Didaktika pedagogik ta'lim nazariyasi sifatida Reja: 1. ta'lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida 2. Didaktikaning boshqa fanlar bilan bog'liqligi 3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari 1. ta'lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo'lib, unda o'qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so'zma-so'z tarjimasi ta'lim nazariyasini anglatadi. Didaktika grekcha so'zdan olingan bo'lib, didacticos - o'rgatish, o'qitish manosini bildiradi. Didaktika nimaga o'qitish?, nimani o'qitish? qanday o'qitish? qaerda o'qitish kabi savollarga javob izlaydi. Didaktikada ta'limni tashkil etishning umumiy masalalari, o'qitish jarayonining mohiyati, ta'limning mazmuni, o'qitish prinsiplari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi. O'qitish jarayoni pedagogning o'rgatuvchilik faoliyatini va o'quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o'z ichiga oladi. Shu o'rinda bu jarayonlarning tahliliga etibor qarataylik. ta'limda o'qituvchining boshqaruvchilik roli o'z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo'lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib qo'yadi. Bularning barchasi o'qituvchining ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o'z aksini topmog'i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim jarayonida o'qituvchi o'quvchilariga qo'lga kiritilgan bilimlarni o'rgatadi. O'quv faoliyatida ularni ko'nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o'quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaqlantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi. O'qituvchining faoliyati o'quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o'quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o'quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. O'quvchilarga qiyinchiliklarni engib o'tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta'lim jarayonini tashxis qiladi. O'z navbatida o'quvchilarning faoliyati o'quv jarayonida o'rganishga, bilim, ko'nikma hamda malakalarni egallashga, o'zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo'naltiradi. ta'lim jarayonida o'quvchilarning faoliyati ko'p qirrali yo'nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi. Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o'zaro bog'liqlikda joylashadi. Didaktika o'qitishning umumiy qonuniyatlarini o'rganadi. Aniq bir predmetni o'qtishning o'ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi. 2. Didaktikaning boshqa fanlar bilan bog'liqligi. ta'lim jarayoni jamiyat rivojlanishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlari, odamlar faoliyati va hayotiy ehtiyojlari, zamonaviy fan-texnika taraqqiyotining yuutuqlariga hamma ta'lim oluvchilarning shaxsiy sifatlariga qo'yilgan katta talablarga asoslanadi. Didaktika sohasidagi natijalar uning oldiga yangi-yangi masalalarni ko'ndalang qo'yadi. Bu muammolarni hal qilish boshqa fan yutuqlaridan maksimal darajada samarali foydalanishni talab etadi. Falsafa va sotsiologiya jamiyat va atrof-muhit rivojining umumiy qoniyatlari haqidagi fanlar sifatida odamlarning hayoti va faoliyatining ijtimoiy va boshqa o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishda didaktikaga yordam beradi. Siyosatshunoslik ta'limdagi siyosiy hodisalar va jarayonlar bilan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.03 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.03 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:58 ]
Arxiv ichida: doc