Ekologik fojialar va qiyomat alomatlari

Ekologik fojialar va qiyomat alomatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ekologik fojialar va qiyomat alomatlari - rasmi

Material tavsifi

Ekologik fojialar va qiyomat alomatlari REJA: Ozon qavati tuynugining yupqalanishi. O'simlik va hayvonlarning kamayishi Mintaqaviy muammolar Ichimlik suv muammosi. Cho'llanish muammosi. Tabiat vujudga kelgandan beri u o'simlik va hayvonlar bilan boy bo'ldi. Organizmlar orasidagi munosabatlar oddiydan murakkabga, ayniqsa, tabiat bilan insonning munosabati kundan kunga mustahkamlanib bordi. Har bir jamiyat taraqqiyotining siyosiy davri tabiatga alohida ta'sir ko'rsatdi: Ibtidoiy davrda odamlar o'sha zamonda oddiy mehnat quroli sifatida tosh va olovni ishlatdilar. Feodalizm davrida insoniyatning tabiatga nisbatan ta'siri qadimiy zamonga qaraganda kuchliroq bo'ldi. Kapitalistik jamiyatda fan-texnika, qishloq xo'jaligi, transportning rivojlanishi, zavod va fabrikalarning paydo bo'lishi va texnogenik yumush hodisalarini vujudga keltirdi. Sotsializm davri - sivilizatsiya tabiatni xarob qildi. Insoniyat va tabiat moddiy jins bo'lib, ularning kimyoviy qismi umumiy hisoblanadi. Qayd etish lozimki, inson biosfera komponentiga kiradi, u tabiatning kichik qismini tashkil etsa xam, buyuk kuchga ega, zero insoniyat tabiatning ko'zga ko'rinarli o'zgarishlariga olib kelishi mumkin. Shunga biz iqror bo'lishimiz kerakki, tarixiy davrlarda tabiat insonga nisbatan kuchli edi. Ayni paytda esa insonning faoliyati (antropogen) kuchli bo'ldi va natijada tabiat xarob bo'ldi. Akademik V.I.Vernadskiyning fikricha, hozirgi zamonda inson biosferasining yangi qirrasi (aql qavati, yerning ongli qavati) - noosferani vujudga keltirishi lozim, chunki insoniyatning barcha harakati, g'ayrati inson salomatligi uchun, noosferani faol qismiga yo'naltiriladi. V.I.Vernadskiy (1967y.) shunday xulosaga keldiki, odamizod faoliyati geologik omilga aylangan. Tabiat muhofazasi amaliy fan bo'lib, turar joyni muhofazalash maqsadiga ega. Unga xilof ravishda ekologiya esa nazariy fundamental fan hisoblanadi, chunki u organizmlarning bir-biri bilan va ularni tashqi muhit bilan munosabatini o'rganadi. Insoniyat ekologik muammolarni yechish yo'llarini topishi kerak. Ekologik muammolar 3 guruhga bo'linadi: umuminsoniy (jahon), mintaqaviy va mahalliy. Umuminsoniy muammolar: Atmosfera havo haroratining ko'tarilishi. Olimlar shunday xulosaga keldilarki, oxirgi 100 yil ichida (o'tgan asrda) sayyoraning atmosfera havosi 10S ga ko'tarildi. Kelgusi 30 yil ichida shuncha haroratga ko'tarilishi bashorat qilinmoqda. Natijada dunyo suv xavzalarining xajmi 20 metr yuqori bo'ladi. Ko'p shahar va mamlakatlar suv ostida qoladi. Iqlimning o'zgarishi global iqtisodiy va ijtimoiy inqirozga olib keladi. Natijada aysberglar xal bo'lib, yer, o'simlik, hayvonlar suv tagida qolishi mumkin. Buning asosiy sababi SO2 ning miqdori atmosferada ko'payishi va boshqa ekologik omilning ta'siri hisoblanadi. Ayni paytda O'rta Osiyo va Qozog'istonda Orol fojiasi kishilar salomatligiga va tabiatga katta ta'sir etmoqda. Ushbu xavzada yilida 100 million tonna tuz chang bilan atmosferaga tarqalib, natijada havo, suv, yer zaharlanadi. Tuz esa Fedchenko va boshqa muzliklarga tarqalib, ularni xal bo'lishiga olib keladi. Bir litr Orol suvida 40-50 gramm tuz mavjud. Agar o'tgan asrning boshida SO2 miqdori atmosferada 0,029 foizni tashkil etgan bo'lsa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.52 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.52 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga