DTS ta'limni rejalashtirish va uni loyihalashtirishning yangi shakli sifatida. Ta'lim tо'g'risida, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Qonunlarining qabul qilinishi mamlakatimiz salohiyatining beqiyos rivojlanishi uchun ulkan omildir. Rivojlangan mamlakatlarda kasb ta'limi (shu jumladan oliy ta'lim)ning bosh maqsadi - raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va barcha toifadagi malakali xodimlarni tayyorlash orqali raqobatbardosh xizmat kо'rsatishdan iborat. Uzluksiz ta'limni tashkil etishda uning jahon talablari darajasida bо'lishi hamda u yuksak ma'naviyat zaminida qurilishiga katta ahamiyat berish kerakligi, davlat ta'lim standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish muhimligi ustuvor soha sifatida kо'rib chiqilganligi bejiz emas. Ta'limda davlat standarti nima? Ta'limni standartlashtirish insoniyatning ijtimoiy ongida rо'y bergan tub о'zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bо'lgan davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish ehtiyoji paydo bо'ldi. Bu holat ta'lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi. Standart -ta'limda yaratilgan meyoriy reja, dastur, darsliklarni о'zlashtirish ekvivalenti, ya'ni ta'lim mazmunini о'zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda talabani haddan tashqari zо'riqtirib yubormaslik talablariga riya qilish, ya'ni u о'quvchi yoshiga mos, uni bajarishga qurbi yetadigan darajada bо'lishi kerak. Albatta, ta'lim oluvchining qiziqishi, xohishi, ehtiyoji hisobga olinishi lozim. Davlat va jamiyat ta'lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qо'yayotgan ekan, о'sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bо'lgan ijtimoiy sifatlarning minimal chegarasini ham kо'rsatib berishi tabiiydir. Ta'lim oluvchilar egallashi lozim bо'lgan bilim, kо'nikma va ma'naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat - davlat ta'lim standarti hisoblanadi. Bundan kо'rinib turibdiki, DTS nazorat vositasi, ayni vaqtda, ta'lim muassasalarida kо'zlangan kо'rsatkichlarni qо'lga kiritish uchun zarur bо'lgan sharoitni belgilash о'lchovi hamdir. Davlat ta'lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta'kidlab qо'rsatish mumkin. Bunday standartlar о'quvchilarga beriladigan ta'lim mazmunining majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qо'yiladigan talablar majmuasini belgilab beradi. Ta'lim mazmunining majburiy minimumi о'quv dasturlari va darsliklarda tо'liq о'z ifodasini topishi shart. Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga kо'ra о'quvchi muayyan bosqichda egallashi shart bо'lgan bilim, kо'nikma va malakalarining minimal miqdori belgilanadi. О'zbekistonda raqobatbardosh iqtisodiyotni tashkil etish masalani yechishda Kadrlar milliy modeli asos bо'lib, hisoblanadi. U quyidagilarni о'z ichiga oladi: Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining asosiy subyekti va obyekti, ta'lim xizmatini talab etuvchi hamda amalga oshiruvchi; Davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyati kо'rsatishini nazorat qilish hamda ish olib borishining boshqarishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularga talabgorlik kafolati; Uzluksiz ta'lim - о'z tarkibiga barcha ta'lim turini, davlat ta'lim standartlarini, faoliyat kо'rsatish tuzilmasi va muhitini olgan malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosi; Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.68 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.68 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:58 ]
Arxiv ichida: doc