Didaktika - ta'lim nazariyasi

Didaktika - ta'lim nazariyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Didaktika - ta'lim nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

Didaktika - ta'lim nazariyasi Reja: ta'lim jarayonining funksiyalari. ta'lim jarayonining harakatlantiruvchi kuchlari. ta'lim jarayonida munosabat va aloqa turlari. ta'lim jarayonining samaradorligi Bilish - ta'lim jarayoninig metodologik asosidir. ta'limning mazmuni. ta'lim tamoyillari. ta'limda onglilik, faollik va mustaqillikka erishish. Bilimlarni puxta va tizimli o'zlashtirib olish ta'lim tamoyillarini belgilash o'lchovlari. O'qitishning induktiv va deduktiv metodi. ta'lim jarayonini loyihalash va uning bosqichlari. ta'limni tashkil etish shakllari. Dars jarayonida ta'lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari: O'quv jarayonda talabalar mustaqil ishini tashkil qilish ta'lim jarayoni pedagogik jarayonning ajralmas, muhim qismlaridan biri bo'lib u o'qitish, bilim, ko'nikma va malaka hosil qilish masalalari bilan shug'ullanadi. ta'lim nazariyasini Didaktika tushunchasi bilan ham ifodalanadi. Didaktika so'zi grekcha Didasko so'zidan olingan bo'lib, O'qitish, o'rgatish degan manoni bildiradi. Didaktikaning o'rganish obyekti o'quv jarayoni, o'quv jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, o'qitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir. ta'lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to'plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, avlodlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni malum tizim orqali amalga oshirish bo'lib hisoblanadi. Pedagogikada didaktikaning umumiy va xususiy tamonlarini o'rganishga alohida etibor qaratiladi. Umumiy didaktika pedagog va talaba faoliyatining o'zaro ta'siri to'g'risidagi fan bo'lib, u barcha o'quv predmetlarini - ijtimoiy-gumanitar, tabiiy fanlarni o'qitish, ma'lumotning hamma darajalarini - Oliy o'quv yurtlari yoki ta'lim muassasalarigacha, boshlang'ich, o'rta, kasb-hunar, oliy ta'limni amalga oshirish muammolarini o'rganuvchi fandir. U o'z tadqiqot predmeti mohiyatidan kelib chiqib, quyidagi savollarga javob izlaydi. Nima uchun o'qitiladi? Bu savol ma'lumotning maqsadi, vazifalari bilan aloqadordir. Jamiyatning, shuningdek, fan, texnika, madaniyat taraqqiyoti asosida Oliy o'quv yurtlari yoki ta'lim muassasalarining maqsadi, vazifalari belgilanadi. O'zbekistonda rivojlangan demokratik huquqiy davlat barpo etilmoqda. Bunday davlatda har tomonlama rivojlangan ijodkor yoshlarni tarbiyalash asosiy maqsad sanaladi. Nega shunday o'qitiladi? Bu savolga ko'ra ta'lim jarayoni qonuniyatlari, prinsiplari o'rganiladi. ta'lim jarayoni qonuniyatlari ochilib, prinsiplari asoslangan sari, o'quv-tarbiya ishlarining sifati, samaradorligi oshadi. Nima o'qitiladi? Bu savol asosida ma'lumot mazmuni, uning tarkibiy elementlari aniqlanadi. ma'lumot mazmuni keng tushuncha bo'lib, u ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarni o'ziga qamrab oladi. ma'lumot mazmuni tarkibida to'rtta element ajratiladi bilimlar tizimi (1); ko'nikma va malakalar tizimi (2); ijodiy faoliyat tajribasi (3); munosabatlar tizimi (4). Hozirgi an'anaviy Oliy o'quv yurtlari yoki ta'lim muassasalarida asosiy etibor bilimlarni o'zlashtirishga, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Bu o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etish tajribasining eng zaif tomonidir. ma'lumot mazmunining barcha elementlariga rioya qilib, ta'lim jarayonini tashkil etish yo'li bilangina har tomonlama rivojlangan yoshlarni etishtirib chiqarishi mumkin. Qanday o'qitiladi? Bu savol ta'lim metodlari, usullari, vositalarini o'rganishga yo'nalgan. Shu savolga ko'ra, ta'lim metodlari, usullari, vositalarining samaradorlik darajasi tahlil etiladi. ta'lim qanday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 111.73 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 111.73 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga