Doim biror rasmiy maqsadga yoki bir vaqtda ham rasmiy ham moddiy maqsad sari intil

Doim biror rasmiy maqsadga yoki bir vaqtda ham rasmiy ham moddiy maqsad sari intil

O'quvchilarga / Pedagogika
Doim biror rasmiy maqsadga yoki bir vaqtda ham rasmiy ham moddiy maqsad sari intil - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. O'quvchi hali o'zlashtira olmaydigan narsani hech qachon o'rgatma! 2. O'quvchilar o'rganganini unutmasligini g'amini yeb bor! 3. Yuqoridagi kabi shunday hollar borki, bunda yodlatish, tarbiyalash va ta'lim berish emas, balki insoniylik, fuqarolik va milliylikning umumiy asoslarini yaratish kerak! 4. O'quvchini ishlashga, ishni sevishga, ish bilan bir tanu bir jon bo'lishga o'rgat, toki u o'zini ishsiz tasavvur qila olmasin! 5. O'z o'quvchilaringni alohida xususiyatlarini hisobga ol! Bu prinsiplar bir-biriga juda yaqin, o'zaro bog'liq. Shuning uchun ularni qo'shib o'rganamiz. Ularni to'g'riligini isbotlash uchun qisqacha tushuntirish yetarli. Ta'limda ikki tendensiyani ko'rsatish mumkin: birinchisi fanlar bo'yicha bilim berish, ko'nikma hosil qilish bo'lsa, ikkinchisi ta'lim orqali bor bilimni rivojlantirish, bolaga kuch-quvvat berish. Bularning birida moddiy maqsad, ikkinchisida formal maqsad nazarda tutiladi. Ko'pincha ikki maqsadni birlashtirishga harakat qilinadi, chunki ular bir-biriga qarama-qarshi emas. Aksincha, biror predmetni o'rgatish usuli o'quvchining fikr yuritish qobiliyatini qanchalik uyg'otsa, u predmetni shunchalik g'ayrat bilan o'rganadi. Ammo baribir bittasi muhimroq, yuqoriroq bo'lib qoladi, ana o'shanisi hukmron bo'lishi kerak. O'smirlarga ta'lim berishda ko'proq ikkinchi maqsad hukmron bo'ladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchi katta hajmdagi bilimga hali muhtoj emas. Ammo shug'ullanganlik, imkon qadar fikr yuritish qobiliyatini va nutqni rivojlantirish, diqqat e'tiborda erkinlik, onglilik yordamida yangi predmetni o'zlashtirish va tadqiq qilish, olgan bilimini yaxshilik yo'lida foyda keltirishga sarflash, kelajak hayotda katta foyda beradi. Ammo, bu moddiy maqsad ortga qo'yilganligini bildirmaydi. Hamma vaqt ham bitta moddiy maqsadni hisobga olish yaramaydi. O'quvchi qancha yosh bo'lsa, unga kuch-quvvat berish uchun shuncha ko'p harakat qilish kerak. O'quvchi qancha katta bo'lsa, unga borgan sari o'ziga loyiq qiyinroq topshiriqlar berish kerak, chunki u ancha kuchga to'lgan, qo'yilgan masalani hal qilishiga ishonsa bo'ladi. Agar yosh bolaga qiyin topshiriqlar berilsa, u bola hali bunday narsani qabul qila olmaydi. Shuning uchun barcha boshlang'ich maktablarda formal maqsad qo'yiladi, yuqori tipdagi o'quv yurtlarida moddiy maqsad qo'yiladi, chunki undagi o'quvchilar elementar ta'lim pog'onasdan o'tib, kuch-quvvatga ega bo'ladilar. Rivojlantiruvchi maqsadni hech qachon unutmaslik kerak. Har qaysi o'quv predmeti universitetda ham predmet sifatida o'rganilishi kerak, faqat Akademiyada (ilmiy-tadqiqot institutlarida) predmetni noma'lum sirlarni ochishga intilish kerak. Aqliy ta'lim jarayonini uzun bir masofa deb qarasak, uning boshida boshlang'ich sinf o'qituvchisi tursa, oxirida akademik turadi. Ammo ta'limning barcha bosqichida faoliyatga undaydigan, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi ta'lim talab qilinadi. Tarbiyalovchi ta'lim deganimizda ahlokiy (estetik) ta'limni nazarda tutamiz, axloq- maktabning oliy maqsadidir. Ta'lim davrida bu maqsadga qanday erishish mumkinligini tushunish uchun axloq va ta'lim tushunchalari ma'nosini ochib berish kerak. Ammo biz isxonamizki, ularninig mazmunini tushunish uncha qiyin emas. Formal ta'lim borliqqa asoslanmagan. Har bir ta'lim biror bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.81 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.81 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga