Diplom loyihalarida bajariladigan ilmiy - tadqiqot ishlar (yo'nalish bo'yicha) va kasb ta'lim muammolari Reja: Diplom loihasidagi ilmiy ishlar Kasb ta'lim muammolari Tayanch tushunchalar: ta'lim, ta'lim turlari, ilmiy ishlar, ta'lim muammolari Ta'lim shakli- belgilangan tartibda va aynan sodir bo'ladigan o'qituvchi va o'quvchining Ixtisoslik tashkil qilingan faoliyatining tashqi ifodasidir. Shunday qilib, ta'limning tashkiliy shakli didaktik kategoriya sifatida o'quv jarayonining quyidagi tashqi tomonlarini, ya'ni uning mavjudlik tarzini: tartib va rejimini; o'qituvchi va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyatining tashqi ifodasini aks ettiradi. Ta'lim jarayonidagi o'zaro hamkorlik faoliyatimizning tashqi ifodasi sifatida uning tashkiliy shakli (ta'lim oluvchilar soniga ko'ra) muhim hisoblanadi. Ta'lim shakllariini quyidagicha ifodalash mumkin (1-chizma): Diplom loyihasini baholash me'zonlari Reyting nizomiga asosan diplom loyihasi uchun maksimal ball 100 deb olinadi diplom loyiha mavzusini dolzarbligi, tushuntiruv yozuvining davlat ta'lim standarti talablariga mosligi, grafik qismini standart talablariga muvofiqligi, rahbar va taqrizchining fikrnomasi hamda talabaning himoyadagi javoblarini hisobga olib, ixtisoslik yo'nalishi va metodikadan bajarilgan diplom loyihasini baholashda ballarni quyidagicha baholash maqsadga muvofikdir: - diplom ishning mazmuni, ilmiylik va ijodkorlik, fikrlarni yoritishdagi izchillik va ravonlik uchun 50 ball. Bunda ilmiy rahbar va taqrizchilarning fikrlari hisobga olinadi; - diplom ishning yozilishi va muqovalanishi, talabaning imlo va uslubiy savodligi uchun 10 ball; -grafik qismining standart talablariga muvofiqligi uchun 20 ball; -diplom ishining himoyasi uchun 20 ball. Talaba berilgan mavzuga oid topshiriqlarni mohiyatiga tushunib, mazmuni ixtisoslik yo'nalishi bo'yicha davlat standartida va namunaviy o'quv dasturida ko'rsatilgan fanlarning asosiy tayanch tushuncha va iboralariga bog'lab, aniq, lo'nda, izchil va ilmiy yoritishga erishsa, mavzu yuzasidan ijodiy yoki metodik yangilik kiritsa, nazariy fikrlarni dalillar asosida izohlagan bo'lsa, ishda imlo, uslubiy, texnik nuqsonlar bo'lmasa yoki bunday nuqsonlar bir-ikkitadan oshmasa, umuman olganda diplom ishga qo'yilgan talablarga to'la javob bersa, talaba 86-100 ball bilan a'lo baholanadi. Talaba berilgan mavzu mohiyatini atroflicha yoritishga erishsa, uni yo'nalish bo'yicha davlat standartida, namunaviy o'quv dasturida ko'rsatilgan fanlarning asosiy tayanch tushuncha va iboralariga bog'lashga harakat qilgan bo'lsa, ishda imlo, uslubiy, texnik nuqsonlar 2-4 tadan oshmasa, ishni yoritishda mantiqiy yaxlitlikka erishgan bo'lsa, malakaviy ish 71-85 ball bilan yaxshi baholanadi. Talaba berilgan mavzu mohiyatini yuzaki va qisman ochib bergan bo'lsa, ishni mazmunidan mavzuga oid davlat standartida ko'rsatilgan fanlarning asosiy tayanch tushuncha va iboralari haqida chuqur bilimga ega emasligi sezilsa, bayon mantiqiy yaxlitlikka erishmagan bo'lsa, malakaviy ish 55-70 ball bilan qoniqarli baholanadi. Diplom loyihasini rasmiylashtirishga qo'yiladigan talablar Diplom loyihasi tushuntirish xatining yozilishi, muqovalanishi va grafik qismining bajarilishi konstruktorlik xujatlari talablariga javob berishi kerak. San'at yo'nalishida bajariladigan diplom loyihasiga qo'yiladigan talablar tanlangan mavzuga qarab mutaxassis o'qituvchilari tomonidan kafedraning qarori bilan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.58 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.58 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:58 ]
Arxiv ichida: doc