Didaktika fanining predmeti va vazifalari

Didaktika fanining predmeti va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Didaktika fanining predmeti va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Didaktika fanining predmeti va vazifalari RYeJA: Didaktika - ta'lim nazariyasi to'g'risidagi fan. Didaktikaning asosiy kategoriyalari: ta'lim prinsiplari, ta'lim mazmuni, metodlari, o'qitishning tashkiliy shakllari, o'qish, o'qitish. ta'lim nazariyasining asoschilari Forobiy, Ibn-Sino, Az-Zamaxshariy, Beruniy, Zarnidjiy, Yan Amos Komenskiy, Disterverg, K. D Ushinskiy. Oliy, o'rta-maxsus va kasb-hunar ta'limida o'qitish va shaxs tarbiyasining o'zaro bog'liqligi. Didaktika grekcha so'z bo'lib, «Didayko» - o'qitish, «Didasko» - o'rgatuvchi degan so'zlardan kelib chiqqan bo'lib, ta'lim nazariyasi degan manoni anglatadi. ta'lim qoidalari. 1. ta'limning ilmiy bo'lish qoidasi. 2. ta'limning tizimli va izchil bo'lish qoidasi. 3. ta'limning tarbiyalovchilik xarakteri. 4. ta'limda nazariyaning amaliyot bilan bog'liqlik qoidasi. 5. ta'limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi. 6. ta'limda ko'rsatmalilik qoidasi. 7. ta'lim jarayonida har qaysi o'quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish qoidasi. 8. ta'limda ilmiy bilim va ko'nikma, malakalarni puxta, mustahkam o'zlashtirish qoidasi 9. ta'lim va tarbiyaning birligi qoidasi. O'quv rejasi deb, o'qitiladigan fanlar, o'qitish uchun ajratilgan soatlar va o'quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. ta'lim tizimida an'anaviy ta'lim metodlari: O'qitishning og'zaki usullari. O'qitishning ko'rgazmali usullari. O'qitishning amaliy usullari. O'qitishning muammoli - izlanishli va reproduktiv usullari. O'qitishning induktiv va deduktiv usullari. Mustaqil ish usullari. O'quvchilarning o'quv faoliyatlarini rag'batlantirish va asoslash usuli. O'qitishda nazorat va o'z - o'zini nazorat qilish usuli Kitob bilan ishlash usuli. O'qitishning an'anaviy - tashkiliy shakllari: Sinf - dars shaklida olib boriladigan darslar. Amaliy va tajriba shaklida olib boriladigan mashg'ulotlar kiradi. ta'lim nazariyasining asoschilari Forobiy Ibn-Sino Az-Zamaxshariy Beruniy Zarnidjiy Yan Amos Komenskiy Disterverg K. D Ushinskiy. ta'lim nazariyasining asoschilaridan bo'lgan Abu Nasr Farobiy antik yunon faylasuflaridan Yevklit, Aflotun va Arastu asarlarini tarjima qilib, sharhlab sharqda keng tarqatilishiga katta hissa qo'shgani va juda ko'p falsafiy masalalarni o'sha olimlar darajasida talqin etgani uchun «Muallimi soniy - ikkinchi muallim», deb nom olgan Ibn Sino bolalarni bitta-bitta, alohida o'qitishdan ko'ra, jamoa tartibida o'qitishni afzal deb biladi va uning ustunligi haqida gapirib shunday yozadi: «O'quvchilar o'qish va tarbiya davomida ilmga chanqoqlik sezadilar, o'z bilimlari bilan g'ururlanadilar, bir - birlarining bilimlariga havas qiladilar. G'urur va o'ziga etibor tarbiyalanuvchilarni bir - birlaridan orqada qolmaslikka undaydi. Zamaxshariy til bilimi, tarix, geografiya, adabiyotshunoslik, etnografiya, axloq - odobga doir 50 dan ortiq asar yozgan. U istedodli shoir ham bo'lgan, g'azal, qasida, noma, qitalarni to'plab, alohida devon tuzgan. Sherlarida Zamaxshariy ko'proq dunyoning moddiyligi haqida falsafiy mushohadalar yuritadi, kitobxonga axloqiy masalalar xususida pand - nasihatlar beradi. Beruniy «Saydananing muqaddimasida «Vomiq va O'zro», Urmo'zdyor va Mehriyor». «Bomiyonning ikki sanami», «Dodmoh va Kirmondo'xt», «Nilufar» singari qissa va dostonlarni forsiydan arab tiliga nazm va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 110.2 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 110.2 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga