DIDAKTIKA - TA'LIM NAZARIYASI SIFATIDA Pedagogika fani ta'lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o'rganadi. Hozirgi davrda didaktika o'qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo'yicha ta'lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Didaktika ta'limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e'tirof etadi. Ta'lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta'limiy faoliyatini tashkil etishda o'qituvchi - o'quvchi, o'quvchi - o'quv materiali, o'quvchi - boshqa o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: Umumiy didaktikaning predmeti dars o'tish va bilim olishning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi hisoblanadi O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonunida ta'lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g'oyalarga muvofiq tashkil etilishi e'tirof etilgan. Respublika uzluksiz ta'lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi. Ta'limni insonparvarlashtirish ta'lim jarayonida o'quvchi shaxsini hurmat qilish, uning sha'ni, obro'si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste'dodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo'l qo'ymaslik, ta'lim dasturlarini tanlashda o'quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi. Didaktika - ta'lim nazariyasi R ej a : 1. Didaktika - ta'lim nazariyasi sifatida. 2. Didaktikaning paydo bo'ishi va rivojlanishi. 3. Hozirgi davrda boshlang'ich ta'limning dolzarb muammolari. Kishilik jamiyati tomonidan to'plangan tajribalarni yosh avlodga o'rgatish jamiyatda yashashining zarur shartidir. Kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida hali insonlar endigina tabiat qiyinchiliklari bilan kurasha boshlagan davrda ham o'zlarining uncha ko'p bo'lmagan tajribalarini yosh avlodga o'rgatganlar. Masalan: gulxanni yoqish, yovvoyi hayvonlarini ovlash uchun qurollar tayyorlash yo'llari va shu kabilarni o'rgatganlar. Bu davrda Bolalarga hayot uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikmalarni o'rgatish stixiyali holda amalga oshirilib, uni alohida faoliyat turi deb sanalmagan. Lekin bu biz hozir ta'lim deb atayotgan faoliyatning o'zi bo'lgan. Shuning uchun ham yosh avlodga insoniyat to'plagan tajribalarni o'rgatish orqali ularning jamiyat hayotiga qatnashtirish hamma vaqt hamma xalqlarning asosiy ijtimoiy funksiyasi bo'lgan. Kishilik jamiyati yashar ekan ta'lim hamma vaqt zarur bo'lib qolaveradi. Tarixiy taraqqiyot davomida ijtimoiy tajribalar ko'paya borgan sari, ta'lim jarayonida beriladigan bilimlar mazmunining xarakteri va doirasi ham o'zgaradi. Shunday qilib, ma'lum dasturga asoslangan, ma'lum maqsadga qaratilgan maxsus ijtimoiy dorilfunun-maktab paydo bo'ladi. Endi esa maktabdagi faoliyat turi, uni amalga oshirish usuli va vositalarini asoslab berish zaruriyati paydo bo'lgan. Shunday qilib didaktika fani yuzaga keladi. Didaktika (grekcha didasko - o'qitaman) ta'lim va ma'lumot haqidagi fandir.Insonning tarbiyasi rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida ta'lim va ma'lumot muhim ahaiyatga ega. Ma'lumot-bu egallagan, tizimlashtirilgan bilim, ko°nikma va malakalar, hosil qilingan dunyoqarashlar majmui. Ta'lim-o'qituvchi rahbarligida o'tkaziladigan, o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
164.61 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
164.61 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:58 ]
Arxiv ichida: pptx