Ekskursiyalar o'tkazish metodlari

Ekskursiyalar o'tkazish metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ekskursiyalar o'tkazish metodlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ekskursiyani olib borish Ekskursiya obyektlarini namoyish etish metodlari: oldindan ko'rib chiqish; ko'rish orqali rekonstruksiyalash; voqealarni lokalizatsiyalash; ko'rganlarni taqqoslash; gid portfelidagi ko'rgazmali vositalarni ko'rsatish; obyektni avtobus harakati paytida ko'rsatish; panoramali ko'rsatish. Tayanch iboralar: Ekskursiyani olib borish, ekskursiya obyektlarini namoyish etish metodlari: oldindan ko'rib chiqish; ko'rish orqali rekonstruksiyalash; voqealarni lokalizatsiyalash; ko'rganlarni taqqoslash; gid portfelidagi ko'rgazmali vositalarni ko'rsatish; obyektni avtobus harakati paytida ko'rsatish;panoramali ko'rsatish. 1. Ekskursiyani olib borish Avval aytib o'tilganidek, ekskursiya bu diqqatga sazovor, tarixiy joylarni ko'rsatish va ularning ushbu o'lka iqtisodiyoti, madaniyati, tabiyatiga tutgan o'rni haqida hikoya qilish bilan xarakterlanadi. Ekskursiyaning bu ikki elementi bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.U yoki bu obyektlarning mavjudligi hikoya mazmunini belgilaydi, hikoyaning o'zi esa, ko'rsatish uchun aniq obyektning mavjudligini talab qiladi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, ekskursiya uchun eng muhimi ko'rsatish, namoyish etishdir.U aniq bir reja texnologik xarita asosida olib boriladi. Namoyish etish-obyektlar tahlili, zaruriy tushuntirishlar, xulosalar bilan to'ldiriladi. V.A.Sichinava fikricha, ekskursiyaga muhim rol o'ynaydigan ko'rgazmali vositalar 3 turga bo'linadi: ekskursiya marshrutidagi haqiqiy(asosiy) ekskursiya obyektlari; qo'shimcha illyustrativ materiallar(gid portfelidagi ko'rgazmali materiallar); so'zli-obrazli material gid mahoratiga bog'liq bo'lib, voqealarni yorqin tushuntirib berish evaziga erishiladi. 2. Ekskursiya obyektlarini ko'rsatish metodlari obyektlarni namoyish etish metodi oson emas va u quyidagilarga bog'liq: harakat vositasi, ishtirokchilar tarkibi, ommaviy qiymati, mashhurligi, namoyonligi, saqlanganlik holati. Ko'rsatish, namoyish etish texnologiyasida ikkita qismni ajratish mumkin. Birinchisi, sayohatchilar etiborini obyektga jalb etish va uni atrofidagi binolardan ajratib ko'rsatish maqsadida uning tashqi ko'rinishini so'z bilan ifodalash. Unda: a) qo'l harakatlari bilan obyekt joyi ko'rsatiladi(chapda, o'ngda, ikki qavatli bino yonida), b) obyektning tashqi maxsus xususiyatlari sanab o'tiladi(balandligi, rangi, detallari soni, oynalari shakli, devordagi yozuvlari). Ikkinchisi, namoyish, ko'rsatishning mazmunli qismi, ko'rsatishning metodik usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Ekskursiya nazariya va amaliyotida bu metodlar Yemelyanov rahbarligidagi bir qator mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan. -- Oldindan tomosha qilib chiqish metodi haqida Yemelyanov quyidagicha yozadi(1976y): Bu metod sayohatchilar yodgorlik yonida turganlarida va allaqachon yodgorlikni ko'rib bo'lganlaridan so'ng ishlatiladi. Masalan, Sizning qarshingizda bobokalonimiz Amir Temur haykali .Gid bu bilan sayohatchilar etiborini obyekt tomon qaratishni, uning umumiy ko'rinishiga, detallariga etibor berishni taklif etadi. Yodgorlikni birinchi marotaba ko'rayotganlarga oldindan tomosha qilish metodi kitoblarga, otkritkalarga ko'rganlari bilan ro'parasidagini taqqoslash imkonini beradi. Oldindan tomosha qilish metodi ekskursiya obyekti kattagina maydonni egallagan bo'lsa ham(masalan,Xo'ja Ismoil al-Buxoriy masjidi, Ichan-qala), 1,5-2 daqiqa davom etishi kerak. Ushbu jarayon boshlanishidan avval, sayohatchilarga obyektning u yoki bu detaliga etiborini yo'naltirish maqsadida maslahatlar berish mumkin --Ko'rish orqali rekonstruksiyalash(zritelnaya rekostruksiya) metodi bu qisman saqlanib qolgan obyektning avvalgi holatini xayolan tiklashdir.Bu metod ekskursiyada o'tmishdagi arxitektura yodgorliklari va inshootlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.18 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.18 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga