Didaktik o'yinlarning o'quvchi shaxsini shakllanishidagi o'rni Reja: Boshlang'ich ta'limda motivlar hosil qilishda didaktik o'yinlarning o'rni. Didaktik o'yin turlari. Didaktik o'yin bosqichlari. Boshlang'ich sinf o''ituvchilari tajribasida qo'llaniladigan o'yinlar Ddaktik o'yinlarning o'quvchilarni bilimga qiziqtirishdagi o'rni. Asosiy tushunchalar: motiv, didartik o'yinlar, o'yin faoliyati, immitatsiya, model, o'yin komponentlari, o'yin yo'nalishlari, o'yin turlari, o'yin qoidalari. Boshlang'ich ta'limda motivlar hosil qilishda didaktik o'yinlarning o'rni beqiyosdir. O'yinsiz tom ma'nodagi aqliy rivojlanish bo'lishi mumkin emas. O'yin o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg'otadigan uchqundir. O'yin boshlang'ich sinf o'quvchilarda ma'lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar - o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo'llaniladigan usul. O'yin vositasida o'quvchilarning bilim o'zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo'lishga o'rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi. O'yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda kelgusida o'quv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosabatga kirishishga oid ruhiy xususiyatlar shakllanadiO'yin orqali bolalar borliqni o'rganadi va dunyoni o'zgartirishga harakat qiladi. Shunday qilib o'yin inson faoliyatining shakllanishiga asos soladi. O'yinda inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namoyon qiladi. O'yinning eng muhim ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning dunyoga ta'sir etish ehtiyoji paydo bo'ladi va shakllanadi. Maktab yillarda o'yin shakllari yanada kengroq rivojlanadi. O'quvchining o'yin faoliyati juda ko'p soha olimlarining, ya'ni, faylasuflar, sotsiologlar, biologlar, san'atshunoslar, etnograflar, ayniqsa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi.Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o'yining hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qaraladi. Faqat o'yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va o'zaro ta'sirda shakllanadi.O'yingina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq stadiyasiga o'tish uchun muhim zamin yaratadi. Didaktik o'yin o'rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilishi sohasidagi aktiv faoliyatdir. O'yinning boshqa faoliyat turlaridan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o'yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o'quv faoliyatidir.Didaktik o'yinda o'quvchilarning o'zlashtirishini hisobga olgan ta'limiy vazifalarning bo'lishi muhimdir. Rahbarlik qiluvchi kattalar didaktik o'yinlarning u yoki bu shaklini yaratar ekan uning bolalar uchun qiziqarli va ular diqqatini to'playdigan turlariga e'tibor qaratishlari lozim.Didaktik o'yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat'iyligidir. Didaktik o'yinlarning tarkibiy komponetlari quyidagilar: o'yin mantiqi, o'yinning harakati, o'yin qoidasi. O'yin mantiqi asosan uning sarlavhasida aks etadi. O'yin harakati jarayonida o'quvchilarning bilish faolligini oshirishga, o'quvchilarning o'z qobiliyatini namoyon qilishiga, o'yin maqsadiga erishish uchun o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini qo'llashga imkoniyat yaratiladi. O'yin qoidasi o'yin jarayonini to'g'ri tashkil etishga yordam beradi. U o'quvchilar xulqini ularning o'zaro munosabatlarini tartibga soladi. Didaktik o'yinlarda ma'lum bir natijaga erishiladi, uning finali uning tugaganligini bildiradi. O'yinda ma'luum bir didaktik maqsad qo'yilaadi va bu maqsadga erishilishi o'quvchilarda ma'naviy va aqliy qoniqish hissini shakllantiradi. Didaktik o'yinlar hamma vaqt ham o'qituvchi uchun o'quvchilarning bilim o'zlashtirishi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.04 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.04 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:57 ]
Arxiv ichida: doc