Do'stlik Ezgu xulq do'stlikni, Yomon xulq dushmanlikni keltiradi. Do'stlik - inson axloqining bebaho go'zalligi, ijobiy fazilatlar gavhari. Insondagi barcha go'zal fazilatlar bir marvarid shodasi bo'lsa, uning dur-gavhari chin insoniy muhabbatga asoslangan do'stlikdir, Do'stlik tufayli xonadonimiz obod, dunyoda tinchlik va dasturxonimizda to'kinlik hukmron. Shuning uchun ham dono kishilar hamma jamiyatda ham do'stlikni ulug'lab, qadrlab kelganlar va odamlarni do'st bo'lib yashashga, ko'proq do'st orttirishga undaganlar. Payg'ambarimiz Muhammad mustafo sallollohu alayhi vassalam hadislaridan birida: «Bir-biringizga hayr-ehsonli, mehr-muhabbatli bo'lib, qo'l berib so'rashib yuringlar, shunda dillaringizdagi g'illu g'amlik ketadi»,- deganlar. Do'stlik insonning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qo'shadigan, kishini baxtli qiladigan, hayotini bezaydigan eng muhim omillardandir. Xalqimiz o'rtasida do'stlik munosabatlariga bag'ishlab juda ko'p hikmatlm so'zlar yaratilganki, ular orqali do'stlikning kishi hayotida tutgan o'rni ifoda etilgan. Jumladan: «Qora kuningda do'sting yaraydi». «Do'st achitib, dushman kuldirib gapirar». «Qoqilganingda do'sting suyab qoladi». «O'zini siylamagan, o'rtoqlarini ham siylamas». «O'zingni qurbon qilib bo'lsa ham, o'rtoqlaringni saqlab qol». «Kuning quvnoq o'tishini istasang, o'rtoqlaring bilan bo'l». «Ulfat qancha ko'p bo'lsa, kulfat shuncha oz bo'ladi». «Aqli ko'pni dov olmas, do'sti ko'pni yov olmas». «Yaxshilar bo'lsa o'rtoq, kunda bo'lurlar qo'noq». «Chin do'st chin yurakdan so'zlaydi». «Arpa, bug'doy bir kuninga yaraydi, sodiq do'sting o'lguningcha yaraydi». «Qalin o'rtoq - qarindoshdan ortiq». «Yaxshi do'st davlat». «Yaxshi libos - tanga oroyish, yaxshi yo'ldosh jonga osoyish». Bu purma'no hikmatli so'zlarda el-ulusning bir umrli orzu-umidlari yashaydi. Mazkur hikmatli so'zlarda do'stlik va o'rtoqlikka xos bo'lgan eng yaxshi xislatlar ifodalanganki, biz o'z hayotimizda ularga har qadamda duch kelib turamiz. Do'stlik-birodarlikning eng yaxshi xislatlaridan biri kishilarga mehr-shafqatli bo'lishni anglatadi. Masalan, bir sinfda o'qiydigan o'rtoqlarimizdan biri betob bo'lib qoldi yoki xonadonida biror ko'ngilsizlik ro'y berdi deylik, shunday paytda darhol hol-ahvol so'rab, dardiga malham bo'la olsak, nur ustiga a'lo nur bo'ladi. Buning natijasida kishilar o'rtasida yaqinliq mehr-oqibat ortib boradi. Do'stlikka xos bo'lgan yana bir xislat o'zaro yordam hisoblanadi. Biz o'qishda, mehnatda, jamoat ishlarida o'rtoqlarimizdan yordamimizni ayamasligimiz kerak. Do'stlik, o'rtoqlik rishtalarining bog'lanishi va mstahkamlanishini ta'minlovchi birmuncha xislatlar bor. Jumladan, rostgo'ylik, bir-birini o'zaro hurmat qilish va sirdosh bo'lish, o'rtoqlarga doimo g'amxo'r bo'lish kabilarni o'z vaqtida amalga oshirib borsak, bizning o'rtoqligimiz ortib, haqiqiy do'stlik darajasiga ko'tarila oladi, shuning uchun ham do'stlik o'rtoqlikning oliy shaklidir, deb yuritiladi, chunki do'stlik avvalo o'rtoqlikdan boshlanadi. Kishi o'z o'rtoqlaridan birini boshqalardan ortikroq sevadi. Uni boshqalardan ko'proq hurmat qiladi, unga nisbatan o'z moyilligini amalda ko'rsatishga tirishadi. Ikkinchi tomon ham bu hurmatga hurmat bilan javob berishi ayni muddao bo'ladi. Do'stlar doimo bir-birlaridan maslahat oladilar, bir-birlarnga muntazam yordamlashib turadilar, moddiy va ma'naviy jihatdan bir-birlarini qo'llab-qo'vvatlaydilar. Shunday qilib, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.05 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.05 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:58 ]
Arxiv ichida: doc