Ekskursiya xizmatlari hikoyasining mazmunini tayyorlash

Ekskursiya xizmatlari hikoyasining mazmunini tayyorlash

O'quvchilarga / Pedagogika
Ekskursiya xizmatlari hikoyasining mazmunini tayyorlash - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ekskursiya xizmatlari hikoyasining mohiyati Ekskursiyani olib borishning maxsus metodik usullari Diqqat (e'tibor) krizisi va uni bartaraf etish yo'llari 1. Ekskursiya xizmatlari hikoyasining mohiyati Hikoya qilish ham namoyish, ko'rsatish kabi ekskursiya jarayonining asosiy qismidir. Ular yordamida ekskursiyaning mavzu, maqsad va vazifalariga mos obyektlar haqida ma'lumotlar beriladi. Hikoya qilish jarayoni ko'rsatishning ajralmas qismidir va unga bo'y sunadi, aynan shu bilan ekskursiya ma'ruzadan farq qiladi.(ma'ruzada illyustrativ materiallar ko'rsatish shart emas). Shuni yodda tutish kerakki, ekskursiya obetlari haqida asosiy taasurotlarni, uning tarixiy, madaniy voqealar bilan bog'liqligini sayyohlar aynan hikoya qilish orqali bilib oladilar. Hikoya ham marshrutdan tashqari va aniq obyektlarsiz mavjud bo'lmaydi. Hikoya induktiv metod asosida yaralishi mumkin, yani xususiylikdan umumiylikka, kuzatuvdan xulosaga. Yoki deduktiv- yani umumiylikdan xususiylikka. Ekskursiya amaliyotida ko'pincha induktiv metoddan foydalaniladi, yani ko'rish obyektini tahlil qila turib, gid umumiy xulosalarga keladi. Ekskursiya maqsadiga erishish mavzularning to'liq yoritilishi hikoya qilishning to'g'ri tanlangan metodik usullariga bog'liq. Bu usullar ekskursiya ma'lumotlari, oldindan sharhlash, tasvirlash, tushuntirish, sitatalardan foydalanish, adabiy montaj. Ekskursiya ma'lumotlari- obyektlar haqida lo'nda, aniq xarakteristikasi, faktlarning to'plamidir. ma'lumotda obyekt haqida faqat asosiy faktlar beriladi: nomi, qurilgan yili, muallifi, o'lchamlari Ekskursiyaning bu metodik qo'llanmasida masalan, Ostankino minorasi haqida quyidagicha ma'lumot beriladi: Ostankino televizion minorasi, 1967 yilda qurilgan, balandligi 537metr, konstruktor N.Nikitin, memorlar A.Batalov va D.Burdin. Hikoya qilishning bunday metodik usulidan mazkur obyekt ekskursiya jarayonida ikkinchi darajali obyekt bo'lsa, foydalaniladi(sharhli, ko'prejali ekskursiyalarda). Oldindan sharhlash- hikoya qilishning bunday metodik usuli sayyohlar boy, qiziqarli ekskursiya obyektlari to'plangan joyda kelib qolganlarida ishlatiladi.Bu yerda obyektlar shunchalik ko'pki sayyohlar u haqda tezroq bilishni istaydilar(Xivadagi Ichan-hal'a, Samarqanddagi al-Buxoriy majmuasi, Moskvadagi Qizil maydon). Bunday paytda gid obyektning nomi va u haqda qisqacha ma'lumot berishi kifoya(bu obyekt texnologik xaritaga kiritilmagan bo'lishi ham mumkin).Bu bilan u sayyohlarning qiziquvchanligini(lyubopitstvo)tinchlantirib, marshrut bo'yicha yana obyektlarni hikoya qilaveradi. Tasvirlash- bu obyekt haqida to'liq ma'lumotlarni hikoya qilish, uning asosiy xususiyatlari va sifatlarini sanab o'tish, obyekt bilan bog'liq asosiy voqealarni tasvirlashdir. Masalan, yana shu Ostankino minorasini endi tasvirlab beramiz: Ostankino televizion minorasi, 1967 yilda qurilgan, balandligi 537metr. Uning konstruktori N.Nikitin, memorlar A.Batalov va D.Burdin. U balandligi 384metrli beton stvoldan iborat.Undan 50 qavatli bino balandligi kabi metall truba -antenna ko'tarilgan. Minora har biri 3.5 ming tonna og'irlikni ko'tara oladigan 10 ta beton asoslarga suyangan(opora). Minoraning har xil qavatlarida tomosha qilish maydoni qurilgan va u yerga tezyurar liftda chiqish mumkin. Eng yuqori maydonchaga chiqish uchun 80 soniya vaqt kerak. 320 metrli balandlikda minorani uch qavatli Sedmoye nebo restorani halqasi qamrab olgan. Restoran minora atrofida sekin aylanadi. Tinch, osuda havoda minora tayanch ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.85 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.85 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga