-so'z tarjima kilganda didaktika - ta'lim nazariyasi demakdir. Didaktika xususiy metodikalar bilan mustahkam boglangan holda, barcha o'quv fanlari uchun umumiy qonun va qoidalarni belgilab beradi. Umumiy didaktika asosida bazi o'quv predmetlari bo'yicha xususiy didaktikalar kelib chikadi. Ular metodikalar deb ataladi. Masaln, O'zbek tili metodikasi, matematika metodikasi, jismoniy tarbiya metodikasi va boshqa metodikalar bor. Ayrim fanlar metodikasi umumiy didaktik ma'lumotlarga asoslanadi, ayni vaqtda, umumiy didaktika ta'lim jarayoni qoida -qonunlarini ochib bergan holda xususiy metodikalardan material oladi. Didaktika yosh avlodni «nimaga o'qitish», «nimani o'qitish» kabi savollarga javob beradi. U o'qitishning umumiy qonuniyatlarini aniklab berishi bilan birga, xar bir o'quv fanini o'qitish usullari uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Didaktikaning tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari kuyidagilardir. Pedagogikaning tadqiqot obyekti uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayoni hisoblanadi. Didaktika pedagogikaning nazariy kismi ulib, uning tadqiqot obyekti xam umumiy pedagogika obyekti ichidadir. Shunday qilib, didaktikaning tadqiqot obyekti pedagogika nazariyasidir. Didaktikaning tadqiqot olib borishdan maqsadi o'qituvchi va tinglovchi, ukitilayotgan fan, didaktik materiallar, didaktik tamoyillar orasiagi munosabatlarning qonuniyatlarini aniqlash. Didaktik tamoyillarga: ta'lim-tarbiya jarayonida ta'lim oluvchining diqqatini berilayotgan bilimga karatib to'plash va uni jarayon oxirigacha saklab turish, xar bir bilimni asoslab berish, bilim berishda bilim oluvchilar imkoniyati va yosh xususiyatlaridan kelib chiqish, bilim berishda mumkin qadar ko'p ko'rgazmali qurollardan foydalanish, bilim berishda muntazamlik va davomiylik, bilim berishni mumkin qadar mehnat jarayoni bilan kushib olib borish yoki bilimni tushuntirishda hayot bilan bog'lash, ta'lim-tarbiya jarayonida ta'lim oluvchilarning faolligi va ongliligini ta'minlash, ta'lim-tarbiyaning tizimli va izchil bo'lishi, ta'lim va tarbiyaning birligi qoidalari kiradi. Pedagogik tizim o'zaro bog'liq bo'lgan quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi: 1.o'quvchilar, 2.ta'lim (tarbiya) maqsadi, 3.ta'lim-tarbiya mazmuni, 4.Didaktik jarayon, 5.tashkiliy shakllari, 6.Pedagog yoki o'qitishning texnik vositalari. Bu pedagogik tizim ikki tushunchani kamrab oladi. 1.Didaktik masalalar (1, 2, 3) 2.Pedagogik texnologiya (4, 5, 6). Pedagogik texnologiyaning mazmuni - bu o'quv reja, dastur va davlat ta'lim standartlaridan iborat. Tayanch o'quv reja - o'quv predmeti bo'yicha beriladigan, ta'lim mazmunini o'quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o'quv soatlarini minimum xajmdagi miqdorini ifodalaydi. U xar bir sinfda muayyan o'quv predmeti bo'yicha davlat standartlariga muvofik beriladigan ta'lim mazmunini aniklashga asos bo'ladi. Xar bir sinf yakunida o'quvchilar egallashlari lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar ta'lim predmetlari bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.91 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.91 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:57 ]
Arxiv ichida: doc