Didaktika, uning tadqiqot predmeti

Didaktika, uning tadqiqot predmeti

O'quvchilarga / Pedagogika
Didaktika, uning tadqiqot predmeti - rasmi

Material tavsifi

Didaktika, uning tadqiqot predmeti DIDAKTIKA, UNING TADQIQOT PRYeDMYeTI VA LOGIKASI RYeJA: 1. DIDAKTIKANING TADQIQOT PRYeDMYeTI. 2. ASOSIY DIDAKTIK KATYeGORIYaLAR 3. UMUMIY VA XUSUSIY DIDAKTIKA DIDAKTIKANING TADQIQOT PRYeDMYeTI. Bashariyat moddiy nematlarni ishlab chiqarish, tabiat, jamiyat va inson tafakkurida amal qiladigan qonuniyatlarni bilish, moddiy hamda ma'naviy olam haqidagi bilimlarni yoshlarga o'rgatish yo'li bilan rivojlanadi. Bu jarayonlarga etarli ahamiyat bermaslik, ularning birontasini etibordan chetda qoldirish jamiyatni inqirozga olib keladi. Moddiy nematlarni ishlab chiqarish umuminsoniy tajriba bo'lib, u jamiyatning iqtisodiy negizini yaratishga yo'nalgan. Ishlab chiqarish qonuniyatlari, prinsiplari, usullarini iqtisod fanlari o'rganadi. Tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini falsafa, tabiiy va ijtimoiy fanlar tadqiq etadi. Bu fanlar sohasida to'plalgan bilimlar insoniyatning o'zi uchun xiemat qiladi. Zero, bashariyat to'plangan bilimlardan amaliyotda foydalanish yo'li bilan o'zini tabiiy injiqliklardan - ochlikdan, sovuqdan, ofatlardan, shuningdek, iqtisodiy va siyosiy tanazzuldan himoya qiladi. «Didaktika» termini manosidan kelib chiqib, didaktikaning predmetini aniqlash moyilligi ham bor. T. A. Ilina «Didaktika» - grekcha «didaktikos» so'zidan olingan bo'lib, «o'qitish» manosini anglatadi degan fikrni keltiradida, «didaktikaning predmeti-ta'lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir»,- deb yozadi. Taniqli polyak didakti Ch. Kupisevich «o'qitish» va «o'qish» atamalarining dahldorligiga asoslanib didaktikaning tadqiqot predmetini belgilaydi. Uning yozishicha, didaktikaning tadqiqot predmeti o'qitish va o'qish jarayonlar bilan birga ularni o'qitish va o'qish jarayonlarini) yuzaga keltirish faktorlari, shart-sharoitlari va bu jarayon olib keladigan natijalardir, Ch.Kupisevich didaktikaning tadqiqot predmetini juda keng tasvirlagan. Didaktikaning tadqiqot predmeti sifatida ajratilgan didaktik hodisa genetik jihatdan birlamchi, yagona, universal va umumiy xarakterda bo'lshni xam unutmaslik kerak. ASOSIY DIDAKTIK KATYeGORIALAR DIDAKTIKA LOGIKASI Didaktika o'ziga xos tadqiqot sohasiga va tadqiqot predmetiga ega bo'lganidek, uning o'ziga oid tushunchalar tizimi ham mavjud. Har bir tu-shuncha malum didaktik hodisaga taalluqli bo'lib, ular vositasida didaktik hodisalarning asosiy belgilari umumlashtiriladi. Demak, didaktik tushunchalar pedagogik fikrlash formasi, shuningdek, didaktik hodisalarni bilish, tadqiq qilish, bayon qilish hamda ulardan amaliyotda foydalanish vositalaridir. ma'lumot mazmunida hozirgi zamon fani, texnikasi madaniyati, ishlab chiqarishi va fikrlashining umumiy asoslari aks etadi. Binobarin, ma'lumot mazmunida fan, texnika, madaniyat, ishlab chiqarish, tafakkurga oid yetakchi qarashlar, g'oyalar, nazariyalar, faktlar beriladi. qarashlar, g'oyalar, nazariyalar, faktlar o'rtasidagi bog'lanishlar ma'lumot logikasi sanaladi. M.N.Skatkin, V.V.Kraevskiy, I.Ya.Lerner kabi qator olimlarning, ilmiy tadqiqotlarida ma'lumot mazmunining quyidagi to'rtta elementdan iborat ekanligi isbotlandi: - bilimlar tizimi. Bilim - tabiatda, jamiyatda, inson ongida amal qiladigan qonuniyatlarning turli belgilar (masalan, yozuv) vositasida moddiylashtirilgan ko'rinishidir. Bilimlar qarash, g'oya, ta'rif, qoishda, aniqlik, aksioma, teorema, fakt va sh.k. shaklida beriladi; - ko'nikma va malakalar - bilimlarni o'zlashtirish, o'zlashtirilgan bilimlarni turli o'quv sharoitlariga tatbiq etish yo'llari bilan shakllanadi. Malakaning quyi bosqichiga ko'nikma deyiladi. Mashq, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.23 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.23 MB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga