Reja: Ekskursiyaning asosiy matni. Gidning individual matni. Gid portfelining ahamiyati Ekskursiyaning asosiy matni Tayanch iboralar: Ekskursiyaning asosiy matni, asosiy matni tuzish tartibi, gidning individual matni, individual matni tarkibi, mantiqiy o'tishlar, Gid portfeli, illyustrativ materiallar. Ekskursiya marshruti tasdiqlangandan so'ng ijodiy guruh ekskursiya matnini tuzishni boshlaydi. Ekskursiya amaliyotida u asosiy matn (kontrolniy tekst) deyiladi. Unga ijodiy guruh ishlab chiqqan ekskursiyani olib borish uchun barcha materiallar kiritiladi. Eng muhim ma'lumotlar tanlanib, xulosalar qilinadi. Asosiy matnda foydalaniladigan materiallar manbaini ko'rsatish zarur. Matn ham xronologik tartibda va ham ekskursiya obyektlarining marshrut bo'ylab joylashganligiga qarab tuzilishi mumkin, yani, mavzular yoritilishi ketma-ketligiga qarab.Asosiy matnda shuningdek, chiqishlar, xulosalar, mavzular orasidagi mantiqiy o'tishlardan tuzilgan materiallar ham kiritiladi. Unda mavzuga taaluqli, lekin ekskursiyani ishlab chiqishda nazarda tutilmagan obyektlar ham kiritilishi mumkin. Bu keyinchalik o'sha mavzuda ekskursiya variantlarini ishlab chiqishda kerak bo'ladi. Amaliyotda uch soatlik avtobusli ekskursiyada asosiy matnning hajmi 40-50 varag'ni, piyoda ekskursiyada 25-30 varag'ni (14 shrift, 1.5 interval) tashkil etishi belgilangan. Ijodiy guruh tomonidan ishlab chiqilgan va turistik tashkilot tomonidan tasdiqlangan ekskursiyaning asosiy matni gidlar individual matnini tuzishda asos bo'ladi. Asosiy matnni tayyorlashda yana bir muhim talab, bu titul varag'ining mavjudligidir.Unda yangi ekskursiyani ishlab chiqgan turistik- ekskursiya tashkiloti nomi, ekskursiya mavzusi, ijodiy guruh tarkibi, ekskursiya tasdiqlangan sana ko'rsatiladi. Ijodiy guruhning barcha a'zolari, keyinchalik ushbu mavzuda ekskursiya olib bormoqchi bo'lgan gidlar ham o'zlarining individual matnlarini tuzadilar.Ular asosiy matnga mos kelishi, materiallarni hikoya qilish tartibi esa,marshrut obyekti qanday tartibga joylashganligiga qarab, hikoya qilinishi shart. Gidning individual matni Individual matn -bu hikoya qilib berishga tayyor ekskursiya mahsulotidir,yani ekskursiya hikoyasi uchun matndir.Individual matn tarkibi 3 qismdan iborat: chiqish(vstupleniye), asosiy qism, xulosa. Chiqish va xulosa qismi asosiy qismdan tubdan farq qiladi,ular ekskursiya obyektlari bilan o'zaro bog'liq emas.Bular ko'proq ma'ruza, suhbatga yaqinroqdir. Chiqish tashkiliy va axborot qismlariga bo'linadi.tashkiliy qismda gid o'zining ismi sharifini, ekskursiyani tashkil etgan muassasa nomini, avtobus haydovchisini tanishtiradi, mavzu va marshrutni elon qiladi, ekskursiya davomiyligini, uning yakun topish joyini(ushbu joyga xoxlovchilar avtobusni tark etishi mumkin), avtobusda o'zini tutish haqida aytib o'tadi. Axborot qismida gid ekskursiya mazmunini qisqacha bayon qiladi, sayyohlar ko'radigan diqqatga sazovor obyektlarni, kichik mavzularni(podtema)sanab o'tadi. Chiqish 5-7 daqiqadan oshmasligi va uni marshrutga harakatni boshlamasdan avval o'tkazish kerak.Chiqish eng mas'uliyatli bosqichdir va u yorqin bo'lishi shart.Shu bosqichda sayyohlar bilan aloqa o'rnatiladi, ular gid haqida ilk taasurotni oladilar. Yaxshi chiqish gid muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Malakali gid aynan chiqish paytida guruh bilan o'zaro tushunish nuqtasini topib, ularni o'ziga jalb qilib, o'z ishining ustasi sifatida ekskursiyaning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Asosiy qism namoyish etish va hikoya qilish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.73 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.73 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: doc