Ekskursiya - rasmi

Material tavsifi

Ekskursiya Reja: Dars jarayonida ekskursiya va uning estetik tarbiyaga ta'siri. yog'ochga ishlov beriladigan korxonaga ekskursiya. Kulolchilik tsexlariga ekskursiya. Ekskursiyalar turli xil buyum va hodisalarni, obyektlarni real sharoitda kuzatish va o'rganish uchun xizmat qiladi. Ekskursiya jarayonida didaktikaning ko'rgazmalilik, nazariya bilan amaliyotni boglab olib borish kabi prinsiplari amalga oshiriladi. Ekskursiya jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatlari, jamoatchilik, vatanparvarlik kabi xususiyatlari shakllanadi va rivojlanadi; shaxsni estetik tarbiyalash kabi ishlar amalga oshadi. Ekskursiya, odatda, u yoki bu fanning malum bo'limlarini o'rganish maqsadida o'tkaziladi. uLar tabiat, ishlab chiqarish korxonalari, kolxoz va sovxozlarga, muzey, tarixiy yodgorliklarga bo'lishi mumkin. Ekskursiyani muvaffakiyatli o'tkazish ko'p jihatdan o'qituvchining tayyorgarligiga bog'liq bo'ladi. Tayyorgarlik bosqichi o'z ichiga quyidagi asosiy momentlarni oladi: joyni tanlash va uning oldindan o'qituvchi tomonidan kuzatilishi№ ekskursiya jarayonida o'qituvchi tayanishi lozim bo'lgan bolalardagi bilim va tushunchalarni bilib olish; ekskursiya planini belgilash va uning maqsadini aniqlash. o'qituvchi ekskursiya joyini tanlashda bolalarning mehnat fani va boshqa fanlar haqidagi bilimlari xajmini, yoshini hisobga olishi kerak. Ekskursiya uchun maktab xovlisi, sport maydonchasi, kucha, bog, qurilish, klub, urmon, tog, chorvachilik fermalari, parradachilik fermalari, paxta maydoni, shahar joylarda esa fabrika, zavod, ustaxona va xakozolarni tanlash mumkin. Bu obyektlarni mazmuniga ko'ra uch gruppaga bo'lish mumkin: Tabiatga ekskursiya. Sotsial-maishiy xizmat bilan bog'liq bo'lgan joylarga ekskursiya. Ishlab chiqarish obyektlariga ekskursiya. Ekskursiya planini tuzganda o'qituvchi kuyidagilarga etibor berishi lozim: - o'quvchilarga obyektlar qanday ketma-ketlikda kursatiladi, bolalar nimalarni mustaqil kuzatadilar; - ekskursiya jarayonida mashg'ulotlarning metod va usullari (hikoya, suhbatlashish, o'yin va boshqalar); ekskursiya jarayonida qanday materiallar yigiladi; ekskursiya qanday yakunlanadi. Ekskursiya jarayonida o'qituvchi bilan bolalar o'rtasida buladigan savol-javoblar xam planda aniq kursatilishi lozim. Bolalar ishlab chiqarish korxonalarida, zavod va fabrikalar, borliq, tevarak-atrofni kanchalik tushunga holda idrok etsalar, ularda estetik his-tuyg'ular shunchalik barqaror va mazmunli bo'ladi. Ular asta-sekin boshlang'ich xoolda bulsada, estetik mulohazalar yuritish qobiliyatiga ega bula boshlaydilar. Bolalar nutqida xushbichim, nafis, yengil, kuvonchli, bayramdagidek kabi chiroyli so'zlarning paydo bula borishi ularda borliqni estetik idrok etish malakalari shakllanayotganidang dalolat beradi. Ekskursiya jarayonida o'quvchilarning tabiatga, jonajon o'lkaga va mehnatga bo'lgan muhabbatini oshirishni xam unutmaslik kerak. yog'ochga ishllov beriladigan korxonalarga uyushtirilgan ekskursiyalarda ishlab chiqarish korxonalarining turlari va ularda mehnatning tashkil qilinishi, mahsulotlarni tayyorlash jarayonlari bilan, shuningdek, ayrim tsexlarning ishlari va ularda buyumlar yasash texnologiyasi bilan tanishiladi. o'quvchilar jumladan dastgoxlarda mehnat kiladigan yiguvchining, pardozlovchining muayyan ish o'rni bilan, uning tashkil qilinishi, ashyoviy ta'minoti, sanitariya-gigiyena sharoitlari va u yerda bajariladigan ishlarning turlari bilan xam tanishuvi lozim. Ish o'rnida asosan zarur elektr jihozlari bilan tegishli dastgox: dastgoxning shaxsiy asboblari saqlanadigan alohida tumbochka: texnologik hujjatlar va o'lchov asboblari qo'yiladigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.76 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.76 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga