Diplomatik etiket. Diplomatik etiketda kiyinish madaniyati va qoidalari

Diplomatik etiket. Diplomatik etiketda kiyinish madaniyati va qoidalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Diplomatik etiket. Diplomatik etiketda kiyinish madaniyati va qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Diplomatik etiket. Diplomatik etiketda qiyinish madaniyati va qoidalari Reja: Diplomatik etiket Kiyim va mehmonning tashqi ko'rinishi Stol atrofida o'zini tutish etiketi Rasmiy qabullar Hay'atlar (delegatsiyalar) tashrifi Diplomatik yozishmalarni olib borish Tashrifnomalar (vizit kartochkalari) Diplomatik protokol Diplomatik etiketda qiyinish madaniyati hamda qoidalari Diplomatik martaba «Etiket» (odob-axdoq qoidalari) fransuzcha so'z bo'lib, u yoki bu jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor shakli, ehtirom ko'rsatish, va o'zini tuta bilish qoidalari majmuasi degan ma'noni bildiradi. Etiket umumqabul qilingan shaxslararo muomala shakllarini - stol atrofida o'zini tuta bilish, suhbat olib borish, sovg'alar taqdim etish san'ati va boshqa ko'pgina xulq-atvor normalarini o'z ichiga qamrab oladi. Etiketning bir necha turi mavjud, ular: saroy etiketi, diplomatik etiket, harbiy va umumfuqaro etiketi. Diplomatik etiket - bu diplomatlar va boshqa rasmiy shaxslarning bir-biri bilan diplomatik tadbirlarda bo'ladigan muloqotlari chog'ida amal qiladigan yaxshi xulq qoidalari. Diplomatik etiket shakllanish jarayonida umumiy etiket qoidalariga tayanadi, shu bilan birga, diplomatik normalar va qoidalar biznes etiketi amaliyotida va umumiy etiket qoidalarida o'z aksini topadi. Ushbu qoidalarning buzilishiga yo'l qo'yish mumkin emas, oddiy takallufning munosabatlarda qo'llanmasligi diplomatik etiketda hurmatsizlikka tenglashtiriladi va xalqaro va millatlararo ziddiyatlarni keltirib chiqarishga qodir. Etiket qoidalarining, hamda ayniqsa, diplomatlar tomonidan rioya qilinishiga katta e'tibor qaratiladi, chunki bu qoidalarning buzilishi yoki bajarilmasligi mamlakat yoki uning rasmiy vakillari nufuziga putur yetkazishi va buning natijasida mamlakatlar o'rtasidagi aloqalarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Diplomatik etiket turli-tuman. U o'z ichiga uchrashuvlar, o'zaro salom almashish, tabrik yo'llash, qabul marosimlarini o'tkazish, tashriflarni amalga oshirish, suhbat va muzoqaralar olib borish etiketi va diplomatik marosimni qamrab oladi. Diplomatiya - bu o'zaro kelishuvlar, bitim va konvensiyalar tuzish san'atidir. Ushbu natijalarga uchrashuvlarning muvaffaqiyatli yakunida erishiladi. Diplomatik uchrashuvlar o'zining belgilangan reglamenti, etiketi va ko'pincha, o'z protokoli bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi shundaki, diplomatik uchrashuvlar qatnashchilari diplomatiya kabi nozik faoliyatning asosini tashkil etuvchi subordinatsiya qoidalari va professional cheklanishlarga qat'i rioya qiladilar. Uchrashuvlar o'zaro salom almashish bilan boshlanadi. Salomlashish turlari har xil bo'ladi. Xorijiy mamlakatlarda uzoq safarda bo'lgan kishi bu mamlakatning milliy udum va qonun-qoidalarini o'z mamlakati urf-odatlari bilan taqqoslaydi. Misol uchun shuni ta'kidlash lozimki, musulmonlar uchun Shariat qonunlariga binoan ayol va erkak kishining qo'llari, agar ular qarindosh bo'lmasa, hatto bir-biriga tegib ketishi ham qat'iyan man etiladi. Biror-bir kishi sharafiga qabul marosimini tashkil etayotgan paytda yoki uni mehmonga taklif etayotgan hollarda, mehmon qaysi dinga e'tiqod qilishini bilish zarur. Islom dini qoidalariga ko'ra spirtli ichimliklar iste'mol qilish qat'iyan man etiladi. Hindulik dini qoidalariga asosan esa taomlarda zinhor mol go'shti ishlatilmaydi. Diplomatik salom almashish qoidalari umum qabul qilingan salom almashish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.33 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.33 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga