Ekologik va nafosat tarbiyasi Reja: 1. Ekologik tarbiyaning maqsadi va vazifalari. 2. Ekologiyaning inson hayotidagi o'rni. 3. Ekologik tarbiyaning mazmuni va vositalari. 4. Ekologik tarbiyani amalga oshirish yo'llari va usullari. 5. Estetik tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mazmuni. Agar tabiatda chang-g'ubor bo'lmaganda, inson ming yil yashagan bo'lar edi, - degan edi Abu Ali ibn Sino. Demak tabiatning tozaligi, beg'uborligi inson salomatligi va yashashining muhim shartlaridan biridir. Tabiatning tozaligi va tirik mavjudodlarning yashash sharoitini ekologiya fani o'rganadi. Ekologiya- yunoncha so'z bo'lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va tevarak-atrofdagi muhit bilan o'zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o'rganadigan fandir.Ekologiya atamasi 1866 yilda nemis zoolog olimi E. Gekkel tomonidan fanga kiritilgan. Yaqin vaqtlargacha bu atama faqat mutaxassislargagina ma'lum edi. Endilikda atrof-muhitga, tabiat boyliklariga e'tiborsiz bo'lish butun sayyoraga jiddiy zarar yetkazishi aniq bo'lib qoldi. Inson bilan tabiat o'rtasidagi munosabatlar muammolarini yechish zaruriyati tug'ildi. Shu barobarida ekologik vaziyatni sog'lomlashtirish asosiy ishlardan biri bo'lib qoldi. O'quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish pedagogika nazariyasi va maktablar amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi. Tabiat va inson o'zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo'ladi. Bu qonuniyatlarni bo'zish o'nglab bo'lmas ekologik faloqatlarga olib keladi. Insonning tabiat imkoniyatlarini va uning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmay, jadal kirilgan xo'jalik faoliyati, Rim klubining XX1 asr yo'li deb atalmish tadqiqotlaridan birida ko'rsatib o'tilganidek, yer yo'zida tuproq nurashi, o'rmonlardan mahrum bo'lish, baliqlarning haddan tashqari ko'p ovlanishi, to'zli yomg'irlar, atmosfera ifloslanishi, ozon qatlami bo'zilishi va hoka'zolarning ro'y berishiga olib keladi. . (I.Karimov O'zbekiston XX1 asr bo'sag'asila. Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent,O'zbekiston, 1997 y.,112- bet.). O'zbekiston Konstitutsiyasining 18-moddasiga yer va yer osti boyliklarini, suv manbalarini, o'simlik va hayvonot dunyosini qo'riqlash, bu boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz ko'paytirib borishni ta'minlash, insonning atrof-muhitni yaxshilash uchun chora va tadbirlar ko'rishi zarurligi ta'kidlangan. O'zbekiston Respublikisining 1992 yil 9 dekabrda o'quvchi qilgan Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi Qonuni, Sog'lom avlod uchun ordening ta'sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi ning ishlab chiqilishi, Ekosan jamg'armasining tuzilishi mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan dalolatdir. Ayniqsa, umumta'lim maktablarida ham ekologik yo'nalishdagi sinflarning tashkil etilishi, bu asosda litsey maktablarining shakllanishi yosh avlodga maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishilganini ko'rsatadi. Maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo'ygan har bir yosh, qanday ixtisos egasi bo'lishidan qat'iy nazar, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga oid nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'lishi kerak. Tabiatni muhofaza qilish hozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo'lib qolganligini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.44 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.44 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:58 ]
Arxiv ichida: doc