DjigSo (Mozayka)

DjigSo (Mozayka)

O'quvchilarga / Pedagogika
DjigSo (Mozayka) - rasmi

Material tavsifi

DjigSo (Mozaika) Bu topshiriqda turli guruhlarda bir matnning turli qismlari beriladi. Ular tegishli ma'lumot qismlari bilan bir-birlari bilan o'rtoqlashib, matnning umumiy mazmunini birgalikda chiqaradilar. Piramida Bu topshiriqda malum bir masala avval yakka holda, keyin juftliklarda, keyin kichik guruhlarda va so'ngra butun sinf bilan muhokama qilinadi. Suqrot texnikasi ma'ruzalarda tez-tez ishlatiladigan metod unda o'qituvchi ta'lim oluvchilarni savol-javoblar orqali mo'ljallangan maqsad sari etaklaydi. Pinbord (inglizchadan: pin-mustahkamlash; board-doska) Bu o'qitish uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o'quv suhbati amaliy metod bilan bog'lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari - rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: ta'lim oluvchilarda muloqat yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o'z fikrini faqat og'zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko'nikmasi rivojlanadi. Sinkveyn (axborotni yig'ish). O'rganilayotgan materialni to'laqon va puxta anglash uchun qo'llanialdigan interfaol metodlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Sinkveyn tuzish - murakkab g'oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so'zlar bilan ifodalash uchun muhim bo'lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni puxtaroq anglashga yordam berish bilan birga, ta'lim oluvchilarning kritik fikrlash qobiliyatini yuqori darajada rivojlantiradi. Sinkveyn tuzish qoidasi: Birinchi qatorda mavzu (topshiriq) bir so'z, odatda ot bilan ifodalanadi (kim?, nima?). Ikkinchi qatorga mavzuga oid ikkita sifat yoziladi (qanday?, qanaqa?). Uchinchi qatorda mavzu doirasidagi xatti - harakat (funksiyasi - vazifasini anglatuvchi) uchta so'z (fel) bilan ifodalanadi. To'rtinchi qatorga mavzuga nisbatan tasavvur (assotsiatsiya)ni anglatuvchi va to'rtta so'zdan iborat bo'lgan fikr (sezgi) yoziladi. Oxirigi mavzuga mohiyatini takrorlaydigan, manosi unga o'xshash bo'lgan bitta so'z (sinonim) yoziladi. Kubik Bu metod ko'rilayotgan masalani turli tomondan, qadamba - qadam, osondan qiyinga tomon yo'nalishda tasavvur etish imkoniyatini beradi. Kubiuning har bir tomoni muayyan topshiriqni ifodalaydi: Bu nima? Ko'rayotgan narsani rangi, o'lchamlari, shaklini tasavvur eting, eslang va yozma ravishda ta'riflang? Taqqoslang: u nimaga o'xshaydi, nimadan farq qiladi?. Assotsiatsiya. Tasurotingizni izohlang? U sizni nima to'g'risida o'ylashga majbur qiladi? Xayolingizga nima keladi?. Tahlil qiling. Bu nimadan va qanday yasalgan?, qanday qismlardan tuzilgan?, nimalardan tashkil topgan? Qo'llang. Bu nimaga yaraydi? Uni qaerda qo'llash mumkin? ha va yo'q larni asoslang. Bunda ishonchli dalillar va asoslovchi fikrlarni ayting. Portfolio - inglizcha so'z bo'lib, portfel yoki portfellar to'plami degan manoni anglatadi. Portfolioning bir necha turlari mavjud bo'lib, o'quv jarayonidagi portfolio muayyan fandan har bir ta'lim oluvchi uchun kurs, semestr davomida yuritiladi.unda ta'lim oluvchilarning baholash turlari - joriy, oraliq va mustaqil ishlari bo'yicha bajargan topshiriqlari va ularga o'z vaqtida qo'yilgan o'zlashtirish ballari jamlab boriladi. Venn diagrammasi Bu inter faol metod ikki yoki undan ortiq tushunchalarning o'ziga xos va umumiy jihatlarini tahlil qilish va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 86.69 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 86.69 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga