Didaktik o'yinli texnologiyalar

Didaktik o'yinli texnologiyalar

O'quvchilarga / Pedagogika
Didaktik o'yinli texnologiyalar - rasmi

Material tavsifi

RYeJA: Didaktik o'yinli mashg'ulotlar Didaktik o'yinli darslarning turlari va ularning maqsad hamda vazifalari O'yinli darslarning o'qitish jarayonidagi didaktik funksiyalari Didaktik o'yinli mashg'ulotlarning o'ziga xos xususiyatlari Didaktik o'yinli mashg'ulotlar ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida qo'llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati orqali uyg'unlashtiriladi. Shu sababli talabalarning ta'lim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar didaktik o'yinli darslar deb ataladi. Inson hayotida o'yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: - o'yin faoliyati orqali shaxsning o'qishga, mehnatga bo'lgan qiziqishi ortadi; - o'yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi yani, kommunikativ - muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; - shaxsning o'z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o'zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi; - hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni engish va mo'ljalni to'g'ri olish ko'nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi; - o'yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; - shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; - insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma'naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishga etibor qaratiladi; - o'yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko'zda tutiladi. Didaktik o'yinli mashg'ulotlarni talabalarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga qarab: syujetli-rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yini, konferensiyalar, o'yin-mashqlarga ajratish mumkin. O'qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, o'yin muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng esa, ularni ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o'yinli mashg'ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim. DIDAKTIK O'YINLI DARSLARNING TURLARI VA ULARNING MAQSAD HAMDA VAZIFALARI DIDAKTIK O'YINLI DARSLAR YaKUNIDA BAJARILADIGAN PYeDAGOGIK VAZIFALAR: . O'YINLI DARSLARNING O'QITISh JARAYoNIDAGI DIDAKTIK FUNKSIYALARI Didaktik o'yinli mashg'ulotlarning o'ziga xos xususiyatlari O'qituvchi-pedagog didaktik o'yinli mashg'ulotlarni o'tkazishga qizg'in tayyorgarlik ko'rishi va uni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi: 1. Didaktik o'yinli mashg'ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo'lishi; 2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag'ishlanib, ular o'yin davomida hal qilinishi; 3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi; 4. O'yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi; 5. Mashg'ulotlar davomida didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak. Quyida «Kasb pedagogikasi» fanini o'qitishda tashkil etish va o'tkazish mumkin bo'lgan didaktik o'yinli mashg'ulotlardan ayrimlarining tafsilotlari keltiriladi. Didaktik o'yinli mashg'ulotlar orasida konferensiya mashg'ulotlari ham muhim o'rin tutadi. Konferensiya mashg'ulotlari talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, qo'shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.83 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.83 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga