Dizartriya nutq buzilishi va uni korreksiyalash

Dizartriya nutq buzilishi va uni korreksiyalash

O'quvchilarga / Pedagogika
Dizartriya nutq buzilishi va uni korreksiyalash - rasmi

Material tavsifi

RYeJA: 1. Dizartriyaning kelib chiqish sabablari. 2. Dizartriyaning shakllari. 3. Korreksion ishlarning asosiy yo'nalishlari. Tayanch iboralar: (Dizartriya Anaortriya Bulbar dezartriya Qobiq dezartriyasi) Dizartriya nutq aparati intervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomonidan buzilishidir. Dizartriya grekcha so'zidan olingan bo'lib, bo'lak, biriktirish degan manoni bildiradi. Dizartriya bu markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi hisoblanadi. Dizartriyada nutq a'zolarining kam harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulyatiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning surati, ritmi va ifodaliligida o'zgarishlar kuzatiladi. Dizartiriyaning og'ir shaklida nutq butunlay tushunarsiz bo'ladi. Bunday xol anartriya deb ataladi. Dizartriya quyidagi sabablarga ko'ra namoyon bo'ladi: Bosh miyaning yallig'lanishi. Miyada qon aylanishining buzilishi. Bosh miya shikastlanishlari. Dizartriya bolalar tserebral paralichining bir belgisi hisoblanadi. Artikuliatsion muskullar tonusining o'zgarishi natijasida artikulatsion motorikaning buzilishi, ixtiyoriy harakatlarning chegaralanganligi, kordinatining buzilishi, til, labda giperkinezlar, nafas, ovoz buzilishlari, shuningdek nutqning surati, ravonligi, ifodaliligining buzilishi, jumlalar shakllanishining noaniqligi, ohirgi jumlagacha gapirmaslik, pauzaning buzilishi, tovushlarni so'zlarni nutqda tashlab ketish xollari dizartriya uchun xarakterlidir. Dizartriyada ovoz past yoki baland, monoton, xirillagan bo'ladi. Dizartriyada nutqning leksik-gramatik tomonining buzilishi asosiy buzilish hisoblanmaydi. Bunda nutqning tovush tomonidan buzilishi yetakchi o'rin tutadi. Dizartriya shakllari bo'yicha quyidagicha tasnif qilinadi: Bulbar dizartriya Psefdobulbardizartriya Qobiq dizartriyasi Qobiq osti dizartriyasi Miyachali dizartriya Bulbar dizartriya: Bu o'zunchoq miyada joylashgan til-xalqum, adashgan, qqshimcha nerv, til osti juft nervlarining yadrolari va ildizchalarining zararlanishi natijasidir. Bulbar dizartriyada ovoz pardalari falajlanganligi uchun ovoz chiqarish mumkin btslmay qoladi yoki ovoz btsxilib chiqadi. Falajlanish natijasida traxeyaga boruvchi ytsl maxkam berkilmaydi, buning natijasida ovqat traxeyaga ketib qolishi mumkin. Bulbar dizartriyada falajlanish bir tomonlama bo'ladi, bola nutqda jarangli tovushlarni qtsllay olmaydi. Shuningdek boshqa ko'pgina tovushlarni buzib talaffuz qilish xollari ham kuzatiladi. Psevdobulbar dizartriya: Dizartriyaning bu fomasi olimlar tomonidan eng ko'p o'rganilgan bo'lib hayotda ko'proq uchrab turadigan nuqson hisoblanadi. psevdobulbar dizartriya bolaning ilk yoshlik davrida, tug'ruq vaqtida yoki homilalik davrida turli bosh miya kasalliklari-mikroensifalit, miya shishlari hamda miya jarohatlari sababli bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasidir. Psevdobulbar dizartriyada bulbar dizartriyaning ko'pgina belgilari paydo bo'ladi. Bulbar dizartriyada o'zunchoq miyada joylashgan juft nervlarning yadrolari va ildizchalari jarohatlangan bo'lsa, psevdobulbar dizartriyada ana shu juft nervlar markaziy nevronlarining o'tkazuvchi yo'llari jarohatlangan bo'ladi. Bulbar dizartriyada jarohatlanish bir tomonlama bo'lsa, psevdobulbar dizartriyada jarohatlanish ikki tomonlama bo'ladi, shuning uchun buni psevdobulbar falaj deyiladi. Bunda yumshoq tanglay har ikki tomonda osilib turadi. Psevdobulbar falajda bolada umumiy va nutqiy motorika buziladi. Bola yomon emadi, entikadi va yomon yutadi. Og'izlaridan doimo so'lak ajralib turadi, yuz muskullari harakati ham buzilgan bo'ladi. Bolada nafas olish jarayoni buzilib, ovozlari monoton bo'ladi. Psevdobulbar dizartriya shakli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.82 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.82 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga