Didaktika. Didaktik tamoyillar va ularning amaliyotda qo'llanilishi

Didaktika. Didaktik tamoyillar va ularning amaliyotda qo'llanilishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Didaktika. Didaktik tamoyillar va ularning amaliyotda qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

Didaktika. Didaktik tamoyillar va ularning amaliyotda qo'llanilishi Didaktika - pedagogikaning ta'lim, bilim berish jarayoni va o'qitish nazariyasini umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi mustaqil bo'limi hisoblanadi. Didaktika yunoncha didasko so'zidan olingan bo'lib, o'qitish, o'rgatish manolarini bildiradi. ta'lim qonuniyatlarini o'rganish, tahlil qilish jarayonida ta'lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vazifalari, o'qitish prinsiplari shakllari haqidagi bilimlar bayon etiladi. Demak, didaktika pedagogikaning yosh avlodni nimaga o'qitish, nimani o'qitish va qanday o'qitish kabi savollariga javob izlaydi. ta'lim nazariyasi tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'zbek xalq pedagogikasida inson aqlan barkamol bo'lishining eng muhim sharti uni bolaligida o'qitish va tarbiyalash deb hisoblaydi. Al-Xorazmiy, Kindiy, Beruniy, Forobiy, ibn Sino, Umar Xayyom, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi ko'plab Sharq allomalari qarashlarining muhim xususiyati shundan iborat ediki, ular bilishning predmeti va manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat o'rtasidagi munosabatlarga etibor berganlar. Masalan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) shaxsni uzluksiz kamol topishi nazariyasini rivojlantirish borasida muhim xizmat qildi, induktiv va deduktiv tafakkurdagi alohidalik hamda umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi. Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy (806-866) substansiyani barcha ilmiy bilimlarning bosh predmeti sifatida ko'rib chiqishda eng avvalo miqdor va sifatni hissiy idrok etish zarurligini tasdiqladi. Kimki miqdor va sifatni bilmasa, u substansiyani bilishdan ham mahrumligini o'qitirdi. Olim o'zining didaktik g'oyalarida hissiy va ratsional bilishni ifodaladi. Hissiy bilish - yakka narsalarni bilishdan iborat bo'lsa, ratsional bilish - umumiy narsalarni bilish ekanini takidladi. Uning fikricha, hissiy bilish faqat aql uchun material beradi. Sabablar haqiqatni bilishda va o'zining ana shu haqiqatga muvofiq xatti-harakatlarini anglashda insonning aqliga ko'maklashadi. «Haqiqat», - deb yozgan edi al-Kindiy, - har qanday narsani va uning barqarorligini bilishning sababidir, binobarin hayotdagi mavjud hamma narsa haqiqiyligi bilan mavjuddir. Hakiqatni bilish zarur va shunga ko'ra mavjud narsalarni bilish mumkin». Abu Nasr al-Forobiy (870-950) o'qitish metodlarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliy va nazariy metodlarga ajratgan, shu tariqa o'qitishning amaliy yo'nalishi va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bog'liqligi g'oyalarini olg'a surgan. Olim o'qitishning tajriba - ko'rsatmali, induktiv va deduktiv amaliy metodlariga alohida etibor bergan. Barcha metodlarni o'quvchilarning hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda birlashtirgan. O'quv jarayonini tashkil etishga ko'yiladigan talablarni ishlab chiqishda deduktiv metodini ustun ko'yib, o'quvchilarga materialni tushuntirishda nimalarga alohida etibor berish haqida, eng muhim narsalarni fanga ishonchli bilimlar beradigan va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va hoka'zolar bo'yicha o'qituvchilar uchun qimmatli tavsiyalarini bayon qilgan. Forobiy matematika fani misollari asosida o'qitishning ilmiylilik, ko'rsatmalilik, tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayonining va fandagi bilim shakllarini mohiyatini yoritgan. Uning fikricha, ana shu jarayonlar qonunlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 205.32 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 205.32 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga