Elementar matematik tasavvurlarni skallantirish metodikasi kursining nazariy asoslari Reja: 1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi talablarini amalga oshirishda matematik ta'limning ahamiyati. 2. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi predmeti va uning asosiy komponentlari. 3. O'qitish mazmuni va yo'llarining umumiy tavsifi. 4. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosining psixologik-pedagogik asoslari O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz ta'limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo'yiladigan talablarni yanada oshirdi. Yana shunga bog'liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o'quv yurtlaridagi ta'lim - tarbiya jarayonini takomillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi. Maktabgacha ta'lim mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi muhim o'rin tutadi. So'nggi yillarda mamlakatimizda bolalar bog'chasida matematika o'qitish butun sistemasida o'z ko'lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo'lgan o'zgartirishlar amalga oshirildi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo'yilishi bilan bog'chada matematik ta'lim berish mazmunining tubdan o'zgarishiga olib keldi. Bog'cha bolalariga matematikadan samarali ta'lim berish bo'lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o'qish metodikasini egallab, chuqur o'zlashtirib olmog'i lozim. 2. Bolalar bog'chasida matematik ta'lim berish metodikaning predmeti Vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Matematika o'qitishda ko'zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o'qitiladi, o'rgatiladi?). 2. Maktabgacha ta'lim muassasida matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o'rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo'ladi. 3. Matematika bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o'qitish kerak?), ya'ni bolalar hozirgi kunda zarur bo'lgan bilimlarni, malakalarni, ko'nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo'lishlari uchun o'quv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o'qitish kerak? 4. Matematik bilim berish vositalarini - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rsatma qo'llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o'qitish). 5. Ta'limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning mashg'ulotdan tashqari formalarini qanday o'tkazish kerak?) Mashg'ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o'tkazish kerak? Mashg'ulot protsessidagi ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?). Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va formalari metodik sistemaning asosiy komponentlaridir. Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta'lim, amaliy va tarbiyaviy maqsadlaridan iboratdir. Amaliy maqsadlar: matematik bilim berishdan kuzatilgan amaliy maqsadlar bolalarning nazariyani amaliyotga bog'lay olishidan, ya'ni olingan bilimlarni amaliy masalalarni hal qilishga, bolalar to'plam va son haqida; kattalik (miqdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida boshlang'ich tasavvurga ega bo'ladilar, joy va vaqtni bilishni o'rganadilar: ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.05 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.05 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: doc