Reja: Ekskursiya xizmatini tayyorlashda ijodiy guruh tashkil etish Mavzular uchun obyektlar tanlash. Ko'rgazmali materiallardan foydalanish va ekskursiya marshrutini aniqlash. Tayanch iboralar: Ekskursiyani tayyorlash, ekskursiya mavzusi, ekskursiya nomi, ekskursiya maqsadi, ekskursiya obyektlari, kartochka, asosiy va qo'shimcha obyektlar, ko'rgazmali materiallar, ekskursiya marshruti. 1.Ekskursiya xizmatini tayyorlashda ijodiy guruh tashkil etish Ekskursiyani tayyorlash ekskursiyani tuzuvchilardan ijodiy yondashuvni talab qiladi. Ekskursiyani tayyorlash-bu shahar va hududlarning ekskursiya imkoniyatlaridan kelib chiqib, turistik korxonaning doimiy mijozlari ehtiyojiga asoslangan holda, ekskursiyaga yangi mavzular ishlab chiqishdir. Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni o'z ichida mavzuni aniqlash, ekskursiya maqsad va vazifalarini qo'yish, obyektlarni tanlash va o'rganish, ekskursiya marshrutlarini tuzish, ekskursiya mavzusi bo'yicha adabiy manbalarni o'rganish, mutaxassislar bilan konsultatsiyalar olib borish, ekskursiyaning asosiy matnini ( kontrolniy tekst) yozish, gid portfelini taxlash, ekskursiyani o'tkazish metodikasini tanlash va texnologik xaritasini tuzishdan iboratdir. Ekskursiyani tayyorlash negizida pedagogik bilimning bosh prinsipi va talablari: o'qitish va tarbiyaning bog'liqligi, hikoyalarda ketma-ketlik, fikrlarning aniq va tushunarli bo'lishi, hissiyot, sayyohlar yoshi xususiyatlari hisobga olingan holda bo'lishi shart. Yangi ekskursiya mavzusini ishlab chiqishda 3-6 kishidan iborat ijodiy guruh (gidlar) yig'iladi. Ular orasidan rahbar tanlanadi. Ijodiy guruhning har bir a'zosi o'z g'oyalari, materiallarini taqdim etadi va bu materiallar umumlashtiriladi. Har bir ekskursiya o'zining aniq mavzusiga ega va shu mavzu asosida namoyish va hikoyalar tayyorlanadi. Ayniqsa, bu ko'p mazmunli obyektlar namoyishida muhimdir. Chunki bitta obyektni har xil mavzularda yoritish mumkin. Ekskursiya mavzusi shahar arxitekturasi, ijodkor hayoti, ko'cha tarixi, ekologik ahvol, hayvonot olami, shaharning iqtisodiyoti va hokazo bo'lishi mumkin. Ekskursiya nomi (nomlanishi) ham uning mazmunini ochib beradi(Moviy gumbaz ostida, Sharq taronasi-qalb durdonasi, Marg'ilon- 200 yoshda). Ekskursiya nomini belgilayotganda qo'yidagilarga yo'l qo'ymaslik kerak: so'zlarni qisqartirmaslik, abbreviaturalardan, xorijiy leksikonlardan olingan so'zlardan foydalanmaslik. Ekskursiya nomi o'zining individualligi, tez yodda qolishi, yoqimli eshitilishi, mazmunga to'g'ri kelishi bilan ajralib turishi kerak. Oldindan maqsad belgilamay ekskursiyani tayyorlash mumkin emas. Ekskursiya maqsadlari - vatanparvarlik, mehnatni sharaflash, estetik va ekologik tarbiya, shahar tarixi va davlat iqtisodiyotiga qo'shgan hissasini o'rganish, o'lka tabiati bilan tanishish va boshqalar bo'lishi mumkin. Ekskursiyaga uchtadan ziyod maqsad qo'yish noto'g'ri bo'ladi, chunki hech qaysisiga erishmaslik mumkin. 2. Mavzular uchun obyektlarni tanlash Ekskursiya obyektlari- tabiat manzaralari- tog', daryo, g'or, qo'riqxonalar; muzeylar; qasrlar, favvoralar, maydonlar, arxeologik yodgorliklar bo'lishi mumkin. obyektlar quyidagi mezonlar bo'yicha baholanadi: obyektning ta'limiy ahamiyati; mashhurligi; takrorlanmas, ekzotik bo'lishi; hozirgi ahvoli; manzili. Ekskursiya obyektlari baholanib, adabiy manbalar o'rganilgandan so'ng, har bir obyekt uchun kartochka tuziladi. Kartochkaga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi: obyekt nomi; obyekt bilan bog'liq tarixiy voqealar (yili); obyekt manzili; obyekt va voqealar haqidagi ma'lumotlar manbai; obyektning saqlanganlik holati; obyekt kimning nazorati ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.54 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.54 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: doc