Ekskursiyaning texnologik xaritasi

Ekskursiyaning texnologik xaritasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ekskursiyaning texnologik xaritasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ekskursiya texnologik xaritasining mohiyati Sinov uchun ekskursiya o'tkazish Sinov uchun ekskursiyani mutaxassislar tomonidan baholanishi. Tayanch iboralar: Ekskursiya texnologik xaritasi, sinov uchun ekskursiya o'tkazish, mulohazalar kartochkasi, Sinov ekskursiyani mutaxassislar tomonidan baholanishi. 1. Ekskursiya texnologik xaritasining mohiyati Ekskursiyaning texnologik xaritasi - bu sinov ekskursiyani qabul komissiyasiga topshirishdan oldin, ekskursiyani tuzishdagi ijodiy jarayon oxirida tuziladigan yakuniy hujjatdir.Unda (gid o'zining hikoyasida foydalanishi uchun) ekskursiyaning mavzusi, maqsad va vazifalari, marshrutning optimal varianti, uning davomiyligi, masofasi, obyektlar, to'xtash joylari, mavzuchalar, tashkiliy va metodik ko'rsatmalar, sharh va hikoyaning metodik usullari ko'rsatiladi. Sayyohlarga konkret obyektlarda ekskursiya mazmunini qanday yoritish samaraliroq ekanligini texnologik xarita ko'rsatadi. Uning maqsadi- gidga ekskursiyani olib borishda ijobiy natijaga erishish yo'llarini ko'rsatishdir.Bundan tashqari, ekskursiyaning texnologik xaritasi ekskursiya faoliyatini olib borish, turistik-ekskursiya tashkilotini sertifikatlashtirish uchun talab qilinadigan asosiy hujjatdir. Ekskursiyaning texnologik xaritasi Ekskursiya mavzusi-- davomiyligi(soat)-- masofasi(km)-- mualliflar-- ekskursiyaning mazmuni-- Ekskursiyaning marshruti, shuningdek marshrut varianti(yozgi, qishgi);-- Jadval-1 Ekskursiyaning texnologik xaritasi Ekskursiya matni kabi texnologik xarita ham, uch qismdan iborat:chiqish, asosiy qism va xulosa. Chiqish va xulosa ekskursiya obyektlari bilan bog'liq emas va xaritada tasvirlangan grafikdan (asosiy qismdan) oldin va keyin joylashadi.Unda gid sayyohlarni ekskursiya mazmuni va hikoyasiga etiborini jalb qilish uchun nimalarni e'lon qilishi shart bo'lgan ko'rsatmalarni yozadi(texnologik xaritada matn grafalar hisobga olinmagan holda yoziladi).Kirish qismida uning variantlari ko'rsatilishi mumkin, undan foydalanish ekskursiya guruhi tarkibiga bog'liq bo'ladi. 1. Grafa. Marshrut bo'ylab harakatlanish uchastkasida ekskursiya guruhi harakatlanadigan ko'chalar, xiyobonlar, shosselar, maydonlar ko'rsatiladi.Birinchi bo'lib ekskursiya boshlanadigan joy ko'rsatiladi.So'ngra texnologik xaritaga ko'ra, ekskursiyaning ilk mavzusini ochib beruvchi obyekt joylashgan ko'cha(xiyobon)yoziladi.Keyin oldingi obyektdan keyingi obyektgacha bo'lgan yo'l qismlari ko'rsatiladi. 2. Grafa. To'xtash joylariga avtobus to'xtaydigan va undan tushmasdan obyektlarni ko'rish, yoki avtobus to'xtab sayyohlarning avtobusdan tushish joyi, shuningdek, piyoda ekskursiya boshlanadigan marshrut nuqtalari ko'rsatiladi. 3. Grafa. Ko'riladigan obyektlar da sayyohlarga to'xtash joylariga, avtobusda va piyoda harakatda ko'rsatiladigan ,aniq obyektlar ro'yxati beriladi.Bu yerda ham asosiy va ham qo'shimcha obyektlar ko'rsatilishi mumkin.obyektning to'liq nomi, mualliflar ismi sharifi yoziladi. 4. Grafa. Davomiylik da obyektni ko'rsatish va uni hikoyasi uchun kerakli vaqt ko'rsatiladi. Bu vaqt oralig'ida obyektni erkin tomosha qilish ekskursiya rejasiga kiritilgan bo'lsa, keyingi obyektgacha harakat vaqtini ham hisobga olib ko'rsatilishi kerak. 5. Grafa. Axborotning asosiy mazmunida marshrutga mavzuchalar(podtema) va ularga qisqacha annotatsiyalar beriladi .Mavzuchalar ekskursiya mavzusining tarkibiy qismidir.U bir yoki bir necha obyektga yoritilishi mumkin.Bu obyektlardagi axborot mazmuni hamda ekskursiyadagi sayyohlar kategoriyasiga bog'liq.Mavzuchalar ekskursiya materialining ichki mantiqiga asosan mavzuni ketma-ket yoritadi. 6. Grafa. tashkiliy masalalarda ekskursiya guruhining obyekt oldidagi holati, ularning xavfsizligini ta'minlash, tarixiy va madaniy obyektlar oldida o'zini tutish qoidalari, sanitariya-gigiyenik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.8 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:59 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.8 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga