Ekskursiyani olib borish texnikasi

Ekskursiyani olib borish texnikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ekskursiyani olib borish texnikasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ekskursiyani olib borish texnikasining mazmuni. Ekskursiyada tanaffus. «Gid portfeli» materiallarini namoyish etish. Ekskursiyani olib borish texnikasining mazmuni Har bir ekskursiya samaradorligi nafaqat tanlangan obyekt, ishlab chiqilgan marshrut, gid bilimiga, balkim ekskursiyani olib borish texnikasiga ham bog'liq. Ekskursiya jarayonidagi tartib, materiallarni qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar aynan texnikaga bog'liq. Ekskursiyada jarayonida uni olib borish texnikasi gid professional ustaligining tarikibiy qismi bo'lib, uning ekskursiya guruhini boshqarishdagi rahbarlik mahorati amalda sinaladi. Ekskursiyani olib borish texnikasiga quyidagilar kiradi: gidni guruh bilan tanishishi; sayyohlarning avtobusdan tushishi; avtobusdan obyektgacha bo'lgan harakat; guruhning obyekt oldida joylashishi; avtobusga qaytish; texnologik sxemaga mos ravishda ekskursiya rejasiga amal qilish; sayyohlar bilan savol-javob o'tkazish; ekskursiya jarayonida individual matndan foydalanish; «gid portfeli» va ovoz yozish tasmasidan foydalanish; mikrofon bilan ishlash. Gidni guruh bilan tanishishi. Gid guruh yoniga borib, yoki avtobusga kirib, eng avval guruh bilan tanishishi kerak. Shu maqsadda salomlashib, o'zining familiya, ismi, sharifi, ekskursiyani tashkil etgan turfirma nomini va avtobus haydovchisini tanishtiradi.Keyin ekskursiya mavzusini e'lon qilib, sayyohlarni marshrutga qiziqtirish uchun bir necha mashhur yodgorliklar va joylarini sanab o'tadi, marshrutni qisqacha xarakterlaydi, uning davomiyligi, boshlanish va tugash vaqti, joyini e'lon qiladi. Gid chiqish so'zining oxirida ekskursiya jarayonida sayyohlar o'zlarini qanday tutishlari kerak aytib o'tadi: avtobus harakat paytida o'rindan turmaslik va yurmaslik, to'xtash joylarida gidni ogohlantirmay biror joyga ketib qolmaslik, faqat o'z joyiga o'tirish, avtobusda chekmaslik, haydovchiga halaqit bermaslik. Ekskursiya amaliyotida o'rnatilgan guruh bilan muloqot qoidalariga gid o'z harakatlarini ekskursiya boshidanoq moslashtirishi muhimdir. Avtobusda gidning o'rni. Chiqish so'zini gid salonning oldingi qismida sayyohlarga qaragan holda tik turib so'zlaydi. (avtobus harakatlanishidan oldin). Keyin o'ng tarafdagi birinchi qatorda, o'z ish joyiga o'tirib, yo'l-yo'lakay sayyohlar chap va o'ng tomonlarga nimalarni ko'rayotganlarini hikoya qilib boraveradi. Hikoyani gid sayyohlarga yuzma-yuz turib hikoya qilishi mavjud qoidalarga ko'rsatilmagan (shart emas!). Avtobusdan tushish va sayyohlarning keyingi harakati. obyektni kuzatish uchun belgilangan to'xtash joyiga birinchi bo'lib gid tushadi, avtobus oldidan chetroqqa o'tib, guruhni kutadi. Avtobusdan obyektgacha, obyektdan obyektgacha va obyektdan avtobusgacha bo'lgan harakatlar birdamlikda amalga oshiriladi. Gid o'rni guruh boshida bo'ladi. Gid guruh harakatini kuzatishi, tarqalishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Guruh boshi va oxiri o'rtasidagi masofa 8 -10 metrdan oshmasligi lozim. Gid guruh harakati tezligi(tempi) ekskursiya yaxlitligini buzmasligiga erishishi zarur. Guruh harakati tezligi uning tarkibiga (bolalar, yoshlar, o'rta yosh, yoshi katta), joy relefiga (toqqa chiqish), yo'llar ahvoliga (tabiat qo'ynida tashkil etilgan ekskursiyalar), ishlayotgan sehlardagi xavfli zona va boshqalarga bog'liq. Piyoda ekskursiyada, yoki ekskursiyaning piyoda qismida harakat tezligi osoyishta, sekin bo'ladi. Harakat paytida hikoyani davom etmaslik kerak. Chunki uni faqat gidga yaqin turganlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.83 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.83 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga