Dislaliya nutq buzilishi va uni korreksiyalash

Dislaliya nutq buzilishi va uni korreksiyalash

O'quvchilarga / Pedagogika
Dislaliya nutq buzilishi va uni korreksiyalash - rasmi

Material tavsifi

REJA: Dislaliya haqida tushuncha. Mexanik dislaliya. Funksional dislaliya. Dislaliya turlari. Tayanch so'zlar: (Mexanik dislaliya, Funksional dislaliya, Progeniya,Ochiq prikus, Prognatiya, Sigmatizm, Rotatsizm, Lambdatsizm, Monomorf dislaliya) Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga ko'ra tildagi fonemalar ikkiga bo'linadi: unli fonemalar va undosh fonemalar. Unli fonemalar un naychalarining tebranishi bilan paydo bo'ladi. Unli tovushlarni talaffuz qilganimizda o'pkadan chiqadigan havo oqimi og'iz bo'shlig'ida biror duch kelmasdan chiqadi. Undosh tovushlar unli tovushlardan quyidagicha farq qiladi: undoshlar og'iz bo'shlig'ida paydo bo'ladi va shovqindan iborat bo'ladi yoki ularda qisman shovqin qatnashadi: undoshlarning talaffuz o'zida o'pkadan chiqadigan havo oqimi bo'g'izdagi un naychalarini ba'zan titratib, ba'zan titratmay o'tadi: og'iz bo'shlig'idagi a'zolarning to'sig'iga duch keladi. Buning natijasida havo oqimi portlab yoki sirg'alib chiqadi. Kishilar o'rtasida muomalaning asosiy vositasi nutq hisoblanadi. Inson nutq yordamida o'z fikrini, his-tuyg'ularini izxor qiladi hamda boshqalarning hissiyotlarini bilib oladi. Demak, nutq faoliyati aloqa o'rnatish vositasidir. Inson nutqi tovushlari muayyan ahamiyatga egadir. 4-5 yoshli bolalarning ko'pchiligida tovushlar talaffuzi til normadagiga yaqinlashgan bo'ladi. Ayrim bolalar tovushlarni buzib talaffuz etadilar. Ular bir tovushni ikkinchi tovushdan farq kila olmaydilar, ayrim tovushlarni talaffuz o'zda qo'llay olmaydilar yoki nutqda boshqa tovushlarga almashtiradilar. Bu holatlar dislaliya termini bilan ataluvchi nutq buzilishlarini yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Dislaliya termini grekcha so'zdan olingan bo'lib, DIS-buzilish, LALIA - nutq degan ma'noni anglatadi. Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko'p tarqalgan kamchilikdir. hozirgi vaqtda dislaliya nutq apparatining inersiyasi saqlangan va eshitish normada bo'lganda tovushlar talaffuzuzidagi kamchilik deb talqin etiladi. Etiologik belgilarga ko'ra dislaliya 2 turga bo'linadi: mexanik va funksional dislaliya. Mexanik dislaliya pereferik nutq apparatining organik buzilishi natijasidir. Til tagidagi etning kaltaligi mexanik dislaliyaga sabab bo'ladi. Bu kamchilik til harakatini qiyinlashtiradi, til tagidagi etning xaddan tashqari kalta bo'lishi tilning yuqori tomon ko'tarilishiga im qon bermaydi. Bundan tashqari tilning xaddan tashqari kichik va tor bo'lishi ham dislaliyaga olib keladi. Bunday xollarda to'g'ri artikulyatsiya qiyinlashadi. Jag' tuzilishidagi kamchiliklar prikus nonormalliklarga olib keladi. Nonormal prikuslar bir necha xil ko'rinishda bo'ladi. Prognatiya-yuqori jag' oldingi tomoni chiqqan bo'ladi. Buning natijasida pastki oldingi tishlar yuqoridagi oldingi tishlar bilan birlashmaydi. Progeniya-pastki jag' oldinga chikkan bo'ladi. ochiq prikus- yuqori va pastki jag'lar birlashganda ular orasida oralik masofa koladi. Yoki ochiq prikus o'ng tomonli, chap tomonli va ikki tomnli bo'lishi mumkin. Tishlarning noto'g'ri tuzilishi ham dislaliyaga sabab bo'ladi. Tanglayning noto'g'ri tuzilishi ham tovushlarning to'g'ri talaffuzuziga xalaqit beradi. Tor, baland, past, yassi tanglay ko'pchilik tovushlarning to'g'ri artikulyatsiyasiga imkon bermaydi. Lablaring kalinligi, ingichka va kam harakatchanligi ham lab va lab-tish tovushlarini aniq talaffuz o'ziga xalal beradi. Funksional dislaliyada pereferik nutq apparatining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.07 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.07 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga