Duduqlanish va uni korreksiyalash metodlari

Duduqlanish va uni korreksiyalash metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Duduqlanish va uni korreksiyalash metodlari - rasmi

Material tavsifi

REJA: 1. Duduqlanishning kelib chiqish sabablari. 2. Duduqlanishning alomatlari. 3. Duduqlanishni korreksiyalash. Tayanch so'zlar: (Fiziologik va ruhiy buzilishlar. Nevropatik kasallanishlar. Konsitutsion moyillik Asfensiya. ruhiy siqilish. Emotsional harakatlar.) Duduqlanish bu nutq apparati muskullarining tortishishi natijasida nutqning sur'at oxangining buzilishidir. Duduqlanish sabablari hozirgi vaqtda 2 guruhga bo'linadi: moyillik sababi va keltirib chiqaruvchi sabablardir. Moyillik sababiga quyidagilar kiradi: -ota-onalarning nevropatik kasallanishi. -duduqlanuvchining o'zidagi nevropatik xususiyatlar. -nasliy buzilish. -bosh miyaning turli davrlardagi rivojlanishida, ko'plab salbiy omillar ta'sirida shikastlanishi. Keltirib chiqaruvchi sabablar guruhida anatomik-fiziologik ruhiy va sotsial sabablarni ajratib ko'rsatishimiz mumkin. Anatomik-fiziologik sabablar: ensefamitik oqibatlari bo'lgan jismoniy kasalliklar, jarohatlar, miyaning organik buzilishi, zaharlanishi va markaziy nutq apparatini zaiflashtiruvchi boshqa kasalliklar natijasida nerv sistemasining tamoman izdan chiqishi yoki o'ta charchashi, qizamiq, terlama, gijjalar, burun, halqum, xiqqildoq kasalliklari, dislaliya, dizartriyaning va nutq to'liq rivojlanmaganligi xollaridagi tovush talaffuzi apparatining mukammal rivojlanmaganligi. ruhiy va sotsial sabablar: qisqa muddatli bir laxzalik ruhiy shikast, o'zoq vaqt ta'sir ko'rsatadigan ruhiy shikast, surunkali ziddiyatli kechinmalar, ruhiy zo'riqish yoki xal etilmagan, umumiy g'ov bo'luvchi ziddiyatli vaziyatlar ko'rinishidagi o'zoq muddatli salbiy hissiyotlar, ruxan juda og'ir ezilish, o'tkir samarasiz ta'sirni keltirib chiqaradigan kuchli, bexosdan paydo bo'ladigan iztiroblar, vaximalik va o'ta shodlanish holati, nutqning bolalikda noto'g'ri shakllanishi, kichik yoshdagi bolani xaddan ortiq nutq materiallari bilan tanishtirish, zo'riqtirish, poliglossiya, erta yoshda birdaniga qandaydir turli xil tillarni bilish odatda qandaydir bir tildagi duduqlanishni keltirib chiqaradi. Duduqlanuvchilarga taqlid qilish, bunday ruhiy induksiya ikkita shaklga ajraladi: sust-bola duduqlanadigan kishining nutqini tinglab beixtiyor duduqlana boshlaydi, u faol duduq kishiga taqlid qiladi, chapaqaylikdan o'naqaylikka o'rgatish. Doimo eslatish, tartibga chaqirish bolaning oliy nerv faoliyatini izdan chiqarish va duduqlanishni keltirib chiqarish bilan birga nevratik va psixopatik holatlarga olib kelishi mumkin; o'qituvchiining bolaga noto'g'ri munosabatda bo'lishi, xaddan ortiq qattiqqo'llik, shafqatsizlik duduqlanishning yuzaga kelishi uchun turtki bo'lib xizmat qilishi mumkin. hozirgi davrda duduqlanishning alomatlarini bir-biriga o'zaro yaqin bo'lgan ikkita guruhi ajratiladi; biologik (fiziologik) va sotsial (psixologik). Fiziologik alomatlariga ko'ra nutqning hosil bo'lishida ishtirok etuvchi a'zolarining tortishishi, markaziy nerv sistemasi va jismoniy salomatligining, umumiy va nutq harakatlarining buzilishi kiradi. Psixik alomatlarga nutqda tutulish va his-xayajonli nutqning boshqa buzilishlari nutqda qayd qilish fenomeni, logofobiyalar, nayrang ishlatish va boshqa ruhiy jihatlar kiradi. Nutq akti jarayonidagi muskul tortishish 3 xil bo'ladi; klonik, tonik va aralash. Duduqlanish tutib qolishining beqaror tezligini o'rganish to'g'ri nutqning saqlanib qolgan nutq faoliyatidagi va nutq vaziyatidagi turli darajali murakkabliklariga bog'liq ravishdagi ko'rsatkichlarini belgilash to'g'risidagi tushunchalarni asoslash uchun imkoniyat yaratadi. Saqlangan nutq darajasini aniqlash logopedik ishning har bir bosqichidagi asosiy tuzatish vazifalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Duduqlanishning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.3 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.3 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga