Eman va zarrang kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Mumlanish. U ko'pincha eman yong'og'i va qayin urug'larida kuzatiladi. Eman cho'chqayong'og'ida mumlanishni Stromatinia pseudotuberosa Rehm. qo'zg'atadi. Urug'palla chetlarida sariq yoki to'q sariq dog'lar hosil bo'ladi. Dastlab ular mayda (0,5-1mm) bo'ladi, so'ngra kattalashib, urug'palla qo'ng'ir tusga kiradi va keyinchalik ustki qismi kulrang mitseliylar bilan qoplanadi, ular po'stloq yoriqlaridan tashqariga chiqadi va konidiyalar hosil qiladi. Hosil bo'lgan konidiyalar orqali kasallik o'simliklarga tarqa-ladi. Oxirgi bosqichda urug'palla qorayib, mutlaqo mitseliylar bilan qoplanadi va nihoyat mumlanib qoladi. Kelgusi yil bahorda, ba'zan kuzda ham mumlangan eman ch¢chºa yong'oqlarida zamburug''ning meva tanachalari - apotetsiylar (4 dan 6-15 donagacha) hosil bo'ladi. Ularning gimenial qatlamida xaltachalar shakllanadi. Ular silindr shaklda bo'lib (100-150x6-9 mkm), ichida 8 ta xaltasporalar joylashadi. Xaltasporalari tuxumsimon yoki ovalsimon, o'lchami 8-10x5-6 mkm. Xalta oralarida 3 mkm qalinlikdagi parafizalar joylashadi. Xaltaspo-ralar to'kilgan cho'chqa yong'oqlarni zararlaydi. zamburug'' juda ko'p spora hosil qiladi. Omborxonalarda harorat 0+40S bo'lishi lozim. Chunki 6-70S haroratda mitseliylar o'sib, boshqa urug'larni ham zararlaydi. Qayin urug'larida mumlanishni Sclerotinia betulae Woron. zam-burug'i qo'zg'atadi. Kasallanish erta bahorda o'simliklar gullashi davrida sodir bo'ladi. Sporalar shamol orqali tarqaladi. Dastlab mitseliy o'simlik tugunchasiga, keyin urug' ichiga o'tib to'qimalarni to'latadi va qanotiga o'tib taqasimon qora hoshiyali sklerotsiy hosil qiladi. Kasallangan urug'lar unib chiqish xususiyatini yo'qotadi. Kelgusi yil bahorda sklerotsiylar voronka-simon, likobchasimon, qadahsimon sariq yoki jigarrang meva tana - apotetsiylar hosil qiladi. Apotetsiylar bittadan yoki guruh bo'lib joylashadi. Apote-siylar uzun oyoqchali (3-15x4 mm) bo'ladi. Apotetsiylar sirtida 130x5-6 mkm o'lchamli xaltalar va uning ichida 10-12x4,5 mkm o'lchamli xaltasporalar hosil bo'ladi. Xaltasporalar bir hujayrali, ellips shaklida, rangsiz, bir qator bo'lib joylashadi. Xalta oralarida parafizalar bo'ladi. Aynan shunday zararlanish qayrag'och urug'larida ham kuzatiladi. Kasallik qo'zg'atuvchisi - Sclerotinia alni Maul. Ba'zan qizilchetan mevalari Sclerotinia aucupariae Ludu. zamburug''i bilan zararlanadi. Kuzda zararlangan mevalar qora tusga kirib burishib qoladi. Eman daraxtining un-shudring kasalligi. Kasallik qo'zg'atuvchisi - Microsphaera alphitoides Griff.et Maubl. zamburug'' ko'proq evropadan keltirilgan eman daraxtlarini (qora eman, eman, tog' emani) va zarang k¢chatlarini, amerikaning shimolidan kelib chiqqan qora qayin, yapon kashtani va boshqa kashtanlarni esa kamroq kasallantiradi. Daraxtlarning barglarini kasallangan o'simliklarning kurtaklaridagi qishlagan vegetativ mitseliysi (oidiy) va xaltachalari kasallantiradi. Xaltasporalar to'kilgan o'simlik qoldiqlarida qishlagan kleystotetsiylardan chiqadi. Vegetatsiya davrida infeksiya manbai - konidiyalar hisoblanadi. Kasallikning birinchi belgilari bahorda yosh barglarda ingichka mitseliy hosil bo'lgandan boshlanadi. Kasallik iyun oxiri va iyul oyining boshlarida yaqqol ko'rinadi. Bu davrda kleystotetsiylardan chiqqan xaltachalar va birinchi kurtakdan chiqib kasallangan barglardagi hosil bo'lgan konidiyalar hisobiga yangi barglar kasallanadi. Kasallanish jadalligi va sur'ati infeksiya manbaiga bog'liq. Agar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.24 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.24 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:59 ]
Arxiv ichida: docx