Reja: «Ekskursiya ishini tashkil qilish» fanining predmeti va obyekti. Ekskursiyaning mazmuni va mohiyati. Ekskursiyaning asosiy xususiyatlari. Tayanch iboralar: Turizm, ekskursiya, kursning predmeti, kursning obyekti, turizm mahsulotlari, turizm tovarlari, ekskursiya faoliyati, ekskursiyani tasniflash, ekskursiyaning xususiyati, ekskursiyani o'tkazish joyi. «Ekskursiya ishini tashkil qilish» fanining predmeti va obyekti O'zbekiston Respublikasining «Turizm to'g'risidagi» qonunda: Turizm-jismoniy shaxslarning doimiy yashash joyidan 12 oydan oshmagan muddatga, beradigan joyida ish haqi to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmasdan, davolanish, o'rganish, ish yoki boshqa maqsadda sayyohati hisoblanadi. Turist 24 soatdan kam bo'lmagan va bir yilgacha muddatga, har qanday haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmasdan hamda belgilangan muddatda mamlakatni tark etish majburiyati bilan qonun orqali taqiqlanmagan turli maqsadlarda boshqa mamlakat hududida sayyohat qiladigan shaxsdir. Sayohlik sanoatini rivojlantirish an'analari va umumiy iqtisodiy, texnika va ijtimoiy yutuqlar o'rtasida bevosita aloqalar mavjuddir. Jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlardagi hayot tarzining o'sish darjasi, xodimlar ta'tillarining muddatlarining o'sishiga va nafaqa bilan ta'minlashning yetarli ravishda yuksak darajasini ta'minlash bilan sayyohlikning rivojlanishiga fanga ta'sir ko'rsatadi. (eng ko'p kelishi Fransiya, AQSH, Ispaniya, eng ko'p mablag' sarflaydigan sayyohlar AQSH, Germaniya, Yaponiya). Turizm - jismoniy shaxsning doimiy istikomat joyidan sog'lomlashtirish, ma'rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq tulanadigan faoliyat bilan shugullanmagan holda uzogi bilan bir yil muddatga junab ketishi (sayohat qilishi); Ekskursiya faoliyati-vaqtinchalik bo'ladigan mamlakatda sayohatchilarni sayyohlik resurslari bilan tanishtirish maqsadidagi faoliyatni tashkillashtirish bo'lib, bunda joylashtirish yuzasidan xizmat ko'rsatish nazarda tutilmaydi. Sayyohlik tabaqalariga xalqaro va milliy sayyohlik qo'shiladi, shuningdek, mamlakat doirasidagi sayyohatlik kiritiladi. Tunab qoladiganlar turistlar hisoblanadi, kun davomida kelib-ketuvchilar ekskursiyachilar deb hisoblanadi. Turizmning ichki, xalqaro, kiruvchi, chiquvchi ko'rinishlari mavjud. Ichki turizm - o'z davlati chegarasi doirasida doimiy yashovchi fuqarolarni vaqtinchalik tashrif buyurovchi joyda (to'lanadigan faoliyatsiz) turstik maqsadlarda sayohat qilishga aytiladi. xalqaro turizm -vaqtinchalik kelgan joyida faoliyati to'lanmaydigan, doimiy yashaydigan mamlakat chegarasidan tashqariga turistik maqsadlarda safar qilish tushuniladi. Kiruvchi turizm- faoliyati to'lanmaydigan turistik maqsadlarda doimiy yashamaydigan shaxslarni o'zga mamlakat hududiga tashrifi, sayohati hisoblanadi. Chiquvchi turizm - bir mamlakat hududida doimiy yashovchi shaxsni boshqa mamlakatga faoliyati to'lanmaydigan sayohati, tashrifi hisoblanadi. Turizmdagi iste'mol turizm tovarlari va xizmatlarining qiymati sifatida aniqlanib, ular turist yoki ekskursiyachilarning bevosita talablarini qondirish uchun foydalaniladi. Bularga keluvchilarga qilinadigan xizmatlar to'plami - joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, sport, ekskuriya va boshqa tadbirlar xarajatlari kiradi. Turizm mahsulotlari - deyilganda moddiy va nomoddiy xizmatlar to'plamining iste'mol qiymati tushunilib, ular turistning iste'mol talablari uchun zarur bo'lib, uning sayyohlik yuzasidan sayohat qilishi davrida vujudga keladi va faqatgina ushbu saayyohat tufayli vujudga keladi. Turizm tovarlari - deyilganda ishlab chiqarish sohasi faollarining mehnat mahsuloti tushunilib, ular sotish uchun yaratilgan hamda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.69 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.69 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: doc